IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi: - dolzarb mavzu boʻyicha shaxsiy fikrni tanqid, publitsistik va boshqa janrlar (masalan, esse) da yozma bayon qilish;
- ma’ruzalar tayyorlash;
- kurs ishi yozish;
- glossariy tuzish;
- individual va jamoaviy oʻquv loyihasini tuzish;
- keys-topshiriqlarni bajarish;
- mavzuli portfoliolar tuzish;
- axborot – tahliliy materiallar bilan ishlash;
- manbalar bilan ishlash;
- infografika tuzish;
- multimediali taqdimotlar yaratish;
(Izoh: yuqoridagi mustaqil ish turlari Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashi qarori bilan tasdiqlangan yoʻriqnoma asosida tuzildi.)
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR: 1. O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mazmun va mohiyati
2. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar
3. Yuksak maʼnaviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida)
4. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar)
5. Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar
6. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
7. Milliy xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
8. O‘zbekistonni halqaro reytinglardagi ko‘rsatgichlarini ko‘tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati
9. Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi
10. Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi (14 ta) ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi
Mustaqil taʼlim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.