8. Тashkiliy tarkib va boshqaruv
.
Siz mulkchilik shaklini, hamkorlaringizni va asosiy hissadorlarni, va ular
haqida ma’lumotlarni, hamkorlarning qanday javobgarlikni zimmalariga olishlarini,
kimning boshqaruvchilar tarkibiga kirishini va ular to’g’risida ma’lumotlarni,
tashkiliy tuzilma shakli va vazifalar qanday taqsimlanishini ko’rsatishingiz lozim.
Birinchi navbatda, boshqaruvchilar guruhiga kiruvchi barcha a’zolarni sanab
ko’rsatishingiz, ularning qisqacha tarjimai hollari va har biri zimmasiga
yuklanadigan vazifalarni, shuningdek, har bir kishining firmani rivojlantirish va
sotuv hamlari o’sishiga qanday hissa qo’shishini ham ko’rsatishingiz kerak bo’ladi.
136
Siz rahbariyat siyosatini qanday amalga oshirishni mo’ljallayotganligini ham
ko’rsatishingiz zarur. Buning uchun quyidagilarga taalluqli savollarga javob
berishingiz kerak:
tashkiliy tuzilma – barcha lavozimlarni sanab, ularning rejalashtirish,
natijalarni maqsadli ko’rsatkichlarni baholash bilan qanday bog’langanligini sanab
ko’rsatishingiz kerak, shuningdek, korxonangizning maqsad va vazifalarini aniq
ko’rsatishingiz, uning faoliyati qanday qilib rag’batlantirishga olib kelishini
tushuntirib berishingiz va rag’batlantirish shaklllarini ham aytib o’tishingiz zarur
bo’ladi.
Qisqacha ta’rif – u yoki bu lavozimda ishlash uchun nomzodga qo’yiladigan
talablar, - firma ishchilari malakasi qanday tarzda oshirilishini ham ko’rsatishingiz
lozim.
Тashkiliy shakl bayon qilinib, undan vazifalar qanday taqsimlanishi,
xizmatlar bir biri bilan qanday o’zaro munosabatga kirishishi va ularning faoliyati
ustidan qanday nazorat o’rnatilishi va qanday boshqarilishi tushunilishi kerak.
Bundan tashqari, ushbu rejaga yuridik shaklga taalluqli bo’lim kiritilishi ham
mumkin. Lekin u alohida bo’lim bo’lib kelishi ham mumkin.
Sizga tashkiliy reja tuzishda yordam berishi mumkin bo’lgan masalalar:
Korxonangizning mulkchilik shakli.
Agar yuqoridagi savolga javob – shirkat bo’lsa, barcha hamkorlar va ushbu
kelishuvning shartlari haqida gapirib berish kerak.
Agar javob – aksiyadorlik jamiyati bo’lsa, asosiy hamkorlar va ularning
korxona asosiy kapitalidagi ulushi haqidagi mahlumotlar zarur. Hamda qayday
aksiyalar chiqarildi va yana qancha aksiya chiqarmoqchi ekanligingiz haqidagi
ma’lumotlar ham kerak.
Kimda
moliya
hujjatlariga
imzo
qo’yish
huquqi
bor.
Boshqaruv tarkibi a’zolari ro’yxati (FISh, manzili va har birining qisqacha tarjimai
holi).
137
Ushbu tuzilmaning har bir a’zosi oldiga qo’yilayotgan vazifa.
Ularning mehnat haqi qancha bo’lishi va ko’zda tutilayotgan qo’shimcha to’lovlar
va mukofotlar.
Dostları ilə paylaş: |