Navoiy davlat pedagogika instituti


I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI 

 

 

1.1. O’quvchilarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek xalq milliy harakatli 



o’yinlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari 

 

Jismoniy  madaniyatning  komil  insonnini  jismoniy  tarbiyalashlik 



muqaddas vazifalarini bajarishda barcha o’quv yurtlari ta’lim tizimidagi yosh 

avlodni jismoniy baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruxida tarbiyalab 

voyaga  yetkazish  uchun  jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg’ulotlarini 

O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risidagi”  qonuni  (6),  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”  (2)  hamda  “O’zbekistonda  jismoniy  tarbiya  va 

sportni 


rivojlantirish 

chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi  qonunlari  (1), 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentening  2002  yil  24  oktyabrdagi  PF-31-54 

sonli  “O’zbekiston  bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg’armasini  tuzish” 

to’g’risidagi farmonni (8) va uni bajarish tadbirlariga suyangan xolda yangi 

usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir.  

Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarning eng kichik yoshidan 

boshlab  milliy  o’yinlar  vositasi  bilan  jismoniy  salomatlik  “poydevorini 

qurish” ni amalga oshirish mumkin. 

 

O’zbekiston  Respublikasida  jismoniy  madaniyat  va  sportni 



rivojlantirish to’g’risida Kadrlar  tayyorlashdagi oqilona tizim g’oyat muxim 

ahamiyatga  ega.  SHu  bois respublikamizda  jismoniy  madaniyatning maqsad 

va  vazifalari  hukumatning  hamda  respublika    madaniyat  va  sport  ishlari 

vazirligining qarorlarida kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi.  

            Respublikada  amalga  oshiralayotgan  jismoniy  madaniyatning  o’z 

oldiga  qo’ygan  maqsadi  sog’lom, ruhan  tetik  va  bunyodkor  insonni  xayotga 

tayyorlashdan  iborat.  Bu  maqsad  Respublikada  jismoniy  madaniyat  bilan 

shug’ullanuvchi barcha muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifadir. 




 

  



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  “Biz  sog’lom 

avlodni  tarbiyalab  yetkazishimiz  kerak.  Sog’lom  kishi  deganda  faqat 

jismoniy  sog’lomlikni  emas,  balki  sharqona  odob-axloq  va  umumbashariy 

g’oyalar  ruxida  kamol  topgan  insonni  tushunamiz”,  -  deydi  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  yig’ilishidagi  ma’ruzasida.  “Sog’lom 

avlod  uchun”  ordeni  ta’sis  etilganligi,  xalqaro  xayriya  jamg’armasi  tashkil 

qilinganligi  xam  kelgusida  sog’lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalab 

yetkazishga xizmat qiladi. 

 

Har  kim  o’zini  jismonan  tarbiyalashi  uchun  jismoniy  madaniyat  va 



sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o’ziga yoqqan ma’lum bir 

jismoniy  mashg’ulotlar  tizimi  asosida  salomatligini  shakllantirishi  kerak. 

Xalqimiz 

farzandlarining 

jismoniy 

qobiliyatlarini 

har 

tomonlama 



rivojlantirish  tarbiyaning  ajralmas  qismi  bo’lgan  jismoniy  madaniyat 

jarayonida amalga oshiriladi. 

 

Jismoniy  madaniyatning maqsadi  jamiyatning  sog’lom, xushchaqchaq, 



har  tomonlama    jismoniy  rivojlangan,  mehnat  va  Vatan  himoyasiga  tayyor 

turgan  quruvchilarini  tarbiyalashdan  iborat  uzoq  muddatli,  uyushtirilgan 

pedagogik jarayondir. 

 

Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) 



sog’liqni  mustahkamlash  organizmni  chiniqtirish  va  jismoniy  rivojlanish 

darajasini  hamda  ish  qobiliyatini  oshirish;  b)  hayotga  zarur  bo’ladigan, 

jumladan,  amaliy  xarakterga  ega  bo’lgan  harakat  malaka  va  ko’nikmani 

egallash;  v)  kishining  ma’naviy  va  irodali  sifatini  tarbiyalash;  g)  jismoniy 

sifat  (tezkorlik,  kuch,  epchillik,  chidamlik  )  ni  o’stirish;  d)  maxsus  sport 

mashqini bajarish texnikasini egallash. 

 

SHu  bilan  birga  o’zbek  xalq  milliy  o’yinlarini  to’plash  va  ularni 



hayotga  tadbiq  etish,  ulardan  oqilona  foydalanish  bugungi  kunda  oldimizda 

turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib 




 

hisoblanadi.  Ushbu  vazifa  yosh  avlodni  sog’lom  va  barkamol  qilib 



tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma’suliyat yukladi.  

YOshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon 

beradigan,  o’quvchilar  jismoniy  sifatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  bu 

muammoni umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy 

va  pedagogik  jarayonlar  bilan  birga    bir-biriga  bog’lab  kelgan  uzviylikda 

ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o’yinlarining 

roli  katta  ekanligini  qayta-qayta  ta’kidlab  o’tmoqchimiz.  SHuning  uchun 

xalqimizning  asrlardan-asrlarga  o’tib  kelayotgan  milliy  o’yinlarini  avaylab-

asrab  keyingi  avlodga  yetkazish  yo’llarini  izlash,  ishlab  chiqish  va  hayotga 

tadbiq etish bizning maqsadimizdir. 

 

Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari 



haqidagi  tasavvurlarini  ma’lum  darajada  kengaytiradi,  hozirgi  hayotga 

singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi. 

 

Milliy  harakatli  o’yinlar  jismoniy  tarbiyaning  eng  ta’sirchan 



usullaridan  bo’lib,  o’quvchilarda  aqliy,  ahloqiy  va  nafosat  tarbiyasini 

birgalikda  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishda  muhim  vositadir.  SHuning 

uchun  bolalar  o’yinlarining  ruhi,  tabiati,  saviyasi,  ishtirokchilarning  hatti-

harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur.  

Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  jismoniy  madaniyatini  qiziqarli  va 

foydali  o’tkazish  uchun  biz  tavsiya  etayotgan  ba’zi  milliy  o’yinlardan 

foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga e’tibor berish kerak. 

 

Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  qadriyatlarga  muhabbat  uyg’otish, 



xalq  an’analarini avaylab-asrashga  o’rgatish  ko’p  jihatdn  o’zbek  xalq milliy 

o’yinlpridan  unumli  foydalanib  bilishga  bog’liq.  CHunki  milliy  o’yinlar 

orqali  bola  bir  tomondan  jismoniy  bilimlarni  egallasa,  ikkinchi  tomondan, 

jismoniy madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 




 

O’quvchilarning  jismoniy  tayyorgarlik  va  jismoniy  rivojlanish 



masalalari  ko’pgina  olimlar  tomonidan  o’rganilgan.    (20,34,36,54,61,69,70) 

kabi olimlarning tadqiqotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy 

tayyorgarligi, harakat faolligi sustligi aniqlangan. 

 

Xalq  milliy  o’yinlarining  ijtimoiy-pedagogik  xususiyatlarini  o’rganish 



borasida  talay  ishlar  qilindi..  Bir  qancha  olimlar  (20,34,36,54)  o’z 

tadqiqotlarida  xalq milliy harakatli  o’yinlarida  foydalanish haqida  u  yoki  bu 

darajada fikr yuritganlar. 

 

Bolalar  va  o’smirlarning  harakat  faolligini  oshirishga  yordam 



beradigan  omillar:  milliy  harakatli  o’yinlar,  milliy  mashqlar  elementlari, 

bellashuvlar  va  sport  turlari,  jismoniy  tarbiyaning  an’anaviy  vositalaridan 

foydalanish yo’llari   ko’rsatilgan. 

 

So’nggi  yillarda  professor  F.N.Nasriddinov  boshchiligida  bir  guruh 



mutaxasisliklar,  yosh  tadqiqotchilar  milliy  o’yinlarni  o’rganish,  ularni  xalq 

o’rtasida  ommalashtirish  maqsadida  bir  qator  ilmiy-amaliy  ishlarni, 

nashrlarni amalga oshirishga muvaffaq bo’ldilar.  

Bu  sohada  proffesor  A.Q.Atoyevning  ilmiy  ishlarini  ham  aytib  o’tish 

o’rinlidir.  Uning  xalq  o’yinlaridan  maktabda,  oilada,  darsdan  tashqarida, 

jamoat  joylarida  foydalanish  haqidagi  bolalarni  tarbiyalashda  chaqqonlik, 

epchillik  darkor,  kuch-quvvat  kabi  xususiyatlarining  takomili  to’g’risidagi 

tadqiqotlari qiziqish uyg’otadi.  

               Bulardan tashqari har  yili  o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy  anjumanlar 

va  shu  munosabat  bilan  nashr  etilayotgan  to’plamlarda  ham  xalq  milliy 

o’yinlariga e’tibor kuchaygani, ularni o’rganish, to’plash borasida tadqiqotlar 

yaratilmoqda (21). 

 

SHu  bilan  birga  pedagogika  fani  ham  yoshlarning  jismoniy  tarbiyasi, 



ularda  harakatli  sifatlarni  rivojlantirish,  muntazam  olib  boriladigan 


 

10 


mashg’ulotlar  orqali  jismoniy  madaniyatga  extiyoj  va  qiziqishni  uyg’otish 

muammolariga xamisha diqqat qilib keldi va kelmoqda. 

 

Ko’rinadiki,  bir  qator  ishlarda  u  yoki  bu  tarzda  mazkur  muammo 



haqida fikrlar yuritilgan bo’lsa-da, o’zbek halq milliy o’yinlari vositasida 7-8 

yoshli  o’quvchilarning  jismoniy  sifatlarini  tarbiyalash  muammosi  jismoniy 

madaniyat  tizimida  hamda,  xalq  pedagogikasida  to’liq  xolda  maxsus 

tadqiqod predmeti bo’lgan emas.  

SHu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  mazkur  ish  bu  muammoni  ilmiy 

yo’nalishda  yechishga  qaratilganligi  bilan  muhimdir.  Bu  esa  eng  avvalo 

Respublikamizning  mustaqilligi,  qolaversa,  xayot  talablari  asosida  o’zbek 

xalq  milliy  o’yinlarini  tashkil  etish  bilan  bog’liq  masalalarni  to’liq  yaxlit 

holda  ilmiy-pedagogik  asoslash  va  ishlab  chiqish  zaruriyatini  keltirib 

chiqardi. 

 

 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin