Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


-mavzu. Budjet-soliq sektorining makroiqtisodiy tahlili



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə61/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

6-mavzu. Budjet-soliq sektorining makroiqtisodiy tahlili


Topshiriqlar
1-masala
A va B mamlakatlarning iqtisodiyoti quyidagi ma’lumotlar bilan yoritib berilgan:

Ko‘rsatkichlar

A mamlakat

B mamlakat

1.Moliyaviy yil boshida davlat qarzi qiymati
( mln. dol.da)

2000


2000


2. Moliyaviy yil davomidagi nominal davlat xarajatlari(mln.dol.da)

200


200


3. Narx darajasi (yil boshida)

1,0

1,0

4. Inflyatsiyaning yillik sur’ati

0,0

0,1

5. Davlat qarzi bo‘yicha nominal foiz stavkasi

0,03

0,13

6. Davlat budjetiga nominal soliq tushumlari (mln.dol.da)

260

260

Hisoblang:
a) Mamlakatda davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlarining nominal miqdori qanday?
b) Har bir mamlakatda budjet defitsitining rasmiy bahosi qanday?
c) Har qaysi mamlakatda davlat qarzining nominal va real qiymati qanday (yil oxirida)?


2-masala
Resurslar to‘liq band bo‘lgan iqtisodiyotda hukumat davlat xarajatlarini 15 mlrd. so‘mga oshirishga qaror qildi. Daromadlarning muvozanatli darajasi 500 mlrd. so‘m, iste’molga chegaraviy moyillik 0,75, davlat budjetiga sof soliq tushumlari avtonom, ya’ni daromadlar darajasiga bog‘liq emas. Ortiqcha yalpi taklifni yuzaga keltirmaslik va baholar darajasining barqarorligini saqlab turish uchun budjetga soliq tushumlarini qanchaga ko‘paytirish lozim?


3-masala
Real daromadning darajasi Y = 4000, istemolga bo‘lgan meyoriy moyillik MPC = 0,8, potensial daromad Y* = 4200. Mamlakat iqtisodiyoti to‘la bandlik sharoitidagi daromadga erishishi uchun hukumat soliq tushumlarini qanshaga o‘zgartirishi kerak.


4-masala
2000 yilda YaIM – 2300, xususiy investitsiyalar – 200 ni tashkil etgan. 2001 yilda bu ko‘rsatkichlar muvofiq tarzda 2550 va 250 tashkil etdi. Avtonom soliqlar 120, davlat xarajatlari – 100 ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik tabiiy ishsizlik darajasidan 2% yuqori, YaIMning davriy ishsizlikka ta’sirchanlik koeffitsienti 3 ga teng. Avtonom xarajatlar, muvozanatli va potensial YaIM, inflyatsion (retsession) farq, shuningdek farqni bartaraf etish uchun davlat xarajatlarini qanchalik o‘zgartirish kerakligini aniqlang.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin