Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

 

 

             Bolalarning  o’sish  va  rivojlanishi  bilan  o’yinlarning  mazmuni 

o’zgarib  boradi:  o’yinlar  faoliyati  dastlabki  bosqichlarda  oddiy  harakterda 

bo’lsa,  keyinchalik  u  boyib  boradi.  P.F.Lesgaft  o’zining  jismoniy  mashqlar 

tizimida o’yinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. 

            U  o’yin  yordamida  bola  hayotga  tayyorlanishiga  e’tibor  qaratadi. 

Uning  harakatli  o’yinlarni  o’tkazish  uchun  qo’ygan  talablari  bugungi 

kungacha o’z qimmatini yo’qotgani yo’q: masalan, u har bir o’yin oldiga aniq 

maqsadlar  qo’yishi,  o’tkazilayotgan  o’yin  qatnashuvchilarning  kuch  va 

qobiliyatlariga  mos  kelishi,  o’yin  shug’ullanuvchilariga  ijobiy  ta’sir 

ko’rsatishi  lozimligini,  o’yinlarni  tizim  tarzda  va  muntazam  o’tkazish, 

o’quvchilarning  faolligi  va  mustaqilligini  oshprishga  harakat  qilish 

zzarurligini uqtirgan edi (69,70). 

 

O’yinlarning  takomillashuvi,  o’yin  faoliyati  dastlab  syujet  va 



mazmundan  tashkil  topadi.  Odatda  syujet  deganda  o’yin  faoliyatida  bolalar 

aks  ettiradigan  voqe’likning  doirasi  tushuniladi.  O’yin  syujeti  turli  davrga 

sinfiy  xususiyatga,  oilaviy  turmush  tarziga,  geografik  va  ishlab  chiqarish 

sharoitlariga bog’liq holda yaratiladi. 

              7-8 

yoshli 


bolalarga 

xos 


o’yinlarni  jismoniy  sifatlarini 

rivojlantirishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin 

1. Tezkorlikni tarbiyalovchi o’yinlar. 

2. Kuchni oshiruvchi o’yinlar. 




 

30 


3. CHaqqonlikni rivojlantiruvchi o’yinlar. 

4.CHidamlikni rivojlantiruvchi o’yinlar. 

5.Egiluvchanlikni tarbiyalovchi o’yinlar; 

    Ayrim  o’yin  turlari  bolalarning  barcha  bo’g’inlariga  mos  kelishi 

mumkin,  ya’ni  jismoniy  sifatlarni  yaxlit  holda  tarbiyalashga  qaratilgan 

o’yinlar  ham  borki,  ularda  turli  jismoniy  sifatlar  ketma-ket  rivojlanishi 

mumkin.  o’yinlardagi  bunday  izchillik  bolaning  bilim  saviyasi,  turmush 

tajribasini  kengayishi,  uning  katta  yoshdagi  odamlarning  turmushiga 

chuqurroq kirib borishi bilan bog’liqdir.  

Darhaqiqat 

o’yinlarning  oddiyidan  murakkabga  tomon  o’sishi 

turmushning  tobora  yangi  qirralarini  aks  ettirish  bilan  cheklanib  qolmay, 

muayyan o’yinning o’ziga xos boshqa ko’rinishlari bilan boyishi sababli ham 

amalga oshadi. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin