Navoiy davlat pedagogika instituti


Ta’lim  berish  vazifalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

         2.Ta’lim  berish  vazifalari.  7-8  yoshli  o’quvchilar  bilan  milliy  xalq 

o’yinlarini  o’tkazish  jarayonida  ta’lim  berish  vazifalarini  bajarish  ham 

muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  vazifalar:  harakat  malakalari  va  layoqatlarini 



 

23 


shakllantirish,  jismoniy  fazilatlar  (chaqqonlik,  tezlik,  qayishqoqlik, 

muvozanatni  saqlash,  epchillik,  baquvvatlik,  chidamlilik)  ni  rivojlantirish, 

gavdani to’g’ri tutishni, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirishdan 

iborat. 


 Asab  tizimining  qayishqoqligi  tufayli  bolalarda  harakat  malakalari 

kattalarga  nisbatan  osonroq    shakllanadi.  Bu  malakalarning  ko’pchiligi 

(yurish,  yugurish,  sakrash)  dan  bolalar  kundalik  hayotda  harakatlanuvchi 

vositalar  sifatida  foydalanadilar.  Harakat  malakalari  bolaning  atrof-muxit 

bilan muloqot qilishini yengillashtiradi va uni idrok qilishiga ko’maklashadi. 

Tanlab olingan xalq milliy o’yinlarini to’g’ri bajarish bola mushaklari, 

paylari,  bo’g’imlari,  suyuk  tizimining  rivojlanishiga  samarali  ta’sir 

ko’rsatadi. Puxta shakllantirilgan harakat malakalarini amalda qo’llash bilan, 

o’yinlarni  bajarish  chog’ida  bola  kuchini  tejashda  va  uning  etiborini  o’yin 

faoliyati  paytida  tasodifan  sodir  bo’luvchi  turli-tuman  vazifalarni  idrok 

qilishga imkon yaratadi.  

Boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga  jismoniy  madaniyat  bilan  bevosita 

bog’liq  bo’lgan  bilimlar  (o’yinlarning  foydali  tomoni,  jismoniy 

mashg’ulotlarning  axamiyati  va  texnikaviy  ijrosi,  ularni  bajarish  usullari, 

xalq milliy o’yinlarning qoidalari va boshqalar) xaqida ma’lumot berish katta 

ahamiyatga ega.  

O’quvchilar olgan bilim qancha chuqur bo’lsa, ular xalq o’yinlaridan 

shuncha  oqilona  foydalanishlari,  o’yinlar  bilan  shuncha  samarali 

shug’ullanishlari  hamda  maktab  va  oila  muhitida  jismoniy  madaniyat 

qurollarini mustaqil ishlata bilishlari mumkin. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin