NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TARIX” KAFEDRASI
|
«O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI”
fanidan tarix yo`nalishidan tashqari barcha
yoʻnalish I-kurs talabalari uchun
SEMINAR UCHUN
MATERIALLAR
Navoiy sh
IV. Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarida talabalar Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari boʻyicha tayyorgarlik koʻrish jarayonida qoʻshimcha adabiyotlar va manbalar bilan tanishish orqali qoʻshimcha bilim oladilar. Natijada, ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.
“Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” fani boʻyicha seminar mashg’ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
1-modul. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida
1-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
Reja:
1. XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.
Markazning Oʻzbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati: “Paxta ishi”, “Oʻzbek ishi” nomli kampaniyalar.
Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona voqealari.
2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
Reja:
1. 1989 yil oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining oʻsib borishi.
Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
Dostları ilə paylaş: |