87
G‘alvirsimon suyaklarga – yuqori jag‘, peshona,
bosh suyagining
pastki asos qismidagi ponasimon va g‘alvirsimon suyaklar kiradi.
Men quyida odam tanasini suyaklar joylashishiga ko‘ra qismlarga
bo‘lib, ko‘rib chiqamiz.
Tana skeleti: umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasidan iborat.
Umurtqa pog‘onasi 33-34 umurtqa pog‘onasi birikishidan hosil
bo‘ladi. U 5 qismdan iborat bo‘lib, 7 bo‘yin, 12 ko‘krak, 5 dumg‘aza,
4-5 ta dum umurtqalaridan iborat.
Ko‘krak qafasida 12 ta ko‘krak
umurtqasi, 12 juft qovurg‘alar va
to‘sh suyagi mavjud.
Qo‘l suyaklari: elka kamari suyaklari va qo‘lning erkin suyaklariga
bo‘linadi.
Oyoq suyaklari: oyoq kamari va oyoqning erkin suyaklariga
bo‘linadi.
Talabalar skeletni o‘ziga qarab turli tomondan chizishadi (66, 67 -
rasmlar). Shu bilan bir qatorda xotira asosida ham sxematik rasmlar
chizilsa, katta yordam beradi. Inson gavdasi skeletini chizish gavdaning
konstruktiv yechimini topish jarayonini osonlashtiradi.
Gavda skeleti oldingi tomonida quyidagi suyaklar mavjud:
1)
peshona suyagi;
2) tepa suyagi;
3) ensa suyagi;
4)
chakka suyagi;
5) jag‘
suyaklari;
6) yuqori jag‘ suyagi;
7) oldingi burun suyagi;
8) pastki jag‘ suyagi;
9) bo‘yin umurtqasi;
10) o‘mrov suyagi;
11) kurak suyagi;
12) to‘sh suyagi;
13) 1 qovurg‘a;
14) 7 qovurg‘a (chin qovurg‘alar);
15) 12 qovurg‘a (etim qovurg‘alar);
16) 8 - 10 soxta qovurg‘alar;
17) 5 bel umurtqasi;
18) dumg‘aza umurtqasi;
19) dum umurtqasi;
20)
chanoq suyagi;