Chizmatasvirdan
tuzilgan ish rejasida antik davr haykali namunalaridan bosh
qismining tasvirini yaratish asosiy o‘rin egallaydi. Mazkur
topshiriqlar talabalar uchun tirik odam boshini tasvirlashda
tayyorgarlik bosqichi bo‘lib hisoblanadi.
Bunday usul Italiya, Olmoniya, Angliya, Belgiya, Gollandiya,
Rossiya markazlari (akademiya, studiya, badiiy maktablar)ning rassom
va rassom -pedagoglar tayyorlash jarayonidagi ko‘p asrlik badiiy
tajriba-siga aylangan.
Naturani “yaxlit ko‘rish, katta shaklni ko‘rish” uslublari turlicha
bo‘lib, Uyg‘onish davri rassomlari ulardan unumli foydalanganlar.
Umumlashtirish yoki rassom - pedagog P.P. Chistyakov “obrubovka”
deb nomlagan uslub juda mashhurdir. Bu uslubdan hozirgi davr
rassomlari ham keng foydalanadilar. Bu uslubning asosiy mohiyati
shaklni sun’iy ravishda biror bir geometrik shakl holiga keltirishdir.
Masalan, olma, anor tasvirini chizganda – shar shaklida, bosh qismi
tuxumsimon yoki shar holatida, qo‘llar – silindr, burun – to‘rt qismdan
iborat prizma shaklida kuzatiladi.
GIPSDAN YASALGAN BOSH RASMINI CHIZISH
Rasm chizish uchun boshlar tanlashning ham ma’lum ketma -
ketligi mavjud. Dastlab monumental (umumlashtirilgan, katta - katta
shakllarga ega bo‘lgan) xarakterdagi haykallar boshi namunasini
chizish tavsiya etiladi. Bu talabga gipsli grek haykallari namunalari:
“Dorifor”, “Gera”, “Diadumen” kabilar javob beradi. Keyinchalik
murakkabroq modellar – rum haykallari – Lyustiya, Vera, Seneka va
58
boshqalarni chizish tavsiya etiladi. II bosqichdan boshlab Yunon
haykaltaroshlik san’atining Zevs, Gerkules, Laokoon, Apollon, Germes
kabi ajoyib namunalarini tasvirlashni tavsiya etish mumkin. (37, 38 -
rasmlar).
37 - rasm. Antik davrga mansub gips boshini tasvirlash bosqichlari
38 - rasm. Antik davrga mansub gips boshini tasvirlash
Gispli bosh namunasidan chizishni bo‘lajak rassom – dizay-
nerlarga o‘rgatishning boisi shundaki, talaba gipsli model misolida
nisbatlarni, konstruksiya (tuzilish), yorug‘lik – soya tarqalishini erkin
ishlaydi. Naturaning siljimaslik holati rassom - talaba oldiga qo‘yilgan
barcha vazifalarni echishga to‘la imkon beradi.
Gipsli boshni chizishdan oldin ko‘rish nuqtasi aniqlanishi lozim.
Naturaga tushib turgan yorug‘lik, boshning umumiy shakli va detallari
(soch yo‘nalishlari, yuz tekisliklari va h.k.) ajralib turishi zarur.
Akademik uzoq muddatli rasm bajarishga kirishishdan oldin boshning
59
turli holat va burilishlari chizilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday
rasmlar bir tomondan gipsli boshning perspektiv tuzilish va o‘zgarish
qoidalarini kuzatish uchun, ikkinchi tomondan akademik rasm
bajarishda eng qulay holatni aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |