Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Тashkiliy tarkib va boshqaruv



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   175
8. Тashkiliy tarkib va boshqaruv
.
Siz mulkchilik shaklini, hamkorlaringizni va asosiy hissadorlarni, va ular 
haqida ma’lumotlarni, hamkorlarning qanday javobgarlikni zimmalariga olishlarini, 
kimning boshqaruvchilar tarkibiga kirishini va ular to’g’risida ma’lumotlarni, 
tashkiliy tuzilma shakli va vazifalar qanday taqsimlanishini ko’rsatishingiz lozim.
Birinchi navbatda, boshqaruvchilar guruhiga kiruvchi barcha a’zolarni sanab 
ko’rsatishingiz, ularning qisqacha tarjimai hollari va har biri zimmasiga 
yuklanadigan vazifalarni, shuningdek, har bir kishining firmani rivojlantirish va 
sotuv hamlari o’sishiga qanday hissa qo’shishini ham ko’rsatishingiz kerak bo’ladi.


136 
Siz rahbariyat siyosatini qanday amalga oshirishni mo’ljallayotganligini ham 
ko’rsatishingiz zarur. Buning uchun quyidagilarga taalluqli savollarga javob 
berishingiz kerak:
tashkiliy tuzilma – barcha lavozimlarni sanab, ularning rejalashtirish, 
natijalarni maqsadli ko’rsatkichlarni baholash bilan qanday bog’langanligini sanab 
ko’rsatishingiz kerak, shuningdek, korxonangizning maqsad va vazifalarini aniq 
ko’rsatishingiz, uning faoliyati qanday qilib rag’batlantirishga olib kelishini 
tushuntirib berishingiz va rag’batlantirish shaklllarini ham aytib o’tishingiz zarur 
bo’ladi. 
Qisqacha ta’rif – u yoki bu lavozimda ishlash uchun nomzodga qo’yiladigan 
talablar, - firma ishchilari malakasi qanday tarzda oshirilishini ham ko’rsatishingiz 
lozim.
Тashkiliy shakl bayon qilinib, undan vazifalar qanday taqsimlanishi, 
xizmatlar bir biri bilan qanday o’zaro munosabatga kirishishi va ularning faoliyati 
ustidan qanday nazorat o’rnatilishi va qanday boshqarilishi tushunilishi kerak. 
Bundan tashqari, ushbu rejaga yuridik shaklga taalluqli bo’lim kiritilishi ham 
mumkin. Lekin u alohida bo’lim bo’lib kelishi ham mumkin.
Sizga tashkiliy reja tuzishda yordam berishi mumkin bo’lgan masalalar:
Korxonangizning mulkchilik shakli. 
Agar yuqoridagi savolga javob – shirkat bo’lsa, barcha hamkorlar va ushbu 
kelishuvning shartlari haqida gapirib berish kerak. 
Agar javob – aksiyadorlik jamiyati bo’lsa, asosiy hamkorlar va ularning 
korxona asosiy kapitalidagi ulushi haqidagi mahlumotlar zarur. Hamda qayday 
aksiyalar chiqarildi va yana qancha aksiya chiqarmoqchi ekanligingiz haqidagi 
ma’lumotlar ham kerak. 
Kimda 
moliya 
hujjatlariga 
imzo 
qo’yish 
huquqi 
bor.
Boshqaruv tarkibi a’zolari ro’yxati (FISh, manzili va har birining qisqacha tarjimai 
holi). 


137 
Ushbu tuzilmaning har bir a’zosi oldiga qo’yilayotgan vazifa.
Ularning mehnat haqi qancha bo’lishi va ko’zda tutilayotgan qo’shimcha to’lovlar 
va mukofotlar.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin