57
Lomanso, Mikelanjelo, Jan Kuzen va boshqalar ishlaganlar. Ular
o‘zlarining kuzatishlarini amaliy ish jarayonida muvaffaqqiyatli
qo‘llaganlar. Kitobda keltirilgan rasmlarga qarab, ular anatomik
bilimlarining chuqurligi, perspektiva, optika qonunlarini teran bilgan-
liklariga guvoh bo‘lish mumkin.
Uyg‘onish davri rassomlari qatorida Piter Paul Rubens (1517 -
1640) rasmga o‘rgatishda perspektiva, yorug‘ – soyalar qonuni hamda
plastik anatomiya bilimlariga katta e’tibor qaratgan. U o‘z o‘quvchi-
laridan nafaqat marmar haykalni chizish, balki tirik tanani chizishni, bu
tana tomirlarida issiq qon oqishini ko‘rsatishni talab qilgan. U inson
bosh qismi tuzilish qonuniyatlarini o‘rgangan holda yosh bolalarning
bosh qismini hayron qolarli tarzda ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: