II. TEXNOLOGIK QISM 2.1. Mexanik ishlov berish uchun quyumni tanlash va hisoblash DASTLABKI BERILGANLAR Mashinasozlikda talab etilgan aniqlik va sifat ko‘rsatgichlariga javob beradigan detallarni tayyorlash xomashyodan ma’lum bir kattalikdagi metall qatlami-kuyimni kesuvchi asboblar yordamida kesib olib tashlash usullari yordamida amalga oshiriladi.
Detal chizmasida ko‘rsatilgan o‘lchamlarini chetlanishlariga va yuza g‘adir-budirligiga quyilgan talab qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p marta mexanik ishlov berish (texnologik o‘tishlar) shart bo‘ladi. O‘z navbatida har bir texnologik o‘tish uchun quyimlar miqdori hisoblanadi. Detal yuzasining talab etilgan tozaligini va aniqligini ta’minlash maqsadida har bir texnologik o‘tishda olib tashlangan quyimlarning yig‘indisi umumiy quyim miqdorini tashkil qiladi. Quyimlar miqdori analitik usulda va jadvallar yordamida aniqlanadi.
49n7 tashki yuzasiga mexanik ishlov berish uchun quyimlarni va oraliq o‘lchamlarni hisoblaymiz. Xom ashyo 1-sinf aniqligiga ta’luqli shtampovka bo‘lib massasi 44.35 kg ni tashkil qiladi. Detalga mexanik ishlov berishning texnologik o‘tishlari quyidagicha: detalni bir o‘rnatishda xomaki va tozalab yo‘nibdan iborat. Detalni bazasi bo‘lib 49 mm o‘lchamli tashqi yuzasi va A5 markaz teshigi hisoblanadi.
Ishlov berishda detalni o‘rnatish sxemasi. 49n7 yuzaga quyimlarni hisoblashni quyim elementlarini va texnologik o‘tishlarni jadvalga kiritishdan boshlaymiz. Metall qolipda quyib olingan xom ashyoning holatini hisobga oluvchi Rzva T larning qiymati mos ravishda tanlaymiz.
Xomashyo uchun: Rz=150 mkm; T=250 mkm [2.63]
Koralab yunish uchun: Rz=50 mkm; T=50 mkm [2.64]
Tozalab yunish uchun : Rz=30 mkm; T=30 mkm [2.64]
Kiymatlarni jadvalga kiritib boramiz.
Mexanik ishlov berish texnologik o‘tishlarining oraliq o‘lchamlari va quyimlarni hisoblash jadvali
49n7 yuzaga mexanik ishlov berishning texnologik o‘tishlari