Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 



 

Mavzuning  dolzarbligi.    O’zbek  xalqining  ming  yillar  davomida 

yaratgan,  avloddan-avlodga  o’tib  kelayotgan  ijod  boyliklarini  to’plash, 

o’rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, 

jismoniy  barkamol  qilib  tarbiyalash  bugungi  kunnig  dolzarb  masalalaridan 

biridir.  

Ayniqsa,  O’zbekiston  mustaqillikga  erishgandan  so’ng  milliy 

qadriyatlarimiz,  an’analarimizga  bo’lgan  e’tibor  yanada  kuchaydi.  Bu 

hayotning  hamma  jabhalarida  turli  darajada  o’zini  namoyon  eta  boshladi, 

jumladan  tarbiyaning  asosiy  qismlaridan  biri  jismoniy  madaniyatda  ham. 

“Jismoniy tarbiya, - deyiladi O’zbekiston Respublikasinig “Jismoniy tarbiya 

va  sport  to’g’risidagi  qonuni”da,  -  O’zbekiston  Respublikasining  “Jismoniy 

tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni” da, - O’zbekiston Respublikasi xalqlar 

milliy  madaniyatining  ajralmas  qismi,  jismoniy  va  madaniy,  ma’naviy 

kamolatining muhim vositasi” ekanligi ta’kidlanadi (1). 

             Bu  esa  yosh  avlodni  sog’lom  va  barkamol  qilib  tarbiyalovchi 

jismoniy madaniyat oldiga katta ma’suliyatli vazifalar qo’yadi. YOsh avlodni 

jismoniy  baquvvat  qilib  tarbiyalashga  imkon  beradigan,  ularning  jismoniy 

sifatlarini 

rivojlantirishiga 

qaratilgan 

jismoniy 

madaniyatini 

milliylashtirishiga, bunda xalqimizning unitilib borayotgan milliy o’yinlarini 

to’plash,  hayotga-maktabga  tadbiq  etish,  rivojlntirish  yo’llari  va  usullarini 

qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.  

 

O’zbek xalqining ko’p yillar davomida shakllangan, avlodlariga meros 



bo’lib qolgan milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish mustaqillikka erishgan 

bugungi kunlarimizda juda ham zarur.  

O’zbek    xalq  milliy    harakatli  o’yinlarini  ilmiy  jihatdan  tadqiq  etish, 

ularni  maktab,  bog’cha  o’quv  dasturlariga  kiritish,  ijtimoiy-tarbiyaviy 




 

ahamiyatga  ega  bo’lgan  turlarini  sport  darajasiga  ko’tarish  jismoniy 



madaniyat  fani  oldidagi  eng  dolzarb  muammolardan  biriga  aylanganligini 

ko’rsatadi.  

SHu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va 

muhimligi yaqqol namoyon bo’ladi.  

Maktabda  jismoniy  tarbiya  darslarida  xalq  milliy  harakatli  o’yinlarini 

o’tkazish  usullarini  to’liq  egallamagan  o’qituvchilar  hozircha  ko’pchilikni 

tashkil  etadi.  Buning  ustiga  ijtimoiy  voqe’lik,  pedagogik  amaliyot  va 

nazariyot  keng  omma  o’rtasida  tug’ilib,  rivojlangan  xalq  pedagogikasining 

eng  yaxshi  yutuqlaridan  samarali  qo’llash,  xalq  pedagogikasi  g’oyalari 

asosida  fikr  yuritish  o’quv  tvrbiyaviy  ishning  muvaffaqiyatini  ta’minlovchi 

hal  qiluvchi  omillardan  ekanligiga  guvoh  beradi.  SHu  bois  tadqiqot 

natijalaridan amaliyotda keng foydalanish mumkin. 

 

Ishning  nazariy  ahamiyati  shundaki,  unda  asosiy  va  muhim  o’rinni 



tajriba-tadqiqot  ishlari,  tahlillar  tashkil  etadi,  maktabda  jismoniy  tarbiya 

darslarida  o’zbek  xalq  milliy  harakatli  o’yinlari  vositasida  7-8  yoshli 

bolalarda  pedagogik  ta’sirning  to’liq,  aniq  maqsad  asosidagi  yo’nalishi 

yaratiladi. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin