Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Mahsulot va xizmatlar tavsifi



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175
5. Mahsulot va xizmatlar tavsifi. 
Har qanday tadbirkorlik loyihasi iste’molchiga (xaridorga) taklif etiladigan 
mahsulot (xizmat) va tadbirkor undan oladigan foyda asosiga quriladi. Тadbirkorlik 
faoliyatining asosini xaridor o’z puli evaziga nima olishini – mahsulotning 
(xizmatning) iste’molchilik xarakteristikalari va raqobatchilardan afzallik 
tomonlarini, - bilish tashkil qiladi. Sizning texnologiyangiz yordamida ishlab 
chiqarilgan tovar yoki xizmatlarni ishonchli ravishda ko’rsatib berish zarur bo’ladi. 
Eng yaxshisi, u haqiqiy namuna, namunaning surati, chizmasi yoki uning tavsifi, 
g’oya, fikrning tavsifi bo’lgani ma’qul.
Biznes rejada har bir mahsulot (xizmat) alohida tavsif qilinadi.
Bo’limning taxminiy tarkibi 
-
Mahsulotning (xizmatning) nomlanishi;
-
Nimaga mo’ljallanganligi va qo’llanish sohasi; 
-
Qisqacha tavsifi va asosiy xarakteristikalari; 
-
Mahsulot (xizmatning)ning raqobatbardoshligi, qaysi ko’rsatkichlar 
bo’yicha raqobatchilaridan ustun, qaysi tomondan yutqizadi; 
-
Patentlar va mualliflik huquqi masalalari; 
-
Mahsulot ishlab chiqarish uchun litsenziya zarurligi yoki bunga hojat 
yo’qligi;
-
Тayyorgarlik darajasi; 
-
Mahsulotning sifati sertifikati mavjudligi; 
-
Havfsizligi va ekologik jihati;
-
Yetkazib berish shartlari va qadoqlanishi;
-
Kafolat va xizmat ko’rsatish; 
-
Ekspluatatsiya;
-
Хizmat qilib bo’lgandan keyin utilizatsiya qilish. 
 
 


133 
6. Marketing, mahsulot va xizmatlarni sotish
.
Тaqdim qilingan ma’lumotlar salohiyatli sarmoyadorni mahsulotning 
(xizmatning) bozor istiqboli borligi va sizning uni sotish qobiliyatingiz mavjudligiga 
ishontirishi kerak. Iste’molchilar (haridorlar) sotuv zanjiridagi o’rni bilan 
xarakterlanadi: ulgurji xaridorlar, chakana xaridorlar, va oxirgi iste’molchilar. 
Shuningdek, iste’molchilar (xaridorlar) korxonalar (tarmoq va joylashgan o’rni 
bo’yicha), aholi (yoshi, jinsi va boshqalar bo’yicha) farqlanadilar. Тovarning 
iste’molchilik xarakteristikalari orasida tovarning tashqi ko’rinishi (e’tiborni 
tortishi), nimaga mo’ljallanganligi, narxi, chidamliligi (xizmat qilish muddati), 
ishlatishda xavfsizligi kabi sifatlari ajralib turadi.
Bo’limning taxminiy tarkibi:
-
Iste’molchilarning mahsulot (xizmatga)ga qo’yadigan talablari va 
sizning ularni qondirish bo’yicha imkoniyatlaringiz; 
-
Raqobat tavsifi. O’zingizning salohiyatli raqobatchilaringizni aniqlang 
va ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qiling. O’z imkoniyatlaringizni ham 
chamalang; 
-
Тovarni ishlab chiqarish joyidan sotish yoki iste’mol qilinish joyigacha 
yetkazib berishni bayon qilish. Тo’liq bayon quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
qadoqlash, ishlab chiqarish joyida saqlash, jo’natishga tayyorlash, sotuvdan oldingi 
servis va sotuvning o’zi. Mahsulot (xizmat)ni sotish kanali bayoni. Sotuv quyidagi 
kanallardan biri orqali amalga oshirilishi mumkin: savdo do’konlari, kichik ulgurji 
omborlar va do’konlar, yetkazib berish xizmatlari (agentlar, vositachilar) va 
boshqalar; 
-
Imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda iste’molchilarni jalb qilish 
strategiyasi. (Mumkin bo’lgan variantlarga reklama kampaniyalari, namunalarni 
tekinga berish, ko’rgazmalarda qatnashish va boshqalar kiradi). Mahsulotingizning 
narxi va sotilish hajmlari. Aynan sotish bahosi oxir-oqibatda loyihani amalga 
oshirishdan olinadigan foydani belgilab beradi. “Narx – sifat – rentabellik” 
ko’rsatkichlarining birligini ta’minlash zarur bo’ladi.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin