Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175
 
13.4. Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari 
va ularning bajarilishini tashkil etish 
Boshqaruv qarorlarining asosi deb optimal (maqbul) variantga eng yaqin 
bo’lgan, eng qulay variant qabul qilinadi. Bu variant mehnatni, moliyaviy-texnik 
resurslarni va vaqtni eng kam sarf qilingan holda, korxonadagi mavjud holat 
haqidagi mantiqiy axborotlarni yig’ib, tahlil qilish orqali kelib chiqadi. 
Optimal (maqbul) qarorni yoki unga yaqin qarorni tanlashda kerakli usul va uslubni 
qo’llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan 
ishlashning quyidagi usullari mavjud: 

tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy tahlil, statistik javoblar va baholar usuli; 

variantli qatorlarning, ya’ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni tahlili, 
rivojlanish tendensiyalarini va ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterini aniqlash 
usuli; 

tajriba javoblarini statistik tahlilini o’z ichiga olgan, tajribaviy modellashtirish 
usuli. Yechilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish usuli, EHM va 
iqtisodiy-matematik usullar orqali bajarilsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
faoliyatidagi kamchilik va yutuqlari optimal ravishda kuzatish mumkin; 

matematik dasturlash usuli; 

maqsadlarni baholash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul o’qitish 
va motivatsiya nazariyasini hisobga olib tabiatni o’lchash va bashorat qilish uchun 
ishlatiladi; 

modellashtirish va tadbirkorlikka oid uyinlar usuli. Bu usul EHM ishlatilishini 


234 
taqozo etadi; 

noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga xar-xil yondashishlarni 
o’z ichiga olgan qidirishlar nazariyasi; 

xarajatlar usuli. Bu usul ya’ni, axborotlar yig’ish, tahlil qilish uchun ishlatish 
juda ko’p mablag’ talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob 
topishga yordam bersa xarajatlar oldida to’xtashi kerak emas; 

mutaxassislar (ekspert) bahosi mutaxassislar tahlili asosida olinadi. Bu narsa 
xatolarni oldini olish uchun qilinadi. Shundan so’ng mutaxassislar mavjud qarorlar 
ro’yxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chiqadilar va o’zlarining 
yakuniy xulosalarini etadilar; 

noma’lum va noaniq vaziyatlarni baholash va tahlil qilish, odatda, mavjud 
ishonchli ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda qabul qilinadigan qaror 
korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadga bog’liq. Ba’zan qaror qabul qilish iqtisodiy-
ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va tendensiyasi, shuningdek tahliliy 
hisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Boshqa hollarda albatta 
muammoning chuqur tahlili va xar tomonlama birlashuvi kerak bo’ladi, ya’ni 
muammoning turlicha karab kerakli tahlil va hisob-kitoblar o’tkaziladi; 

qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi mehnat 
doirasini pasaytiradi. Agar tizimli tahlil doimo o’tkazilsa, qarorlarni ishlab chiqish 
usuli borgan sari soddalashib aniq holatga keladi. Soddalashgan holdagi qarorlar 
qabul qilish va ularning samarasini baholash ko’pincha korxona faoliyatining tahlili 
takrorlanuvchi holatida qo’llaniladi. 

bir guruh mutaxassislar tomonidan qandaydir qiyin muammoni ijodiy 
muhokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari boshqaruvning 
yechimlariga asoslanishi bilan birga yaxshi g’oyalarning yuzaga kelishiga muhit 
yaratish hamda muhokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi alternativ 
yechimni topishga va muammoni to’g’ri hal qilishga ta’sir ko’rsatadi. 


235 
13.1-rasm. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish va
amalga oshirish jarayoni. 
 
Qarorga oid bo‘lgan bosh maqsad va vazifani aniqlash 
Avvalgi tajribadagi qabul qilinadigan qarorni tekshirish 
Qo‘yilgan vazifaning maqsadga yetishish yo‘lini tanlash 
Qaror modelining holati va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan axborot yig’imi 
Yechiladigan muammolarga oid ilmiy va tajribaviy ma'luotlarni o‘rganish 
Qaror modelini ishlab chiqish 
Ishlatiladigan, foydalaniladigan resurslar 
Qaror variantlarini ishlab chiqish 
Qaror variantini baholash va tahlil qilish 
Qo‘yilgan maqsad yoki vazifalar bajarilishi mumkin bo‘lgan natijalarini tekshirish 
Aniq vaziyat 
Xavf-xatarli vaziyat 
Noaniq vaziyat 
Variantni optimal 
baxosi bilan ta'minlash 
Variantning ko‘p foydali yoki 
eng zo‘r baxosini tanlash 
Maqsadga yetishish 
yo‘liga javob beradigan 
variantni tanlash 
Qaror variantini baxolash kriteriyasining yakuniy tanlovi.
Asosiy alternativ variantini tanlash 
Qarorlarni tasdiqlash, ma'muriy hujjatlarni chiqarish va ularni ijrochilarga yetkazish 
Qaror bajarilishini nazorat qilish, uning amalga oshishini samarasini baholash 
Rejalashtirilgan darajadan holi bo‘lgan buysunuvchi ob'yektlarning holatini baholash. 
Keyingi qarorlar extiyojini aniqlash 


236 
Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq holda bajarilishi uchun ishlab 
chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo’naltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni, 
matritsali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu tadbirlarni 3 ta guruhga 
ajratish mumkin: 
1. 
Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish; 
2. 
Kadrlar va resurslar optimal joylashtirish tezkor zahiralarni shakllantirish; 
3. 
Qarorlarni bajarilishini nazorat qilish. 
Birinchi guruh tadbir. Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish. 
Bu yerda uni o’z holiga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy-
ikki oyda yetib borishini kuzatish mumkin. Bu holda u o’z faolligini va mazmunini 
yo’qotadi. Chunki u kech yetib boradi. 
Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror 
qabul qilishga jalb qilish. Shu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror 
konsepsiyasi va masalalar yechimlari bilan tanishadilar. Ba’zan shu maqsadda ishlab 
chiqarish novatorlari va sardorlaridan komissiya tuziladi. Kelgusidagi ijro etuvchilar 
qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu yechimlarni haqiqatga yaqinroq 
qilishadi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga qaraganda yaxshiroq 
bilishadi. 
Shuningdek, kollektiv ishchilarining muhokamada, seminarlarda, yoki loyiha 
rejalashtirini qabul qilishda qatnashishganida ijobiy natijalarga erishadilar. Lekin, 
bu kollektivlilik faqatgina ayrim shartlar bajarilganda amalga oshiriladi, qachonki 
yakkaboshchilik va aniq personal javobgarlikka ega bo’lganda. 
Ikkinchi guruh tadbiri – bu kadrlar va resurslar harakati, shuningdek tezkor 
rezervlar. Har bir yechim moddiy ta’minotga muhtoj bo’lib, odamlarning qayta 
oriyentatsiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to’g’ri keladi. 
Shuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizatsiyasi va ishlab 
chiqarishni qayta ko’rish ishlarining uslub va formalarini keskin o’zgarishiga olib 
keladi. Bu kadrlar tuzilmasiga xam ta’sir ko’rsatadi. 
Uchinchi tadbirlar guruhi – bu nazorat, ya’ni chuqur malakali tahlil. Тizimli 
nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida, 


237 
bunday nazoratni tashkilot aniq maqsadga va kerakli mexanizmga erishish uchun 
talab kiladi.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin