GIPSDAN YASALGAN NIQOB RASMINI CHIZISH
Simli niqobni qo‘llash g‘oyasi rasmchilikda Uyg‘onish davrida
paydo bo‘lgan. Xuddi shunday sharxlar va chizmalar Albrext Dyurer
qo‘lyozmalarida saqlanib kelinmoqda. Rus pedagogi Sapojnikov
shunga o‘xshash modelni o‘quv jarayonida qo‘llagan. Ushbu uslub
variantlaridan biri qisqartirilgan kallaning gips modelidir.
Simdan qilingan model gipsli modeldan afzalligi shundaki, shaklni
fazoda aynan ich - ichigacha ko‘rishga imkon beradi. Bundan tashqari
uni hohlagan rakursda (uzoqdagi qismlarni qisqartirib, kichraytirib
ko‘rsatish) joylashtirish mumkin. Ikki tomoni ochiq konstruksiya
o‘zining kamchiliklariga ham ega: ayrim
bir - birini kesib o‘tgan
vaziyatlarda simli elementlarning kesishgan turli holatlarida nihoyatda
chalkash manzarani yaratadi.
Bu kutilmagan taassurotni kamaytirish
maqsadida boshning to‘liq modeli emas, balki faqat niqob qo‘llaniladi.
Madomiki, niqob karkasining ko‘pgina elementlari fazoning asosiy
uch koordinatlari bo‘ylab orientirlanganligi uchun bu erda talab
qilinadigan perspektiv chizilish logikasi shubhasizdir. Shu bilan birga,
naturadan chizilgan qalam tasvir perspektiv chizmadan farq qiladi.
Jumladan, tutashish nuqtalari ko‘pchilik hollarda qog‘oz varag‘i
chegarasidan uzoqda joylashgan. Bu sharoitlarda kesishadigan parallel
chiziqlarni aks ettirish ma’noga ega emas.
Tabiiyki, keskin perspektiv qisqartirishlar arxitekturani
tasvirlash paytida o‘rinli bo‘lsa ham, boshning qalam tasvirida ularni
qabul qilib bo‘lmaydi. Birinchidan, agar niqob gorizont chizig‘ining
pastida yoki yuqorisida joylashgan bo‘lsa, chiziqning qiyalik
burchagini aniqlash va ikkinchidan, teskari perspektiv taassurotga yo‘l
qo‘ymaslik, ya’ni chiziqlar chuqurlikda uzoqlashgan paytida, ularning
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Ammo modelning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, tayanch nuqtalarini bog‘lovchi parallel chiziqlar
qiyaligi noto‘g‘ri aks ettirilsa, niqobning tashqi ko‘rinishi sezilarli
darajada buziladi.
60
Chizishni ayrim tekisliklardan emas, balki yuzning umumiy
tuxumsimon cho‘ziqrok qismidan boshlash kerak. Avval yuz chiziqlari
oddiy yumaloq shaklda chiziladi. Ushbu bosqichda abstrakt
konstruksiyani emas, balki odam yuzini tasvirlash zarur. Faqat shundan
keyingina tekisliklarni chizishga kirishish mumkin. Chiziqlarni,
bosmasdan, keyinchalik qayta ishlov berish kerakligini nazarda tutgan
holda chizish kerak.
Perspektiv karkas tayyor bo‘lgan paytda, uning asosida yuz
qismlari chiziladi: peshona, qosh usti yoylari bilan va qanshar usti
(perenosisa), pastki va ustki qovoqlari bilan birga ko‘z (ko‘z
qorachig‘ini tasvirlamagan ma’qul, chunki belgilangan shartlilik
me’yorlari buziladi); qanshar, o‘rkachlar, burun uchi, burun uchi, burun
to‘siqchasi va burun qanotlaridan iborat bo‘lgan burun; yuqori va pastki
lablar, burun va lab orasidagi burishgan joy, lunjlari, yuz suyaklari
(yonoqlari), yonoqlarning egilgan joylari, chaynash mushaklari doirasi,
jag‘lari va suyagi, quloqlari, boshning chakka va tepa qismlari chiziladi.
Ushbu barcha shakllar ko‘rinar - ko‘rinmas tuxumsimon cho‘ziq
ko‘rinishda jongina qilib ko‘rsatiladi.
Shuni inobatga olish kerakki, yassi (oval) shakllar ayrim
tekisliklar ichida emas, balki, asosan karkas tugunlari atrofida
joylashadi. Ular har bir aniq shaklning xarakterini belgilovchi bir
nechta tekislikni o‘z ichiga oladi. Shakllar to‘g‘ri joylashtirilgandan
keyin tekisliklar chegaralarini yumshatish, tekisliklar orasida ohista,
ravon o‘tish joylarini yaratish lozim. Haqiqatdan yoritilgan shakllarda
bu o‘tish joylari yorug‘ va soya elementlari orasida kuzatiladi. Biroq,
bu holda yorug‘ va soyaviy modellashtirish talab qilinmaydi. Shakllar
ichida tekisliklarning ko‘rinar - ko‘rinmas chegaralari saqlanadi. Agar
zarur bo‘lsa, tekisliklar chegaralarining tagi aniq yumaloq shaklli
chiziqlar bilan chiziladi.
Shunday qilib boshning tashqi konturlari, qovoqlar, burun
teshiklari, og‘iz kesimi, quloqlar sharpalarining chegaralari aniq
chiziladi.
|