3-5 yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishning psixologik xususiyatlari
1-rasm. Verbal shkala buyicha natijalar taqsimoti
A guruh
B guruh
.
17
16
15
14
13
12
11
10
9
8
7
6
5
4
3
2
1
Natijalar sifat jihatidan taxlil qilish A va B guruhlarni o’zaro solishtirish va har bir subtestning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Dastlab verbal subtestlar bo’yicha natijalar tahlili o’tkazildi. Umumiy bilimdonlik subtest nisbatan sodda ma’lumotlar va bilimlardan xabardorlikni tekshiradi. Sinaluvchilarga mantiqiy o’ylanadigan savollar varianti berildi. Olingan natijalardan ko’rish mumkinki A va B guruhlar bu vazifani (17,8: 16,7) bir xil darajada bajarishga harakat qilganlar. Bu ulardagi fikrlashdagi mantiqlilik narsa va
hodisalar o’rtasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlar bilan belgilanadi. Umumiy ziyraklik bo’yicha natijalar tahlili shuni ko’rsatadiki A guruhga nisbatan B guruh sinaluvchilari yuqori ko’rsatgichga ya’ni (14,5: 16,6) ega bo’ldilar bu ularga berilgan iboralarning mazmunini anglay olish tushunish fikrlash qobiliyati jamiyatdagi turli ijtimoiy me’yorlarni tushunish tahlil qilish bilan belgilanadi. Sinaluvchilarda sonli qiymatlarni yechish sonli ifodalar ustida diqqatlarini to’plashlarini tekshirish maqsadida arifmetik subtest bo’yicha topshiriqlar majmuasi taklif qilishdi. Bunga ko’ra A va B guruh sinaluvchilar berilgan topshiriqni aniq va to’g’ri tez yecha olganliklari ma’lum bo’ldi. SHu o’rinda ta’kidlash lozimki sinaluvchilarda o’z fikriga nisbatan ishonch hissi sustligi namoyon bo’ldi.
O’xshashlikni topish subtesti bo’yicha taxlili shuni kursatadiki sinaluvchilarning (14,3: 16,8) tafakkurdagi tushunchalarning mazmun mohiyatini anglash narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’liqliklarni taqqoslash klassifikatsiyalash mavhumlashtirish qobiliyatlari shakllanganligidan dalolat beradi. SHuningdek sinaluvchilarda fikrlashdagi umumlashtirish malakalari rivojlanganligi xam tekshiriladi.
Navbatdagi topshiriq og’zaki bajarishga mo’ljallangan bo’lib sinaluvchilar berilgan so’zlarni ma’no mazmuni tushunishi aniqlash kabi vazifa quyiladi. Bu ham bolaning fikrlash, tafakkur, mantiqiy fikr yuritish malakalarini shakllanganlik darajasini o’rganishga qaratilgan.
Sinaluvchilar natijalaridan shuni ko’rish mumkin bu vazifani A guruhga (15,7) nisbatan B guruh sinaluvchilari (16,7) yuqori ko’rsatgichlarga ega bo’lganliklari ma’lum bo’ldi. Bu ulardagi dunyoqarash, mustaqil fikrlashni shakllanganligi bilan belgilanadi.
Sonlar qatorini takrorlash subtesti bo’yicha natijalar deyarli B guruh sinaluvchilarda (15,5) A guruh sinaluvchilarida esa (12,3) ko’rsatgichni tashkil qiladi. Natijalardan ko’rinadiki, sinaluvchilarda diqqat va xotira yoshga bog’liq rivojlangan bo’lib, ularda barqarorligi, ixtiyoriyligi, yaqqolligi mantiqiyligi bilan xarakterlanadi.
Noverbal shkala bo’yicha natijalar ham miqdoriy tahlillar asosida amalga oshiriladi.
Etishmaydigan qismni topish bo’yicha sinaluvchilarga taklif qilingan vazifalarni A va B guruh sinaluvchilari (15,3; 15,3) tenglikda bajarganliklari ma’lum bo’ldi. Sinaluvchilardagi ko’rish idroki, xususiyatlarini kuzatuvchanlikni muhim qismlarini farqlay olish qobiliyatini o’rganiga mo’ljallangan.
Rasmlar ketma – ketligi subtesti bo’yicha natijalar tahlilidan ko’rish mumkinki ular topshiriqni bajarishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelganliklari tadqiqot natijalaridan aniqlandi. Tadqiqotga ko’ra sinaluvchilar (13,2; 13,7) ko’rsatgichga ega bo’lganliklari ma’lum bo’ldi. Sinaluvchilarda parchalarni mantiqiy bir butun qilib birlashtirish, vaziyatni tushunish hodisalarni ichki xususiyatini bilish qobiliyati mavjudligi bilan xarakterlanadi. Sinaluvchilarning idrok qilish xususiyatlarini aniqlash maqsadida ularga Koss kubiklari bo’yicha topshiriq taklif qilindi. A va B guruhi sinaluvchilarining (11,8; 11,9) ko’rsatgichga ega bo’lganliklari ma’lum bo’ldi. Topshiriqning asosiy maqsadi ma’lum qismlarida butunni birlashtirish qobiliyatini sensomotor koordinatsiyalarini shakllanganligini aniqlash imkonini beradi.
Raqamlarni shifrlash subtesti bo’yicha natijalar A va B guruh darajalarini ko’rsatadi. Bu sinaluvchilarda ko’rish - harakat malakalarini o’zlashtirilgan darajalarini belgilab beradi. Bu shaxsdagi tafakkur va idrok jarayonlarini o’zaro bog’ligini aniqlash imkonini beradi.
Veksler shkalasi bo’yicha natijalar tahlilidan shuni ko’rish mumkinki sinaluvchilarda nafaqat ijodiy taraqqiyotning asosini belgilab beruvchi tafakkurni balki shunga muvofiq idrok, xotira, diqqat jarayonlarini rivojlanganlik darajalarini aniqlaydi.
Ijodiy tafakkurni o’rganuvchi navbatdagi metodika Ayzenkning verbal testi bo’lib bu bir nechta murakkabliklarga ega bo’lgan topshiriqlar to’plamidan iborat. SHuningdek, metodika so’ngida uning tahliliy ko’rsatgichlari aniq ifodalangmaganligini inobotga olib biz tahlilini osonlashtirish va qulay bo’lishi uchun past o’rta yuqori mezonlar bilan belgilandi. Bu mezonlar sinaluvchilarning
vazifalarini to’g’ri bajarganligi darajasi bilan tavsiflanadi. Natijalar dastavval jadval ko’rinishida ifodalanadi.