49
ME’MORLIK BO‘LAGI – IONIK KAPITEL RASMINI
CHIZISH
Shakli murakkab bo‘lgan predmetlar qatoriga me’moriy detallardan
bo‘lgan kapitel, ya’ni ustunlarning yuqori qismlarini kiritish mumkin.
Doriy, taskan, ioniy va korinflarni klassik me’moriy orderlar qatorida
sanash mumkin. Men quyida ioniy kapitel chizilishini ko‘rib o‘tamiz. (28
- rasm).
28 - rasm. Ionik kapitel tasviri.
Kapitel rasmini chizish uni xayolan tahlil qilishdan boshlanadi.
Ustun silindr shaklida bo‘lib, uni ustiga kesik konus to‘ntarilib
qo‘yilgan holatda ko‘rishimiz mumkin. So‘ng volyutani, ya’ni
gajjaklarni to‘rtburchak yashik ichida deb tasavvur qilamiz. Bu holatda
perspektiv qisqarishlarni ham topish oson bo‘ladi. Volyutalar o‘rtasida
aylana shakldagi exinlar joylashgan bo‘lib,
yuqoridagi taxta ikki
bo‘lakka bo‘linsa, uning markazi yuzaga keladi. So‘ng ustundagi
o‘yiqlar bir -biridan ajralgan holda chiziladi.
Ustun aylana shaklida
bo‘lgani uchun o‘yiqlar yuqorisidan aylana shaklidagi yordamchi
chiziq chiziladi va perspektiv qisqarishlarni
hisobga olgan holda
o‘yiqlar taqsimlab chiqiladi. Ularning o‘lchami bir xil naturada
ko‘rinsada, chizuvchi uchun turli xil bo‘ladi. Shu holatda kapitelning
umumiy ko‘rilishi tugagandan so‘ng, detallarni chizishga o‘tish
mumkin. Chizuvchi doimiy ravishda o‘ylash,
muhokama va tahlil
qilish jarayonidan iborat ekanligini unutmasligi kerak (29 - a, b, v, g
rasmlar).
50
29 а, b - rasmlar. Ме’моriy detal – ionik каpiтеl rasmini chizish
bosqichlari.
29 v, g - rasmlar. Ме’моriy detal – ionik каpiтеl rasmini chizish
bosqichlari.
Bob bo‘yicha mashq, topshiriqlar, nazorat va mustahkamlash
savollari:
1. Matoni tasvirlang. (drapirovka)
2. Gipsli geometrik jismlar natyurmortini bajaring.
3. Naqshli gips rozetkani tasvirlang.
4. Gipsdan yasalgan vazani tasvirlang.
5. Doriy, Toskan, Ionik va Korinf kapitellarni har xil rakurslardan
tasvirlang.
6. Geometrik jismlar tushunchasi.
7. Geometrik jismlarning konstruktiv asoslarini toping.
8. Kub rasmini chizish qoidalari.
51
9. Geometrik jismlarni chizishda perspektivadan foydalanish.
10. Gipsdan yasalgan naqsh rasmini chizish bosqichlari.
11. Gipsdan yasalgan vaza tasvirini chizish ketma - ketligi.
12. Natyurmort tushunchasi.
13. Har xil shakl va hajmga ega bo‘lgan jism va predmetlardan iborat
natyurmort rasmini chizing.
14. Natyurmortchi rassomlar haqida ma’lumot.
15. Natyurmort kompozistiyasi.
16. Natyurmortda yorug‘ – soyalar munosabati.
17. Natyurmort chizish uchun predmetlar tanlash.
18. Shakli oddiy va murakkab predmetlar deganda nimani tushunamiz?
19. Shaklni chizishda yordamchi chiziqlar tushunchasi.
20. Natyurmortni tasvirlashda yaxlit idrok va tasvirlash.
21. Tus munosabatlarinig asosiy qoidalari.
22. Natyurmortni tasvirlashda o‘quv vazifalari yechimi.
Dostları ilə paylaş: