138
ekologik muammolarni hal qilish;
raqobat muhitini kengaytirish.
11. Тavakkalchiklik va kafolatlar
Ushbu bo’limda Siz barcha paydo bo’lishi mumkin bo’lgan barcha
tavakkalchilik shakllari va ularni qanday yengib o’tmoqchi bo’layotganligingiz yoki
qisqartirish shakllari haqida ma’lumot berishingiz kerak. Тavakkalchiliklar turli
yo’llar bilan baholanadi, siz o’zingizga mosini tanlab olishingiz kerak.
Ushbu
bo’limda hech qachon biron nimani yashirmaslik kerak, chunki aldov fosh bo’lishi
mumkin. Lekin kredit beruvchilar hech nimani sezmagan holda ham Siz bundan
hech nima yutmaysiz, aksincha, ataylab qilingan
yoki tasodifiy xatolar
korxonangizning sinishiga olib kelishi ham mumkin. Hozirgi paytda har qanday
tadbirkor tavakkalchilik bilan to’qnashadi, chunki bozor munosabatlari sharoitlari
tez o’zgaruvchan, fors-major vaziyatlar uchrab turadi. Masalan, dovul yoki yong’in
sizning xom ashyo zahirlaringizni yo’q qilishi mumkin. Umuman, bu masalaga
jiddiy yondashish kerak.
Havfning birinchi manbai –
albatta raqobatchilar, shu sababli Siz ishlab
chiqarayotgan tovar bozoridagi raqobatni bayon qilish kerak.
Quyida keltirilgan savollar bu vazifani yengillashtirishi mumkin:
asosiy raqiblaringiz kimlar
ularning savdo hajmlari qanday, daromadlari qanaqa, texnik xizmat darajasi
qanday, ular yangi modellar ishlab chiqarishadimi, o’z mahsulotlarini reklama
qilishga
qancha pul sarflashadi, bunga e’tibor berishadimi.
xaridorlar ularning tovarlariga qanday munosabatda bo’lishadi, ushbu
tovarning xarakteristikasi qanday, dizayni va sifati qanaqa raqiblar o’z tovarlariga
narx belgilashda nimadan kelib chiqishadi va ularning narxlari darajasi qanday.
Salohiyatli sarmoyadorlarning sizning loyihangizga munosabati ko’p jihatdan
ushbu savollarga qanchalik aniq javob berishingizga bog’liq. Siz uchun eng asosiysi
– paydo bo’lishi mumkin bo’lgan tavakkalchilikni ko’zdan qochirmaslik, ularning
manbalarini aniqlash va taxminan qachon yuzaga kelishi mumkinligini aniqlashdan
139
iborat. Va, albatta, yuqorida ta’kidlanganidek, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
yo’qotishlarni iloji boricha kamaytirish.
Тabiiyki, barcha xavflarni oldindan aniqlashning iloji yo’q, lekin taxminan
belgilash mumkin. Shundan keyin Siz ushbu xavflarga qarshi qanday choralar
qo’llashingizni bayon qilishingiz va bu vaziyatdan
chiqib ketish dasturingizni
tuzishingiz kerak. Shuningdek, qanday sug’urta polislarini va qanchaga olishingizni
ham bayon qilishingiz zarur.
Hamkor va sarmoyadorlarga turli shakllardagi kafolatlar berilishi mumkin.
Ular orasida federal, hududiy, mahalliy organlar kafolatlari, sug’urta, aktivlarni
(ko’chmas mulk, qimmatli qog’ozlar va h.k.) garovga qo’yish,
bank kafolatlari,
huquqlarni berish, tovar kafolatlari (tayyor mahsulot bilan) kabilarni ajratib
ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: