13-mavzu. Ilmiy-texnik taraqqiyotni prognozlash
Topshiriqlar
1- masala
Iqtisodiyotda daromaddagi kapital hissasi 50%ni tashkil etadi. Boshlang‘ich (dastlabki) kapital bilan ta’minlanganligi kapitalning 16 birligini tashkil qiladi, daromadning 25%i jamg‘ariladi, kapitalning xizmat qilish o‘rtacha muddati - 20 yil. Dastlabki va mustahkam (barqaror) holatdagi bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mehnat unumdorligini, iste’mol va investitsiya hajmini, hamda kapital bilan ta’minlanganlikning barqaror darajasini aniqlang.
2 - masala.
Mamlakatdagi YaMMning real o‘sishi yiliga 4% ni tashkil etadi. Asosiy fondlarning umumiy qiymati YaMMdan uch baravar ko‘proqdir. Bir yilda kapitalning ishdan chiqib ketishi YaMMning 15%ini tashkil etadi. Umumiy daromaddagi mehnatning hissasi 60% ga teng. Jamg‘arma sohasida iqtisodiy siyosatning choralarini aniqlang.
3-masala.
Agar α=0.25ga teng bo‘lsa, quyidagi jadvalda ma’lumotlar asosida solou qoldig‘ini toping:
GDP
|
Capital
|
Labor
|
TFP
|
3,80
|
1,00
|
1,10
|
|
4,20
|
4,00
|
1,70
|
|
4,00
|
3,60
|
2,20
|
|
4,20
|
4,80
|
2,70
|
|
7,40
|
7,30
|
3,40
|
|
7,00
|
5,70
|
2,90
|
|
7,50
|
9,30
|
2,70
|
|
9,50
|
25,80
|
2,60
|
|
9,00
|
34,10
|
2,80
|
|
8,10
|
24,80
|
2,70
|
|
8,50
|
8,70
|
2,70
|
|
8,30
|
7,90
|
2,50
|
|
8,20
|
12,70
|
2,60
|
|
8,00
|
9,80
|
2,50
|
|
4-masala.
Quyidagi berilgan ma’lumotlar asosida
a) kapital samaradorligi
b) mehnat samaradorligi
v) iqtisodiyotni mehnat sig‘imi
g) iqtisodiyotni kapital sig‘imi
d) mehnatni kapital bilan qurollanganlik darajasi topilsin.
|
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
YaIM
|
mlrd. so‘m
|
5112,5
|
64,9
|
302,8
|
559,1
|
976,8
|
1416,2
|
2128,7
|
3255,6
|
4925,3
|
7450,2
|
Asosiy kapital
|
mlrd. so‘m
|
1272,6
|
14,1
|
88,9
|
176,7
|
276,6
|
396,4
|
537,4
|
744,5
|
1320,9
|
1526,6
|
Band bo‘lgan aholi soni
|
ming kishi
|
8259
|
8378,7
|
8449,2
|
8561
|
8680
|
8800
|
8885
|
8983
|
9136
|
9333
|
14-mavzu. Ijtimoiy jarayonlar va aholi turmush darajasining o‘sishini prognozlash
Topshiriqlar
1-masala
Uch yil davomida mehnat sarfi miqdori va uning unumdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jadvalda keltirilgan:
Yil
|
Mehnat sarfi miqdori, (soat)
|
Mehnat unumdorligi ( bir soatda yaratilgan YaIM hajmi (pul birligida))
|
Real YaIM hajmi,
(pul birligida)
|
1
|
1000
|
100
|
|
2
|
1000
|
105
|
|
3
|
1100
|
105
|
|
Aniqlang:
a) Barcha yillar uchun YaIM real hajmini;
b) birinchi yilga nisbatan ikkinchi yili mehnat unumdorligi necha foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat sarfi o‘zgarmagan holda) YaIMning real hajmi qancha foizga ortdi?
c) ikkinchi yil bilan qiyoslaganda uchinchi yilda mehnat hajmi qancha foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat unumdorligi o‘zgarmagan holda) YaIM necha foizga ortdi?
Mehnat sarfi miqdorining ortishi va uning unumdorligi o‘sishi qanday iqtisodiy o‘sish omiliga kiradi?
2-masala
Agar yalpi ichki mahsulotdagi kapitalning ulushi 25%, mehnatning ulushi 75% bo‘lsa,u holda kapital zahirasi yiliga 2%ga, ishchi kuchi soni 3%ga hamda YaMD esa 2 %ga ko‘paysa, omillarning jami unumdorligini toping.
3-masala
Mamlakatda jamg‘arish normasi 28 % ni, aholining yillik o‘sish sur’ati 1%ni, mehnat tejovchi texnologik taraqqiyoti sur’ati 2 %ni, asosiy kapitalning ishlab chiqarish normasi; %ni tashkil etadi. Bitta xodimga to‘g‘ri keladigan daromadning (ishlab chiqarish hajmining) barqaror darajasini toping.
4-masala
O‘tgan yili uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari 800 shartli birlikni (sh.b.) tasarrufdagi daromad miqdori esa 1000 sh.b.ni tashkil etdi.
Joriy yilda jamg‘armalar hajmi 120 sh.b.ni, iste’molga chegaralangan moyillik esa 82 % ni tashkil qildi.
Topilsin:
a) o‘tgan yildagi yildagi jamg‘armalar, iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari;
b) joriy yildagi iste’mol, tasarrufdagi daromad, iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari;
v) jamg‘arishga va iste’moga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichlari.
15-mavzu. Demografik jarayonlarni prognozlash
Topshiriqlar
1-masala
Quyidagi ma’lumotlar asosida ishsizlik darajasini aniqlang:
Jami aholi – 450 ming kishi, jumladan:
16 yoshgacha bolalar – 80 ming kishi;
–pensionerlar – 60 ming kishi, shundan 10 ming kishi hali ishlaydi;
–ishsizlar - 13 ming kishi;
–muddatli harbiy xizmatda – 5 ming kishi;
–litsey va kollej talabalari – 20 ming kishi;
–uy bekalari - 5 ming kishi;
2-masala
2009 yilda shartli iqtisodiy tizimda aholi soni tarkibi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud edi:
- ishchi kuchi soni – 350 mln. kishi,
- ishsizlar – 30 mln. kishi, jumladan:
- 15 mln. kishi korxona bankrotligi natijasida ishsiz bo‘lib qoldi,
- 3 mln. kishi yangi kasbni o‘rganadi;
- 3 mln. kishi ishlab chiqarish qisqartirilgani natijasida ishdan
bo‘shatilgan;
- 5 mln. kishi korxona yangi faoliyat turiga o‘tganligi tufayli ishdan
bo‘shatildi;
- 4 mln. kishi ishlamaydi, chunki yosh bolalari va qari ota-onalari mavjud.
Tabiiy va haqiqiy ishsizlik darajasini hisoblang. Ouken qonunidan foydalanib, agar potensial YaIM 4 mlrd. pul birligini tashkil etgan bo‘lsa, YaIMning uzilishini aniqlang.
3-masala
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: aholining umumiy soni 650 kishi, mehnatga layoqatli bo‘lmagan yoshdagi aholi soni 140, ishsizlar soni 19, ishchi bilan band aholi soni 380 bo‘lsa ishsizlik darajasini toping.
4-masala
Aholi soni 200 mln kishi. Ish bilan bandlar soni 112 mln. kishi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 160 mln. kishi, friksion ishsizlar 6 mln. kishi, tarkibiy ishsizlar 2 mln. kishi, davriy ishsizlar esa 5 mln. kishini tashkil etgan. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 4 %ga yuqori. Potensial YaIM 2500 shartli birlikka teng. YaIMning siklik ishsizlik dinamikasiga ta’sirchanlik koeffitsenti 2,5.
Topilsin:
a) ishsizlikning haqiqiy darajasi;
b) haqiqiy YaIM hajmi.
Dostları ilə paylaş: |