208
boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir
etish
tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni
to’ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari. Huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga
asoslanadi.
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan
tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o’tkazadi.
Menejment tizimida
tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning
hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga
oshadi. Тashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini
boshqaruvning barcha
tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi.
Nima sababdan boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari ma’muriy
shakllar bilan qo’shib olib boriladi. Bu ko’p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy
huquqni qo’llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi.
Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy
boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish
usullari boshqaruvning turli darajalariga turli ko’lamda va shaklda tashkiliy ta’sir
etishni o’rganish masalalarini xam qamrab oladi. Тashkiliy-farmoyish usullari
tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashkiy tizim, boshqaruvning xar bir bo’g’ini
vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini
ta’minlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror, farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi
va joy-joyiga qo’yadi va h.k. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning
ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbaalari va yo’nalishlari bo’yicha
turlarga
ajratiladi. Bunga bog’liq holda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch
guruhga bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom.
Тa’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi
hamkorlikda ishlash uchun
tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat,
javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o’rnatish va h.k. Ma’muriy ta’sirning
tashkiliy shakllarining 2 turi, ya’ni tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me’yorlash
turlari mavjud.
209
Тashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan
tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va xar bir darajada boshqaruv
chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Тashkiliy reglamentlashga misol qilib
lavozimlar haqida Nizomni ko’rsatish mumkin.
Тashkiliy me’yorlash hujjatlari
vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini
meyorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanish texnikaviy va texnologik me’yorlar (standartlar, meyorlar, qayta ishlov
berish usuli, tartibi va h.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish meyorlari (maqbul
ishlanma ko’lami).
Тa’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko’zda tutilmagan
mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida
qo’llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi
boshqaruv apparatining aniq
harakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab
berishdan iborat. Тa’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko’rsatma
va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Buyruq – bu rahbarning qo’l ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani bajarishni
yozma yoki og’zaki ravishda talab qilishidadir. Buyruq faqat chiziqli boshqaruv
tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish – xodimlardan ayrim ishlab chiqarish
va xo’jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o’rinbosarlari,
xizmatlar boshliqlari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi.
Boshqaruv
amaliyotida qo’llaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri – og’zaki ko’rsatmadir.
Тa’sir qilish usullaridan biri – og’zaki ko’rsatmadir. Тa’sir etishning bunday shaklini
barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada
boshliqlari, ustalar qo’llaydilar.
Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. Buyruq
va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatda mo’ljallangan bo’ladi.
Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi
kerakligi belgilanadi. Тa’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan
uning bajarilishini nazorat qilishni ko’proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat
qilingandan so’ng yana farmoyish bilan ta’sir etishga ehtiyoj tug’iladi. Farmoyish
210
usulining qo’llanish ko’lami boshqaruv kadrlari malakasi,
tashabbuskorligi va
qobiliyatiga bog’liqdir.
Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta’sir etish faqat qonunga zid
bo’lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo’lgan huquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu
sababli barcha tizimdagi tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka
buysungan holda amalga oshishi lozim.
Intizomiy ta’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida
ta’sir etish usullarini to’ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida
tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: