Навоий кон-металлургия комбинати


Parmalash stanogiga texnik xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik qoidalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə17/21
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#200101
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Na`muna TAYYOR

Parmalash stanogiga texnik xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik qoidalari
Stanokning aniqligini va puxtaligini uzok; muddat saqlash uchun unga texnik xizmat kursatish zarur. Texnik xizmat kursatishda bajariladigan ishlardan biri unga qarashdan iborat.
Stanokka k;uyidagi qarash qoidalari tavsiya etiladi:
1. Stanokni ishga tushirish oldidan uni chang va kirdan tozalash; shpindelni surish mexanizmi, aylanish chastotalarini va surishni almashlab k;ushish mexanizmining durust ishlashi, shuningdek moylash va sovitish sistemalarida moy va MSS ning borligi tskshiriladi. Zarur bulsa, togora va moydonlarga mos moylar, sovitish sistemasiga esa MSS qo‘yiladi.

  1. Moylash sistemasidagi ishlatilgan moylar har uch oyda kamida bir marta almashtiriladi va moy togoralari (idishlari) yaxshilab yuviladi.

  2. Xar oyda bir marta sovitish sistemasini tozalash va yuvish hamda ishlatilgan suyuqlikni almashtirish kerak.

  3. Stanok ishlayotgan vak;tda podshipniklarning qizishi kuzatib boriladi va ularning 60°S dan ortiq qizishiga yul qo‘yilmaydi.

  4. Ish tugagach, stanokni k^irindilardan tozalash, stolning ariqchalaridan kir va k;irindilarni ketkazish, barcha tashk;i ishqalanuvchi sirtlarni moylash hamda moydonlarga moy quyish zarur.

9.8- rasmda vertikal parmalash stanogining moylash sistemasi kursatilgan. Mazkur stanokda: asosiy harakat elektr dvigatelining podshipniklari; tezliklar va surishlar qutisidagi podshipniklar va shesternyalar; surishlar mexanizmining ishqalanuvchi detallari; stol ni kutarish vinti va valigi; elektr nasosning podshipniklari moylanadi.
Tezliklar va surishlar qutisidagi podshipniklar va shester­nyalar, shuningdek surishlar mexanizmi markazlashtirilgan usulda shesternyali nasosdan moy yuborib moylanadi. Nasosning ishi moy kursatkich buyicha, togoradagi moy sathi esa kursatkich buyicha tekshiriladi. Mazkur tizimda moyni dastlab stanok un kun ishlagandan keyin, ikkinchi martasida yigirma kun, sung har uch oyda almashtirish tavsiya etiladi. Moy quyish oldidan uni sinchiklab suzish (filtrlash) lozim.
Vertikal parmalash stanogining boshqa ishqalanuvchi sirtlari moydon yordamida moylanadi.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Parmalash stanogida xavfsiz ishlashni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri zagotovkani va kesish asbobini mahkamlash qoidalariga rioya qilishdan iborat. Bundan tashqari, har bir ishchi xavfsiz ishlashning qo‘yidagi asosiy qoidalariga amal qilishi lozim:

  1. Ish o‘rnida xavfsizlik tadbirlari bo‘yicha ko‘rsatmalar olgandan keyingina stanokda ish boshlashga ruxsat etiladi.

  2. Ishlov beriladigan zagotovkani va kesish asbobini puxta mahkamlash zarur.

  3. Zagotovkani urnatish va tayyor detalni qirqib olishda, kesish asbobini almashtirish (tez chiqariladigan patrondan boshqalari), stanokni tozalash va moylashda, shuningdek qirindilarni ketkazishda parmalash stanogini tuxtatib qo‘yish kerak.

  4. Ish vaqtida stanokni qarovsiz qoldirmaslik.

  5. Mayda qirindilar ajraladigan ashyodan tayyorlangan zago- tovkalarda teshiklarga ishlov berishda himoya kuzoynagi taqish zarur.

  6. Parmalash stanoklarida ishlash vaqtida sochlar bosh kiyimi ostiga olinishi, yenglarni qo‘lning bilagiga boglab k;uyish lozim. Kiyimda tasmalar, shu jumladan, galstuk osilib turmasligi ke­rak.

  7. Qirindini qo‘l bilan sidirmaslik, buning uchun maxsus moslamalar (k;irgichlar, chutkalar), magnitlardan foydalanish lozim.

  8. Chukur teshiklardagi qirindilarni puflab ketkazmaslik kerak. Qirindi pnevmatik moslama yoki magnit bilan ketkaziladi.

  9. Ish o‘rni doim toza va tartibli bulishi zarur.

  10. Ish urni bir tekis yoritilishi, ko‘zni qamashtirmaydigan, lekin yetarli darajada yorug‘ bo‘lishi lozim.

  11. Stanokda, moslamalarda va asbobda (kesish va yordamchi asboblarda) sodir bulgan barcha nuqsonlarni ustaga aytish kerak.

Parmachining xavfsiz ishlashini ta’minlash uning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etishga ko‘proq bog‘liqdir. Ish unumi va ishlov berilgan detallarning sifati ham ish o‘rnini tashkil qilishga bog‘liq. Ish o‘rni makqbul tashkil etilsa, stanokda ishlash xavfsiz buladi.
Ish o‘rnida detallarni tayyorlash uchun zarur moslamalar, zagotovkalar va asboblarning o‘zi bo‘lishi lozim. Qolgan barcha narsalar tegishli jovonlarda va asboblar qutisida turishi kerak. Kesuvchi mayda asboblarni qutining yuqori xonalarida, yirikroq va kam ishlatiladigan asboblarni esa pastki xonalarida saqlash lozim. Ulchash va kesish asboblarini alohida-alohida saqlash ke­rak. Qo‘l artish lattalari, chutkalar, qirgichlarni maxsus yashikda saqlash maqsadga muvofiqdir.
Mayda zagotovkalarni stanokda ishchining k,ullariga yak;in joylashgan yashiklarda sak;lash kerak. Tayyor detallarni ish urniga yak,in turgan alohida yashikka taxlash zarur.
Parmalovchining chap tomonida zagotovkalar idishi o‘rnatilgan k;abul stolchasi, o‘ng tomonida kesish, o‘lchash va yordamchi asboblar qutisi joylashgan. Moslamalar jovonda salanadi. Asboblar qutisiga ish chizmalari va texnologik hujjatlar uchun planshet urnatilgan.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin