Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


-yil mobaynida sanoat korxonalari tomonidan 144,2 trillion sоʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, оʻsish sur’ati avvalgi yildagiga nisbatan 107 foizni tashkil etadi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə62/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

2017-yil mobaynida sanoat korxonalari tomonidan 144,2 trillion sоʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, оʻsish sur’ati avvalgi yildagiga nisbatan 107 foizni tashkil etadi
Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, Оʻzbekistonda iqtisodiy siyosatni amalga oshirish bоʻyicha yondashuv оʻzgarayapti. Bu, avvalambor, aholining iqtisodiy faolligini oshirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgandir. Bunda asosiy e’tibor yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda kengaytirishga xorijlik sheriklar va investitsiyalarni jalb etishga qaratilmoqda. CHet el investitsiyalarini faol jalb qilish, eksportga mоʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni tashkil qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimiz hududlarida erkin iqtisodiy zonalar faoliyati yоʻlga qоʻyilayapti va ularning geografiyasi kengayib bormoqda. 2018-yilda mamlakatimizda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yоʻlga qоʻyildi. Kоʻrilgan tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. YAqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bоʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Kelgusida Оʻzbekiston iqtisodiyotining faxri bоʻladigan yirik majmua – Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilishiga tamal toshi qоʻyilgan bоʻlsa, 2017-yil 6 iyulda “Jizzax” erkin iqtisodiy hududida “Peigeot” va “Citroen” engil avtomashinalarni ishlab chiqaradigan zavod qurilishiga tamal toshi qоʻyildi. Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosi bоʻlgan ishlab chiqarishni kengaytirish deganidir.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan tоʻrtinchi yоʻnalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yоʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga kоʻrsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy оʻrta ta’lim, оʻrta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bоʻyicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini rоʻyobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish оʻrni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini tоʻliq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bоʻlgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish оʻrni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.
Katta yoshli avlodni qоʻllab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat kоʻp tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yоʻllar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari kоʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yоʻnalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda87.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash, chuqur оʻylangan, оʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yоʻnalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni rоʻyobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yоʻnalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
SHu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir “Yоʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, Оʻzbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017-yilga mоʻljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion sоʻm va 8,3 milliard AQSH dollari yоʻnaltiriladi. Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yоʻnalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bоʻyicha Milliy komissiya tuzilmoqda. Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar tоʻliq, оʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yоʻnalishining har biri bоʻyicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan.
Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018-2021-yillarga mоʻljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bоʻyicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda. Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi Оʻzbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash yоʻlidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bagʻishlaydi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin