Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Sanoat korxonalarini kombinatsiyalashtirishning iqtisodiy asoslari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175
6.3. Sanoat korxonalarini kombinatsiyalashtirishning iqtisodiy asoslari.
Korxonalarni kombinatsiyalashuvi
— mehnat taqsimotining bir shakli 
hisoblanib, har xil ishlab chiqarishni bir korxona doirasiga birlashuvi, Bir 
korxonaning tayyor mahsulotidan ikkinchi korxona xomashyo sifatida foydalanadi. 
Masalan, kombinat tuzilishi kombinatsiyalashuvga misol bo’la oladi. Unda:

har xil turdagi ishlab chiqarishni birlashuvi;

ular orasidagi proporsionallik;

ishlab chiqarish orasidagi texnik-iqtisodiy birlik;

yagona energiya taminoti;

xizmat ko’rsatish va yordamchi sohalarning yagonaligi mavjud bo’ladi.
Kombinatsiyalashtirish 
natijasida 
xom 
ashyodan, 
ishlab 
chiqarish 
chiqindilaridan to’liq foydalanish imkoniyati yaratiladiki, bu esa sanoatning xom 
ashyo manbaini kengaytiradi. Kombinatsiyalashtirish sanoat ishlab chiqarishda 
jarayonlarni uzluksiz olib borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni 
jadallashtirish va antijada ish kuchini tejash mehnat unumdorligini oshirishga 
yordam beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator qurilish obe’ktlari uchun 
kapital xarajatlari, mahsulotni va xom ashyoni uzoqqa tashish, umumzavod 
xarajatlari qisqaradi, mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ortadi, tannarxi kamayib, 
sifati esa ancha yaxshilanadi va iste’molchilar talabi to’laroq qondiriladi.
Kombinatlashtirishning ta’rifiga asosan uning quyidagi yo’nalishlari mavjud:


113 

xom ashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda qayta 
ishlash;

ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda mahsulot 
tayyorlash;

xom ashyoni yoppasiga qayta ishlash.
Kombinatsiyalashning izohlangan shakllari ko’p hollarda har xil ishlab 
chiqarishlarning 
o’zaro 
aloqadorligiga 
asoslanadi. 
Kombinatsiyalashgan 
korxonalarda texnologik jarayonlar uzluksiz boradi, bir korxonaning mahsuloti 
ko’pincha boshqa korxona yoki ishlab chiqarish uchun chala mahsulot, yoqilg’i yoki 
xom ashyo sifatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishni zamonaviy talablarga hamda 
fan-texnika taraqqiyotining yo’nalishini e’tiborga olgan holda tashkil etish uning 
samardorligin oshirishdagi sezilarli omildir.
Korxonada kombinatsiyalashning rivojlanish darajasini aniqlash uchun 
quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

korxonalarda umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan ishlab 
chiqarishni kombinatsiyalash natijasida olingan mahsulot miqdori;

xom ashyo chiqindilardan ajratilgan foydali komponentlar darajasi va 
xokazolar.
Korxonalarni kombinatsiyalashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:

Kombinatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi;

Хodimlarning o’rtacha yillik soni;

Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;

Kombinatlarning o’rtacha yillik soni;

Хom ashyo tarkibida foydali elementlarning ulushi, %.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin