204
11.4 – rasm. Tashkiliy tuzilmaning sifatiga qo’yiladigan talablar
11.5 – rasm. Boshqaruv tuzilmasi
Har qanday tashkiliy tuzilmaning sifati uning shakllantirishda
quyidagilarga qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi:
- tizimli yondashuv, ya'ni boshqaruv ob'yekti va organiga ta'sir qiluvchi iloji
boricha hamma faktorlarni hisobga olish;
- boshqaruv markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal
birligi;
- oliy rahbarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning
maksimal qisqarishi;
- loyihalashtirilayotgan tuzilmada xar bir tarkibiy qismning funksiyasi vazifasi
va huquqini to‘g‘ri aniqlash;
- boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati;
- xar bir aniq holat bo‘yicha qaysi bo‘linmada axborot ko‘p bo‘lsa shu savolni
yechish bo‘yicha bo‘linmaga vakolat berish.
Boshqaruv tuzilmasi -
bu boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va
funksiyalarini bajaruvchi biri-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari
va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi
Dostları ilə paylaş: