207
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi
tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy
maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi
o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega
bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-ruhiy va huquqiy
usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan
biri –
biznes-rejalardir
. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab,
xo’jalik amaliyotida ob’ektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli
ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan
iboratdir.
Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
iqtisodiyot rivojlanishi yo’nalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini
ko’rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o’sishini ta’minlash, moddiy,
mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o’rtasida
taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni
ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat
kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tezkor
tartibga solish va koordinatsiya qilish.
Biznes-reja korxona, aksionerlar jamiyati, konsernlar faoliyatining barcha
tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-texnikaviy ta’minot va
ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish xaki, jamoada ijtimoiy
jarayonlar va h.k. larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga
rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: