Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


-mavzu. Makroiqtisodiy prognozlashning mohiyati, predmeti va ob’ekti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə68/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

9-mavzu. Makroiqtisodiy prognozlashning mohiyati, predmeti va ob’ekti
Topshiriqlar
1-masala
A) YaIMning 900 mlrd.so‘mga; 1100 so‘mga teng bo‘lganda to‘liq bandlik sharoitida budjet saldosi hajdaqiqai aniqlang.
B) To‘liq bandlik sharoitida investitsiyalar va jamg‘armalar nisbati qanday bo‘ladi?



YaIM

Soliq tushumlari hajmi

Davlat harajatlari




(so‘m)

(so‘m)

800

200

260

900

230

260

1000

260

260

1100

300

260



2-masala
Alternativ (muqobil) fikrlarni baholash jamlanma listi.
.

Q
F

Alternativ fikrlar

1-

2-

3-

4-

R

B

P

R

B

P

R

B

P

R

B

P

a

1

2

2

3

4

12



















b

2

2

4

3

6

18



















v

4

6

24

1

2

2



















n





































Ko‘paytma jamlamasi

30







32



















Q/F – qatnashuvchi familiyasi (muammoda)


R – rang bo‘yicha baho (1- o‘rin – eng zarur taklif, n – o‘rin – zarurlik darajasi eng past yoki, 2- darajadagi o‘rin oluvchi takliflar)
B – muqobil (alternativ) balli baholar [(1)- eng yuqori balldan – (10) eng past ballgacha];
P(ko‘paytma) – (R­*B) ko‘rsatkichlar ko‘paytmasi.


3-masala
Aytaylik, Uzbekistonda bir dona dona traktor ishlab chikarishga 500 ish soati sarflanadi, 1 tonna bugdoy ishlab chikarish uchun esa 50 ish soati. kozogistonda esa 1 dona traktor ishlab chikarish 600 ish soati, 1 tonna bugdoy 30 ish soati sarfini talab kiladi.
a) Xar bir mamlakatda traktorlar ishlab chikarishning bugdoy orkali ifodalangan mukobil kiymati kanday va aksincha 1 t. bugdoy ishlab chikarish traktorlar xisobida kancha kiymatga ega buladi?
b) Faraz kilaylik, Uzbekiston va kozogiston bugdoy ishlab chikarishda taxminan bir xil texnologiyadan foydalanadi. Bunga kura 60 t bugdoy ishlab chikarish uchun bitta traktor kerak buladi. Uzbekistonda va Kozogistonda bugdoy va traktorlarning mukobil kiymati kanday uzgaradi?


4-masala
Yukoridagi masala shartiga uchinchi maxsulotni televizorni kiritamiz. Uzbekistonda televizorni ishlab chikarishga 100 soat ish vakti sarflanadi, kozogistonda esa 90 soat Uzbekiston yiliga 1100 mln. ish soati, kozogiston esa 450 mln. ish soati resursiga ega. Bugdoy, traktor va televizorga bulgan extiyoj kuyidagicha berilgan:



Tovarlar

Uzbekiston

Kozogiston

Traktorlar

0,2 mln. dona

0,1 mln. dona

Bugdoy

5 mln tonna

3 mln. tonna

Televizorlar

2 mln. dona

1 mln.dona

a) Xar bir mamlakat uz extyojlarini uz imkoniyatidan kelib chikib kondira oladimi?
b) Uzbekiston televizorlarini Kozogiston bugdoyiga almashtiruvchi tadbirkor Uzbekistonga foyda keltiradimi?


5-masala
Yukoridagi masala shartidan foydalanib kuyidagi topshiriklarni bajaring.
a) Kozogiston uchun eng yaxshi ayirboshlash variantini taklif etingki, bunga Uzbekiston rozi bulsin;
b) Uzbekiston ayirboshdan oladigan eng kup foydani (mln. ish soati mikdorida) aniklang.
10-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash usullari


Topshiriqlar
1-masala
Ekstropolyatsiya usulidan foydalanib xisoblang.
Non bulochka maxsulotlari sotadigan magazinning 11 ish kunida sotishi kerak bo‘lgan maxsulotni sotishni prognoz qilish.
Oldingi 10 kun ichida non-bulochka sotadigan magazinning maxsulotni sotish xajmi quyidagi ko‘rsatkichlarni tashkil etgan (tonnada)



1-kun

2-kun

3-kun

4-kun

5-kun

6-kun

7-kun

8-kun

9-kun

10-kun

2.5

2.8

2.0

2.4

2.3

2.9

2.7

2.2

2.3

2.8



2-masala
Ekstropolyatsiya usulidan foydalanib xisoblang.
Bulochka maxsulotlari sotadigan magazinning 12- ish kunida sotishi kerak bo‘lgan maxsulotni sotishni prognoz qilish.
Oldingi 11 kun ichida bulochka sotadigan magazinning maxsulotni sotish xajmi quyidagi ko‘rsatkichlarni tashkil etgan (tonnada)



1-kun

2-kun

3-kun

4-kun

5-kun

6-kun

7-kun

8-kun

9-kun

10-kun

11-kun

2.4

2.6

2.1

2.4

2.3

2.7

2.8

2.2

2.3

2.5

2.5



3-masala
Uch tarmoqli hisobot TAB ma’lumotlari sxemasi asosida va reja davrida pirovard mahsulotlarining berilgan ko‘rsatkichlariga muvofiq (Ureja), reja TAB ning miqdoriy parametrlari xisoblansin va iqtisodiy tahlil amalga oshirilsin.



I/ch

Iste’molchi tarmoqlar

Pirovard mahsulot

Yalpi mahsulot

Tarmoqlar

Sanoat

Qurilish

Qishloq xo‘jaligi







Sanoat
Qurilish
Qishloq xo‘jaligi

30
24
21

40
19
15.2

24
20



56
32
14.2

150
95
60

Sof mahsulot
Yalpi mahsulot

75
150

20.8
95

9.6
6.4

102.2
-

-
305

Y1=60; Y2=40; Y3=20


4-masala
Metal ishlab chiqaruvchi va uni sotish bilan shug‘ullanuvchi firmaning foyda rejasini aniqlang.
Sotuv rejasiga asoslanib tovarni sotishdan keladigan tushumini, ya’ni Q – 1200AQSh dollari deb belgilandi. Doimiy xarajatlar F esa – 500 AQSh dollari. Sotuvdagi o‘zgaruvchan xarajatlar darajasi, S – 25% ni tashkil etadi.


Vaziyatli topshirik.
Muvozanat va davlatning pul siyosati.
Bu topshirik oldingi ikki («Invitatsion talab va maxsulot bozoridagi muvozanat», «pul bozori va protsent normasi») topshiriklarining mantikiy davomidir. Unda J.Xiksning tanikli bulmish «Inventitsiya – jamgarma – bozoriy chakkonlik (likvidlik) - pul» modeli orkali ta’riflanadigan birgalikda maxsulot va pul bozorlaridagi muvozanat sharoitlari kursatilgan.
Keynsionistik va monetaristik yondashuvlari nuktai nazaridan davlatning pul va budjet siyosatning pul va byujet siyosati imkoniyatlari va chegaralari ifodalanadi.
Protsent stavkasini tartibga solish uchun pul massasini uzgartiruvchi uz xoxishicha xarakat kiluvchi tadbirlar, uzok vaktli muddatda inflyatsiyani kuchaytiruvchi bir omil sifatida kursatilgan. «Likvidlik tuzogi»dan chikarish uchun davlat xarajatlarini oshirishning ijobiy va salbiy tomonlari aniklanadi. Bu jarayon davlat karzlarining oshishi va uni koplash esa «krouling-aut» - xususiy investitsion talablarni sikib chikarish – samarasi bilan boglik. Monetaristik siyosat prinsiplariga mos xolda M.Fridman va Sent-Luiss modeli asosida pul massasining zarur uzok muddatli kushimcha usishi urnatiladi.
Topshirikni umumiy bajarish yulini ta’riflaymiz. Birlamchi jamgarma, investitsiya, protsent normasi, pul talab va taklifi kabi parametrlarning uzaro mosligi sharoitida umumiy bozor muvozanati xolati aniklanadi.
Davlat investitsiyalarni yanada ragbatlantirish maksadida pul massasini oshiradi, bu esa «likvidlik tuzogi»ga tushishga, inflyatsion moliyalashtirishga olib keladi. Protsent stavkasi pul taklifning oishiga befark bulib koladi, xususiy investitsiyalar kupaymaydi. Shuning uchun xukumat ishlab chikarishga davlat kuyilmalarini oshirishni iktisodi. «Investitsiya - jamgarma» egri chizigi siljiydi. Iktisod stagnatsiya xolatidan chikadi, lekin davlat karzi kupayadi. Markaziy organlar, fiskal siyosatining chegaralanganligi tugrisidagi xulosaga kelib, monetaristik tavsiyanomalarni amalga oshirishga utadilar va pul massasining kerakli xajmini xisoblaydilar.
Shunday kilib, topshirikda ketma-ket xarakat kuyidagicha.
«Investititsiya – jamgarma» (I-S) egri chizigi absissalar ukida makro darajadagi daromad (DI), ordinatalar ukida esa bank protsenti stavkasi (R) joylashtirilgan tizimda tuziladi. I-S kuyidagi nuktalar tuplami bilan beriladi.



DI. pul birligi

9

9,5

10

10,5

85

R, %

6,5

5

4

3

8,5

Shu – maxsulot bozorlari muvozanat egri chizigi grafigini chizing.


Shundan keyin moliya konyukturasi optimal xolatini ta’riflaydigan sharoitlarga utamiz. Bu tugrida «pul bozori va protsent normasi» masalasida aytib utilgan edi. Unda pulga talab (tez pulga aylantirish mumkin bulgan molni xushlash) va taklifning tugri kelishiga mos muvozanatining ikki nuktasi kursatilgan edi va Ye1 dan Ye2 ga utish protsent va daromad uzgarishlari bilan kuzatilardi. Shuning uchun DI-R koordinatalar tizimida protsent va daromadning turli darajalarida pul talabi va taklifining tengligini tariflaydigan xamma nuktalari tuplamini tasvirlash mumkin. Bu «likvidlikni xushlash - pul» (LM) egri chizigi buladi. U moliya bozori muvozanati sharoitlarini aks ettiradi.
Bizning topshirikda LM egri chizigi kuyidagi nuktalar tuplami bilan beriladi.

DI pul birligi

8

9

9,5

10

11

11,5

11,5

R, %

3,1

3,1

3,5

4

5,5

7

8

Bu egri chizikni xam I-S chizmasida chizing.


Grafikning gorizontal kismiga e’tibor bering. Unga katta pul massasi M va okibatda R ning minimal stavkalari mos keladi. R bozor stavkasi anik belgilangan darajasidan kuyiga tusholmaydi (masalada-3%). Shuning uchun M ning sezilarli darajada kupayishi bilan protsent uzgarmaydi.
LM egri chizigining vertikal kismining iktisodiy ma’nosini mustakil ravishda tushuntirib bering.
Yukorida kayd etilgan ishlarning bajarilishi natijasida biz J.Xiksning tanikli «investitsiya-jamgarma-likvidlik-pul» modeliga erishdik. U maxsulot (IS) va pul bozorlarining (LM) birgalikdagi muvozanati sharoitlarini aks ettiradi. Shunday kilib, protsent va daromadning kanday parametrlarida Ye nuktasi (iktisodiy makromuvozanat) – urnatilishini aniklang.
Topilgan muvozanat nuktasi uzgarmas emas, davalat keyns teoriyasiga asoslanib aktivlashtirish siyosatini olib boradi. U pul taklifini oshirib, protsent stavkalari va investitsiyalarga doimo ta’sir kursatishga xarakat kiladi. Bunday ta’sir kursatish mexanizmi «pul bozori va protsent normasi» masalasida chukur kurib utilgan. Lekin unda davlatning kiska muddatli R ni kamayishiga va okibatda investitsiya va ishlab chikarishni oshirishni ragbatlantirishga olib keladigan ta’sir kursatilgan edi.
Bozor mexanizmi DI darajasi va pulga talabning oshishiga javob berib, R ni yana kutaradi. Ya’ni shuni ta’kidlash mumkinki, uzok muddatda protsent stavkalari boshkarish ta’siriga kam buysunadi. Davlat yana va yana pul massasini manipulyatsiya kilish, uzboshimcha siyostiga kaytib kelishi zarur. Lekin katta M taklifi sharoitida daromad usishidan kelib chikadigan pulga talabning oshishi yana xam kamayib bordi.
Talab egri chiziklari protsentning min. darajasidan pastga tushmay, gorizontal xolatni kabul kiladi. Bu jarayonni IS-LM modelida kuzatamiz. Uzok muddat davomida davlat pul massasini 14% ga oshiradi deb xisoblaymiz. P ning uzok muddatda uzgarmasligi sharti natijasida, L M egri chizigi 15 protsentli oshishga mos masofada OD uki buyicha ungga siljiydi. Shunday kilib, L M grafigini tuzganda foydalangan xar bir nuktalarning yangi urnashish joyini aniklang va «likvidlik - pul» - LM1 yangi egri chizikni chizing.
IS tugri chizigi uzgarmay, LM-LM1 gacha siljiganni uchun, muvozanatining yangi nuktasi – Ye1 urnatiladi. Uning koordinatlarini toping.
Ye1 nuktasi LM egri chizigining doimiy R ga mos gorizontal kismida joylashgan buladi. M pul massasini yanada kupaytirish ma’nosiz – protsent stavkalari minimal mikdordagi 3 protsentdan pastga tushmaydi, ishlab chikarish investitsion turtki olmaydi. Asoslanmagan pul taklifini kupaytirish iktisodni «likvidlik tuzogiga» tushirib kuydi. Xujalik stagnatsiyaga kirib koldi.
J.Keyns tizimida pul ishlab chikarishga protsent normasining uzgarishi orkali ta’sir kursatadi. Lekin bu mexanizm kattik depressiya sharoitida, ya’ni pul narxi – protsent kamayganda, ishlamay kolishi mumkin. R ning uzgarmasligi okibatida investitsiyalarning ragbatlanmasligidan tashkari, shu yunalishida yana bir irmok mavjud. Past protsent kimmatbaxo kogozlar kursining oshishini bildiradi.
Agar kimmatbaxo kogozlar kimmatlashuvi iktisodning usish davridagi aksiya va obligatsiyalarga katta talab bilan boglangan bulsa, unda pul egalari kimmatbaxo kogozlardan kelajakda foyda va divident olishni kuzlab, ularni sotib olishardi. Lekin stagnatsiya sharoitida yukori birja narxlari aynan minimal bank protsentlari bilan boglik, kimmatbaxo kogozlar ishonchsiz. Shuning uchun odamlar ularni sotib olishdan kura, pulni nakd shaklda ushlab turishni afzal kuradilar, ya’ni tez pulga aylantirishga ixlos kuprok. Firmalar birjada aksiyalarni sotishdek kam mablag olishadi, bu esa investitsiyalarni yanada ragbatlantirishini kamaytiradi.
Boshka tomondan, iste’molchilardagi nakd pullar bozorini ezadi va tulovga kobil talab darajasi usib borad. Bu narxlarning inflyatsion oshishiga olib keladi – ishlab chikarish usib borayotgan talabni kondirolmaydi («Investitsion talab va maxsulot bozorlari muvozanati» masalasini kuring).
Bunday xolatdan chikish kiyin, chunki xusiy kuyilmalar – bozor iktisodidagi investitsiyalarning asosiy kismi-ishlamay kolgan. Ular inflyatsion xolatda fakat yangi texnologiya va yangi maxsulotni keng joriy etish vaktidagina, ya’ni kelajakda protsent stavkasiga boglik bulmagan foyda normasining usishini xisobga olganda ishlashi mumkin.
Lekin protsent ta’sir etmaydigan yana bir investitsion omil mavjud. Davlat uzining budjet assigatsiyalarini oshirishi mumkin.
«Likvidlik tuzog‘idan» chikish uchun xukumat ishlab chikarishga 1 shartli pul birligi mikdorida kushimcha mablag ajratdi. Multiplikator 1 ga teng degan shart kabul kilamiz. Ya’ni daromad DI xam 1 shartli pul birligi usadi. R uzgarmas xolda kolganligi uchun bunday xarakat grafikda IS chizigining 1 birligi ungga siljishiga olib keladi. «Investitsiya-jamgarma» - IS1 yangi grafigini tuzing. LM1 va IS1 uchun muvozanat nuktasini (Ye2) aniklang. Iktisodni «tuzokdan» chikarishga erishdikmi, protsent oshdimi?
Davlat xarajatlarining sezilarli usishi xolatni unglashtirishga kobil. Lekin bu tadbir – uzining salbiy okibatlariga ega bulgan majburiy tadbirdir. Chunki bunday moliyalashtirish uchun davlat uz karzini oshirishga majbur. Xukumat bu karzni inflyatsiyani chukurlashtirmaslik uchun yangi pul chikarish bilan emas, balki zaymlar xisobiga koplashi mumkin. Lekin bunday sharoitda bozoriy nomuvozanat sodir bulishi mumkin, chunki davlat omonatchilar mablaglarini obligatsiyalari bilan band etib, ularni xususiy investitsiya bozoridan sikib chikarishi mumkin. Bu – «kuroding - aut» samarasi deyiladi. Uning iktisodga nokulay okibatlarini tushuntirib bering.
Kiska vaktli muddatda davlat pul muvozanatiga protsent stavkalari orkali ta’sir kursatishi mumkin. Lekin uzok muddatli kelajakda protsent stavkalariga ta’sir kursatib bulmaydi, chunki xar safar davlatning pasaytirish tadbiriga bozor teskari reaksiya bilan R ni oshirib, javob beradi. Bunday sharoitda pul masalasining gipertrafiyaga duchor bulishi (xaddan tashkari oshishi) boshkarib bulmaydigan inflyatsiyaga olib keladi. Natijada uzok vaktli muddatda keynsionistik retseptlar ta’sir etmaydi.
Shuning uchun R darajasiga boglik bulmagan muvozanatga asoslangan nazariya monetaristlar tomonidan ilgari surilgan. Davlat uz xolicha xarakat kiluvchi tadbirlardan, pul taklifini impulsiv manipulyatsiyalashdan voz kechishi kerak. Buning urniga bozor talabiga mos asoslangan doimiy pul massasining usishini ta’minlash kerak. Uzok muddatli muvozanat shartlari M.Frimen tenglamasi bilan aniklanadi:
ΔMS=ΔDI-ΔP
Bu yerda, ΔMS – urtacha yillik xisobidagi uzok muddatli pul taklifining usishi sur’ati: %
ΔDI – uzok muddatli jami daromadning (real maxsulot) urtacha yillik usish sur’ati, %
ΔP - urtacha yillik xisobdan narxlarning uzok muddatli inflyatsion usish sur’ati, %.
Bu mikdor, agar davlat protsent stavkasini pul massasining uzgarishi xisobidan tartibga solib bormaganida, narxlarning usishi kancha bulishi mumkinligini kursatadi. Bu kursatkich barkaror rivojlanish uchun iktisod kancha kushimcha pul talab etishini (ishlab chikarishning usishini xisobga olgan xolda) davlat uchun tavsiyanoma bulib xizmat kiluvchi xisoblanadigan kursatkichdir.
Bizning topshirikda markaziy organlar monetristik strategyani kabul kilib, MS ni aniklashlari kerak. Buning uchun P parametrini aniklash lozim. Lekin amaliyotda uni statistik xisobga olish juda kiyin, chunki davlat kiska vaktli muddatda doimo pul taklifini uzgartirib, aylantirib turadi.
P ni xisoblash uslubi Sent-Luis shaxri federal rezerv banki xizmatchilari L.Anderson, J.Djordon va K.Karlson tomonidan taklif etilgan va «Sent-Luis modeli» deb atalgan. Umumiy kurinishda P ikki kursatkichlar yigindisi sifatida aniklanadi: 1-maxsulotlarga pulli talabning kuvvati va 2-kelajakda narx uzgarishlarining kutilishi.
1-kursatkich maxsulot ishlab chikarishning xakikiy xajmi va uning tula bandlik sharoitidagi potensial darajasi urtasidagi nisbiy fark sifatida aniklanadi. Topshirikda bu mikdor 2% ni tashkil etadi.
2-kursatkich Sent-Luis modelida oldingi 17 kvartal mobaynida narx uzgarishlari asosida aniklanadi. Urtacha yillik xisobida topshirikda u 3,5% ga teng.
M. Fridmen tenglamasida P kiymatini xisoblang va DI 3% ni tashkil etganda kerakli pul taklifining usish sur’atini ΔMS1 ni aniklang.
Shunday kilib, davlat kiska vaktli muddatda protsentga ta’sir kursatish uchun zaruriyatga karab pul massasini uzgartirishdan foydalanganlik bilan birgalikda MS1 mikdordagi pul taklifining uzok vaktli doimiy usishiga yondashadi.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin