Navoiy davlat pedagogika instituti "pedagogika"


II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJODIY TAFAKKUR SHAKLLANGANLIGINING TAJRIBALARDA O’RGANILISHI



Yüklə 346,94 Kb.
səhifə8/23
tarix29.06.2023
ölçüsü346,94 Kb.
#135525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
3-5 yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishning psixologik xususiyatlari

II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJODIY TAFAKKUR SHAKLLANGANLIGINING TAJRIBALARDA O’RGANILISHI





    1. Ijodiy tafakkurni o’rganuvchi diagnostik metodlarga tavsif

Ijodiy tafakkur tushunchasi psixologiyada ijodiy iste’dod yoki qobiliyat deb yuritiladi. CHet el psixologiyasida qobiliyatni miqdor jihatdan o’lchash uchun uni xarakterlab berish uchun ijodiy tafakkur tushunchasi kiritilgan. O’z davrining yirik psixologlari hisoblangan Kettel, Termin, Spirmen va boshqalar o’tgan asrning oxiri va yigirmanchi asrning boshlarida inson qobiliyati darajasini o’lchash uchun turli xarakterdagi ijodiy testlarni ishlab chiqqanlar. Ularni oldida turgan asosiy vazifa turli ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirgan yoki kasbga yaroqliligini, layoqatliligini aniqlashdan iborat bo’lgan.
Aqliy testlar AQSH, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Jumladan, maktablarga bolalarni saralashda harbiy xizmatga va havo flotiga kadrlarning rahbarlik lavozimiga loyiqligini aniqlashda ijodiy testlardan foydalaniladi. CHet ellarda ko’pgina o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlariga qabul qilish jarayonida kiruvchilar saviyasini aniqlashda ham testlar tatbiq qilinadi. O’ozirgi davrda testlar ijodiy tafakkurni o’lchash qobig’idan tashqari chiqib, insonning bilish jarayonlari shaxsning xususiyatlari va xolatlari shuningdek, patalogik jihatlarini o’rganishda ishlatilmoqda.
Lekin quyida biz faqat ijodiy testlar yuzasidan muloxaza yuritamiz.
CHet el psixologiyasida kupincha tafakkur tushunchasini qo’llash ko’ra ijodiy tafakkur terminini ishlatishni afzal ko’radilar. Ijodiy tafakkurni testlar yordami bilan aniqlash uchun ijodiy iste’dod koeffitsenti hisoblab chiqiladi va
«Intellekt» koeffitsenti ya’ni «IQ» deb belgilanadi.
Testlar odatda so’zlardan (verbal) kuzatishlardan iborat vizual topshiriqdan labirintlar va bosh qotirar masalalardan tuziladi. Angliyada turli yoshdagi
kishilarga mo’ljallangan testlar tizimi ishlab chiqilgandir. Hatto testlardan bevosita maktab ta’lim-tarbiyasi ishlarida foydalaniladi.
Sovet psixologlari tomonidan testlarni ilmiy jihatdan qayta ko’rib chiqib
«Ijodiy tafakkur koeffitsenti» tushunchasi soxta nazariya ekanligi isbotlandi. O’z- o’zidan ma’lumki testlar batariyasidagi topshiriqlarni yechish to’g’ridan-to’g’ri ijodiy tafakkurga emas balki insonning tajribasi, ko’nikmasi va malakalariga bog’liqdir.
CHet el psixologiyasida ijodiy tafakkur testlar nazariyasi o’z vaqtida sovet psixologiyasi namoyondalari tomonidan xato ekanligi ko’rsatib berildi. Ayniqsa, bu borada atoqli sovet psixologi L.S. Vigotskiyning xizmatlari kattadir. U bolaning ijodiy taraqqiyoti o’z-o’zicha amalga oshmasligini ta’kidlab «Eng yaqin taraqqiyot zonasi» (o’qituvchi yordamida) aktual faoliyat zonasi (mustaqil ravishda) mavjudligini isbotlab, ijodiy taraqqiyot shu ikki faoliyat o’rtasidagi farq bilan aniqlanishini ko’rsatib beradi.
Hozirgi davrda chet el va sovet psixologiyasida puxta ishlab chiqilgan testlar mavjud bo’lib inson ijodiy tafakkurini aniqlash uchun xizmat qilmoqda. Biz ularni ayrimlarini tavsiflab o’tamiz.
Aqlni o’lchashning Veksler shkalasi.
Intellektni tekshirilishining eng keng tarqalgan metodlaridan biri. D.Wechsler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalarni intellektini o’lchash shkalasidir. Bu metodikaga 1974 yilda so’ngi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni tekshirish uchun o’zgartirishlar kiritildi.
Rossiyada birinchi bo’lib Veksler shkalasi V.M. Bexterov nomli Leningrad psixonevrologik ilmiy tadqiqot institutida moslashtirilgan. Metodika B.G. Ananev (1969) maktab psixologlari tomonidan ijodiy tafakkur taraqqiyotini uzoq yillar o’rganishda, jumladan bolalarda psixik taraqqiyotdan chetga chiqishlar va orqada qolishlarini differensial – diagnostika qilishda keng qo’llanilgan.
Veksler shkalasi qo’yidagi subtestlardan tashkil topgan:

  • umumiy bilimdonlik subtesti, u nisbatan sodda ma’lumotlar va bilimlardan xabardorlikni tekshiradi. Sinaluvchilarga savollar beriladi va har bir to’g’ri javob ball bilan baholanadi.

  • umumiy ziyraklik subtesti iboralarining mazmunini nutq tushunishni, fikrlash qobiliyatini, ijtimoiy me’yorlarni tushunishni baholaydi. Sinaluvchidan tasvirlangan vaziyatda mumkin bo’lgan yechimlar haqida javob berishi talab qilinadi,

  • arifmetik subtest sinaluvchi diqqatining to’planishini ifodalarni tez yechishini tekshiradi. Sinaluvchidan arifmetik masalalar seriyasini og’zaki yechish talab qilinadi. Javobning aniqligiga ketgan vaqtga bog’liq ravishda baho qo’yiladi,

  • o’xshashlikni topish subtesti tushunchalarining shakllanganligi, klassifikatsiya, taqqoslash, mavhumlashtirish qobiliyatlari tekshiriladi. 16 juft tushunchalar beriladi. Sinaluvchidan tushunchalar jufti o’rtasidagi umumiylikni topish talab etiladi. Baholanish umumlashtirish darajasiga qarab belgilanadi,

  • so’zlar subtesti og’zaki tajribani o’rganishga mo’ljallangan (so’zning ma’nosini aniqlash va tushunish) 40ta so’z ma’nosini tushuntirish uchun beriladi,

  • sonlar qatorini takrorlash subtesti qisqa muddatli xotira va diqqatni o’rganishga mo’ljallangan ikki qismdan iborat: sonlarni to’g’ri va teskari tartibda eslab qolish va takrorlashdan iborat. O’ng va teskari takrorlashni baholash qatoridagi to’g’ri esga tushirilgan raqamlar soniga teng subtestning umumiy bahosi o’ng va teskari takrorlanishning umumiy bahosiga teng,

  • yetishmaydigan qismni topish subtesti ko’rish idroki xususiyatlarini kuzatuvchanlikni muhim qismlarni farqlay olish qobiliyatini o’rganishga mo’ljallangan. Sinaluvchiga 20 ta rasm ko’rsatiladi. Ularning har birida yetishmaydigan qismni yoki mos emaslikni topish zarur,

  • Rasmlar ketma-ketligi subtesti parchalarini mantiqan bir butun qilib birlashtirish vazifasini tushunish hodisalarini oldindan bilish qobiliyatini tekshirishga mo’ljallangan,

  • Koss kubiklari testi metod qismlaridan butunni birlashtirish qobiliyatini sensamotor koordinatsiyasini tekshirishga qaratilgan. Sinaluvchi berilgan namunaga qarab har xil rangli kubiklardan shunday figuralar shakllari kerak,

  • Figuralar yasash subtesti - yo’nalishiga ko’ra u subtestga o’xshaydi. Sinaluvchiga ma’lum ketma-ketlikda to’rtta figuraning qismlari beriladi. Sinaluvchiga bu qismlardan nima yasash kerakligi aytilmaydi,

  • Raqamlarni shifrlash subtesti ko’rish harakat malakalarini o’zlashtirganlik darajasini aniqlashga muljallangan. Topshiriq har bir raqamning tagida katakchaga ularga mos belgini yozishdan iborat,

  • Labirintlar subtesti. Bu yo’nalishga ko’ra ikkinchi subtestga o’xshaydi. 9 ta labirintni o’z ichiga oladi, «chiqish» vaqti hisobga olinadi.

YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ijodiy tafakkurni o’rganish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.



    1. Yüklə 346,94 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin