Mazkur ma’lumotlar asosida kapital harakati schotining qoldig‘ini aniqlang.
3-masala Nemis markasiga nisbatan dollar kursi 3:1 ni tashkil etadi. Bir xil tovar AQShda 400 doll., Germaniyada esa 1200 marka turadi deb tasavvur qilamiz. Agar dollar kursi sun’iy tarzda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksportchi qo‘shimcha daromad oladi (AQShmi, yoki Germaniyami). Qo‘shimcha daromad qiymatini aniqlang.
4-masala B mamlakat hukumati A mamlakatning valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursini barqarorlashtirishni maqsad qildi deb faraz qilaylik. A mamlakatda inflyatsiya sur’ati bir yilda 5%ni tashkil etadi.
a) B mamlakatda bunday maqsadga erishish uchun inflyatsiya qanday bo‘lishi kerak?
b) Uzoq muddatda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 3% va pulning aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lganda valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o‘sish sur’ati qanday bo‘lishi kerak?