4. Тarmoq va korxona tavsifi. Bo’limdan maqsad – tanlangan biznes sohasidagi real vaziyatni hisobga
olgan holda amaldagi harakatlarni bayon qilish yo’li bilan Sizning tadbirkorlik
ishingizning realligini ko’rsatish va isbotlashdan iborat. Ushbu bo’limda ikki asosiy
jihatni aniq va qisqa tushuntirish zarur:
-
Korxona foyda olish vositasi sifatida nimadan iborat;
-
Uning mavaffaqiyatli faoliyati nimaga asoslanadi.
Bo’limning taxminiy tarkibi:
-
Korxona nima bilan shug’ullanadi (qo’shimcha nima qiladi), mahsulot
(xizmat) nimadan iborat, mijozlari kimlar bo’ladi;
-
Sizning biznes sohangizdagi vaziyat tavsifi (korxonangiz tanlangan biznes
sohasida qanday qo’shiladi, sohadagi ishlarning ahvoli, rivojlanish
istiqbollariga baho berish);
-
Korxonaning tashkilish-huquqiy shakli, tashkiliy tarkibi, ta’sischilar,
xodimlar va hamkorlar, asos solingan sana. Korxona moliya-iqtisodiy
faoliyatining ko’rsatkichlari;
-
Korxona joylashgan joy (qisqacha korxona manzili, bino yoki xona
belgilari, mulkchilik shakli yoki ijara, ta’mirga ehtiyojlik darajasi, ushbu
joyning biznesingiz uchun qulay tomoni) bayon qilinadi;
-
Ishning spetsifikatsiyasi (mavsumiylik darajasi, ish vaqti (soatlar va hafta
kunlari) va biznes sohasi o’ziga xosliklari yoki foydalanilayotgan
resurslar bilan bog’liq boshqa o’ziga xosliklar);
Agar korxona endigina tashkil qilingan bo’lsa, ushbu bo’limda qo’shimcha
ravishda yaratilayotgan korxona muvaffaqiyati nimaga asoslanishi va sizning ushbu
biznes sohasidagi tajribangiz ham bayon qilinishi kerak. Jumladan, yetkazib
beruvchilar yoki iste’molchilar bilan oldindan tuzilgan shartnomalarni ko’rsatib
o’tish maqsadga muvofiq. Agar loyiha yakka tadbirkorlik faoliyati doirasida amalga
oshirilayotgan bo’lsa, unda o’zingiz shug’ullanayotgan biznesning tavsifini
keltirasiz.
132
Bo’lim sarmoyadorni loyihani taklif qilayotgan shirkatning ishonchli va
istiqbolli ekanligiga ishontirishi kerak.