134
7. Ishlab chiqarish rejasi.
Bo’limdagi ma’lumotlar sarmoyadorni mahsulotlarni (xizmatlar) yuqoridagi
bo’limlarda keltirilgan sifat va hajmlarda tayyorlay olish mumkinligiga ishontirishi
kerak.
Shunindek, ushbu bo’limda korxona haqida umumiy ma’lumotlar,
rejalashtirilayotgan sotuv hajmiga mos keladigan ishlab chiqarish harajatlarining
hisob kitobi, mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan bevosita (o’zgaruvan) va
bilvosita harajatlar, mahsulot
qiymatining hisob kitobi, joriy ishlab chiqarish
harajatlari smetasi kabilar ham keltiriladi.
Bo’limning taxminiy tarkibi:
-
Korxona haqida umumiy ma’lumotlar;
-
Korxona joylashgan joy tavsifi. Ko’p hollarda korxona joylashgan joy
mavaffaqiyatga erishishdagi asosiy omillardan biri bo’lib chiqadi. Biznesning
o’ziga xos tomonlaridan
kelib chiqqan holda transport, injenerlik tarmoqlari
(elektr quvvati, suv, issiqlik,
kanalizatsiya, aloqa va boshqa.), resurslar,
shuningdek, sotuv bozorlariga yaqinlik kabilar ham ko’rsatiladi;
-
Foydalanilayotgan texnologiya va bajaruvchilarning malakasi;
-
Zarur
maydonlar;
-
Kadrlar bilan ta’minlash. Har qanday ishda, ayniqsa, biznesda “kadrlar hamma
narsani hal qiladi”, degan prinsip haqiqatga juda yaqin. Qoidaga ko’ra, pullar
loyihaning o’ziga emas, uni amalga oshiradigan jamoaga beriladi. Shu sababli
asosiy o’rinlar shaxsan ko’rsatilgani maqsadga muvofiq;
-
Ishlab chiqarishning ekologiya, atrof muhit va ishlovchilarning havfsizligi
talablariga javob berishi. Loyihadagi ushbu masalalarning to’g’ri
ishlab
chiqilmaganligi jarima xarajatlarini keltirib chiqarishi va ishlab chiqarishning
yopib qo’yilishiga olib kelishi mumkin;
-
Ishlab chiqarish hajmi;
-
Hodimlarga ketadigan xarajatlar: Boshqaruv xodimlariga
ketadigan xarajatlar
(direktor, bosh muhandis, ishlab chiqarish boshlig’i, buxgalter, reja bo’limi va
hokazo), ishlab chiqarish hodimlariga ketadigan xarajatlar (konstruktorlar,
135
texnologlar, ta’mirchi ishchilar va hokazo),boshqa xodimlarga ketadigan
xarajatlar (sotuv bilan shug’ullanuvchilar, omborchilar, qo’riqlash xizmati);
-
Хom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga ketadigan xarajatlar: hisob-kitob
har bir mahsulot yoki xizmat turi bo’yicha amalga oshiriladi;
-
Joriy xarajatlar smetasi: ushbu bo’limda mahsulot yoki xizmatni ishlab
chiqarishga ketadigan joriy xarajatlar keltiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari yoki
boshqacha
aytganda, to’g’ridan-to’g’ri (o’zgaruvchan, ya’ni ishlab chiqarish
hajmlariga mos ravishda) va umumiy (doimiy, ya’ni ishlab chiqarish xajmlari
o’zgarishiga bog’liq emas) xarajatlarga bo’linadi;
-
O’zgaruvchan xarajatlarni hisoblash:
-
Хom ashyo va materiallar, butlovchi qismlarga
ketadigan xarajatlar;
-
Ishlab chiqarish xodimlariga ketadigan xarajatlar;
-
Yoqilg’i, elektr quvvatiga ketadigan xarajatlar (ba’zi hollarda);
-
Doimiy xarajatlarning hisob-kitobi;
-
Ishlab chiqarish xarajatlari (ijara, uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat
ko’rsatish, ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan yoqilg’i va energiya
xarajatlari va hokazo);
-
Savdo chiqimlari (reklama, mahsulotni ilgari surish bo’yicha tadbirlar, uni
sotish, o’tkazish xarajatlari);
-
Ma’muriy xarajatlar (ma’muriy hodimlarning mehnat haqi,
kommunal
xizmatlar, aloqa xizmatlari, xizmat safari xarajatlari va hokazo).
Dostları ilə paylaş: