Navoiy davlat pedagogika instituti


  Kuchni  rivojlantiruvchi  o’yinlar



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

           2.  Kuchni  rivojlantiruvchi  o’yinlar.  Bunda  o’qituvchi  kerakli 

mushak  guruhlarining  rivojlanishiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadigan  o’yinlarni 

tanlashi  lozim.  Kuchni  rivojlantiruvchi  o’yinlarda  o’quvchilar  o’z  tana 

og’irligini,  bironta  tashqi  og’irlikni  yoki  raqib  og’irligini  (qarshiligini) 



yengadi.  Kuchni  rivojlantirish  uchun  quyidagi  o’yinlar  tavsiya  etiladi: 

“Xo’roz-xo’roz”  o’yini,  “Uloq”,  “Otdan  ag’darish”,  “Oqsoq  bo’ri  va 

qo’ylar”, “CHuqurga tushir” kabilar. 

 

“Xo’roz-xo’roz”  o’yinida  bolalar  soni  qancha  ko’p  bo’lsa,  o’yin 



shuncha  qiziqarli  bo’ladi.  Bu  o’yinda  asosan  o’g’il  bolalar  qatnashadi. 

Bolalar ikkiga bo’linib o’ynaydilar. Ikki tomonda guruh sardorlari saylanadi. 

O’qituvchi sinf o’quvchilarini ikki jamoaga bo’ladi. Ular bir-birlariga yuzma-

yuz  qarab  turadilar.  Ular  qo’llarini  orqaga  tutib  bir  oyoqlab  sakrashib, 

yelkalari  bilan  bir-birlarini  itara  boshlaydilar.  Bunda  birorta  bola  oldin 

oyog’ini  yerga  qo’yishi  yoki  orqasidagi  qo’lini  bo’shatib,  o’ynashi mumkin 

emas.  O’yinning  asosiy  maqsadi,  o’quvchilarning  kuchini  sinash, 

chidamlilikni oshirishdan iborat. 

 

Bu  o’yinning  yana  bir  boshqacha  ko’rinishi  ham  bor.  Bunda  ikkita 



o’g’il  bola  qatnashadi.dastlab  yerga  doira  shakli  chiziladi. SHu  doira ichida 

har  ikki  bola ham  qo’llari  orqasida,  bir  oyog’ini  ko’tarib,  ikkinchi  oyog’ida 

sakrab-sakrab bir-birini yelkasi bilan turtib, doira ichidan chiqib ketgan yoki 

ko’tarilgan oyog’ini yerga qo’ygan bola yutqazgan hisoblanadi. 

 

Tezkorlik  va  kuchni  rivojlantiruvchi  o’yinlar  ma’lum  bir  vazifani  hal 



etishda katta yordam beradi. 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin