Yakuniy baholashda yozma ishni o‘tkazish tartibi
Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli, talabalarda mustaqil fikrlash va o‘z fikrini yozma ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Fandan yakuniy nazorat yozma shaklda o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat savollari va variantlari har o‘quv yilining boshida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yangidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama etiladi va tasdiqlanadi.
Yakuniy nazoratning har bir varianti bo‘yicha qo‘yilgan savollarning mazmuni, qamrov darajasi va ahamiyatligi darajasi kafedra mudiri tomonidan tekshirilib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Yakuniy nazoratning o‘tkazish asosan IX semestrning so‘nggi o‘quv haftasiga mo‘ljallangan bo‘lib, u belgilangan haftadagi mazkur fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat variantida 3 ta savol tayanch iboralari bilan keltiriladi. Yakuniy nazoratni baholash mezonlari yakuniy baholashdan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi, ya’ni har bir savolga maksimum 5 bahodan to‘g‘ri keladi. Yakuniy nazorat o‘tkazilgandan keyin ikki kun davomida professor-o‘qituvchilar uning natijasini talabalar e’tiboriga etkazadi. Yakuniy nazoratning hajmi talabaning fan bo‘yicha tasavvuri, bilimi, amaliy ko‘nikmasini baholash uchun etarli bo‘lishi zarur.
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari xamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar
S.S.Qosimov. Axborot tehnologiyalari. Toshkent “Aloqachi” 2017.
E.SH.Nazirova , SH.A.Sadullayeva Web ilova yaratish “Toshkent – 2018”
Макфарланд Д. Новая большая книга CSS – СПб.: Питер, 2017. –720 с.
Шварц Б., Зайцев П., Ткаченко В., Заводны Дж., Ленц А., Бэллинг Д. MySQL оптимизация производительности, 2-издание. – Пер.с анг. – СПб.: Символ-Плюс, 2016. 832 с.
Роббинс Дж. HTML5, CSS3 и JavaScript. Исчерпывающее руководство. [пер.с анг. М.А. Райтман]. – 4-е издание. – М.: Эксмо, 2017. -528 с.
Лоусон Б., Шарп Р. Изучаем HTML5. Библиотека специалиста. – СПб.: Питер, 2019. -272с.
Хоган Б. HTML5 и CSS3. Веб-разработка по стандартам нового поколения. 2-е изд. – СПб.: Питер, 2019. –320с.
Зольников Д.С. РНР5. Как самостоятельно создать сайт любой сложности – 2-е изд., стер. – М.: НТ Пресс, 2017. – 272 с.
V.G. Olifer, N. A.Olifer. Computer networks. Principles, technologies, protocols. St. Petersburg: Publishing House. “Peter,” in 2020.
Dostları ilə paylaş: |