Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   175
Konyuktura axborotnomasi
– bu bozor konyukturasining hozirgi holati va 
uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyukturasining hozirgi 
holati va 
 
uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyukturani o’rganishning 
eng sodda shakli bo’lib, odatda savdo assortimentining maqbulligini baholash uchun 
foydalaniladi.
 
Konyuktura tahlili – 
konyukturani mavjud holatda keltirgan omillarning 
tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor 
konyukturasining maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta’sir doirasini 
aniqlashga xizmat qiladi. 
 
Konyuktura prognozi
bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan 
ko’rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda 
konyukturaga ta’sir o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini 
aniqlashga e’tibor qaratiladi.
 
Shuni e’tiborga olish lozimki konyuktura tahlil va prognozida uning o’ziga 
emas, balki konyukturaga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. Har qanday bozor konyukturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga 
bo’lish mumkin:
 

makroiqtisodiy omillar;
 

mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif nax va raqobat 


283 
omillari.
 
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda 
rivojlana olmaydi. Shu sabab, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida 
tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga 
javob topish lozim bo’ladi.
 
Konyukturani o’rganishning birinchi bosqichi
iqtisodiyotning holatini 
tahlil qilishdan boshlanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, eksport hajmi, 
investitsiyalar va iste’mol darajasi va boshqa ko’rsatkichlar ichki bozorning 
rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi.
 
Bozor konyukturasining hozirgi holati iqtisodiy siyosatning bir-ikki yil oldin 
bajarilgan harakatlarning mahsuli bo’lganligi sababli, makroiqtisodiy tahlil kamida 
ikki yillik muddatni qamrab olishi maqsadga muvofiq.
 
Keyingi bosqichi bozorni shakllantiruvchi sohaning tahliliga bag’ishlanadi. 
Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim bo’ladi:
 

sohaning iqtisodiyotdagi o’rni qanday?
 

soha texnologik jihatdan hayotiy qaysi bosqichida
 

sohaning rivojlanish sur’atlari qanday?
 

sohada qanday muammolar mavjud?
 
Bunday izlanish natijasida taklifning umum iqtisodiy imkoniyatlari ma’lum 
bo’ladi. Shunisi e’tiborliki, makroiqtisodiy omillarning tahlili kompleks ravishda 
olib borilishi va olingan ma’lumotlar keng doiradagi kon’yuktura tahlilarda 
qo’llanilishi mumkin. Shu sababli ko’pchilik davlatlardagi, shu jumladan 
O’zbekistonda bunday axborotlarni davlatning maxsus organlari va halqaro 
tashkilotlarni vakolatlari organlari tayyorlalab beradilar. Masalan, BMT ning inson 
taraqqiyoti hisobotlari TASIS dasturining iqtisodiy rivojlanish axborotnomalari, 
O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi tahlilily axborotlari va hk.
 
Yuqorida sanab o’tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi talab, 
taklif, narx va raqobat kiradi.
 
Bozor konyukturasi tahlilida 
talab
ning barcha jihatlarini o’rganishga alohida 
e’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, assortimentning 


284 
kengligi va chuqurligi bo’yicha taqsimlanishi, iste’mol intensivligi, hajmi va boshqa 
xususiyatlarni o’rganish zarur bo’ladi. Talabni o’rganishda avvalo qondirilgan talab, 
so’ng va alohida turlari bo’yicha tahlil qilish orqali qondirilgan talab o’rganiladi, 
qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini o’rganish usullari 
yordamida aniqlanadi.
 
Konyukturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil – bu tovar taklifidir. Taklifni 
o’rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan tovar hajmi va 
tarkibiga, tovar zaxiralariga e’tibor beriladi. Tovar manbalarini tahlil qilish savdo 
tizimiga mahsulot etkazib beruvchi korxonalar ro’yxatini tuzish va ularning 
imkoniyatlarini o’rganishdan iborat bo’ladi.
 
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarining assortimenti va etkazib berish muddatlari 
taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan so’ng bozor 
ishtirokchilaridagi tovar zahiralari tahlil qilinadi. Zahiraning hajmi va tarkibi, 
qachon vujudga kelganligi, zahiraning almashib borish dinamikasi va boshqa 
ko’rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi. savdo 
tashkilotlarida yuritiladigan hisob tizimining ma’lumotlari, inventarizatsiya 
natijalari va maxsus izlanishlar tovar zahiralarini kompleks o’rganish asos bo’ladi.
 
Narxlarning bozor konyukturasidagi o’rni va ularning shakllanish 
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi. Narxlarni 
o’rganishda quyidagilar tahlil ob’ekti sifatida olinadi: narxlarning barqarorligi tovar 
assortimenti doirasida narxlarning o’zgarish darajasi, sotuv tomonidan narxlar 
bo’yicha o’zgaruvchan tizimlarni qo’llash, mavsumiy narxlarning qo’llanilishi va 
boshqalar. Narx bozor konyukturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil 
hisoblanadi. Uning o’ziga ham bir qancha omillar ta’sir ko’satadi. Shu sababli narx 
tahlilida nafaqat xujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham keng 
qo’llaniladi.
 
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar 
bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishdan avvalo korxonalar raqobati, so’ng tovarlar 
va ehtiyojlar raqobati o’rganiladi. Korxonalar raqobatining tahlil sotuvchilar soni, 
ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish hajmi, yo’naltirilgan 


285 
maqsadli segmenti va boshqalarni o’z ichiga oladi.
 
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyuktura prognozida 
amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o’rnini bosuvchi tovarlar va 
to’ldiruvchi tovarlarning o’zaro muvozanatini aniqlashga qaratiladi. Bunday 
raqobatni baholash uchun marketingning bozorni o’rganish usullaridan keng 
foydalaniladi.
 
Bozor konyukturasini o’rganishining sotuvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun 
zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo’nalishda rivojlantirish va 
qanday sotish siyosatini qo’llash bo’yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo’lishda 
namoyon bo’ladi.
 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin