8-mavzu. Ishsizlik va inflyatsiya darajasining iqtisodiy tahlili
Topshiriqlar
1-masala 2005 yilda mamlakatda quyidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari mavjud edi:
friksion - 3%; tarkibiy -3%; davriy -10%.
Nominal YaIM 27600 pul birligini tashkil etdi, Ouken koeffitsienti esa 2,5% ga teng.
YaIMning uzilishi miqdorini aniqlang.
2-masala Ishsizlikning tabiiy darajasi 6 %, ishsizlikning haqiqiy darajasi 7,33 %, potensial YaIM yiliga 3 %ga o‘sadi, YaIMning davriy ishsizlik dinamikasiga ta’sirchanligi koeffitsenti 3 ga teng. Keyingi yilda tabbiy ishsizlik darajasida resurslarning to‘liq bandliligi ta’minlanishi uchun ishlab chiqarishning haqiqiy darajasi qanday sur’atda o‘sishi lozim?
3-masala Ishsizlikning tabiiy darajasi 5 %, potensial YaIM 40 mlrd. so‘m, ishsizlar soni 1 mln. kishi, ish bilan bandlar 14 mln. kishi. Topilsin:
a) ishsizlikning haqiqiy darajasi;
b) YaIMning nisbiy va mutlaq uzilishi;
v) Haqiiy YaIM hajmi
4-masala 2000 yilda istemol narxlar indeksi (INI) 301ga, 2001 yilda esa – 311ga teng bo‘lgan. 1995 yil bazis yili deb hisoblanadi. 2001yilda 2000yilga nisbatan hamda bazis yilga nisbatan inflatsiya darajasini aniqlang.
5-masala Iqtisodiyotda Fillips egri chizig‘ining tenglamasi quyidagicha: = ye – 0,5(u – u*). Ishsizlikning tabiiy darajasi – 5,4%, kutilayotgan inflatsiya darajasi - 4%. Haqiqiy ishsizlik darajasi esa 3,6%.Inflatsiyaning haqiqiy darajasini aniqlang.
6-masala Aytaylik iste’mol narxlari indeksi 1993 yili, 1994 yili esa 311 ga teng bo‘lgan bo‘lsin. Bazis yili hisoblangan 1990 yilda inflyatsiya darajasi 4 % ni tashkil etgan. Zarur hisob-kitoblar yordamida 1994 yilda haqiqiy inflyatsiya darajasi 4 %dan kam bo‘lganligini, baholar esa 1990 yilga nisbatan 211 % ga yuqori bo‘lganini isbotlang.