Navoiy davlat pedagogika instituti


Tarbiya  berish  vazifalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

          3.Tarbiya  berish  vazifalari.  Jismoniy  madaniyat  bilan  shug’ullanish 

tanda,  bolalarda  joriy  qilingan  tartibga  rioya  qilish  odatini  hamda  xalq 

o’yinlari  bilan  iloji  bo’lsa  xar  kuni  muntazam  ravishda  shug’ullanish 

ishtiyoqini  uyg’otish,  ularda  maktab  va  uyda  shu  o’yinni  bilan  mustaqil 




 

24 


shug’ullana olish layoqatini rivojlantirish, ularni o’z tengqurlari va o’zlaridan 

kichik  bo’lgan  bolalar  jamoasida  o’yinlarni  tashkil  qilish,  ularni  birgalikda 

bajarishga o’rgatish lozim.  

O’quvchilarda xalq milliy o’yinlariga mehr bilan, shu o’yin natijalariga 

qiziqish  bilan  va  sportchilar  erishadigan  g’alabalariga  havas  bilan  qarash 

tuyg’usini tarbiyalash lozim. 

Milliy  xalq  o’yinlarini  o’rganish  jarayonida  ahloqiy,  aqliy,  estetik  va 

mexnat  tarbiyalarini  amalga  oshirish  uchun  katta  imkoniyatlar  vujudga 

keladi.  Xalq  o’yinlarini  bajarish  chog’ida  bolalar  harakatida  ijobiy        

(hamjihatlik,  intizomlik,  kamtarinlik,  mehribonlik)  va  ma’naviy  fazilatlar 

(halollik,  odillik,  do’slik  tuyg’usi  hamkorlik,  zamon  bilan  hamnafas  bo’lib 

ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, 

shuningdek,  irodaviy  xususiyatlar  (jasorat,  qat’iylik,  o’z  kuchiga  ishonch, 

qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon 

qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi. 

To’g’ri  tashkil  qilingan  milliy  halq  o’yinlari  bolalar  aqlining 

rivojlanishiga  qulay  imkoniyatlar  yaratadi,  zero,  bunday  vaziyatda  asab 

tizimining  ham,  boshqa  barcha  a’zolar  tizimlarning  ham  faoliyat  ko’rsatishi 

uchun qulay sharoitlar paydo bo’lishi, shubhasiz. 

Xalq  milliy  o’yinlarini  o’rgatish  jarayonida  o’quvchilar  xalqona 

an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta 

eslab  qoladi.    Bolalarda  ruhiy  jarayonlar  (tarbiya,  tafakkur,  xotira,  tasavvur 

va  boshqalar)  ning,  shuningdek,  fikirlash  faoliyatlari  (kuzatish,  taqqoslash, 

tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana 

boshlaydi. 

 Milliy  o’yinlar  jarayonida  erishilgan  ilm  va  malakalardan  ijodiy 

foyjalanish  layoqatini  bolalarda  tarbiyalashga  e’tibor  qaratish  lozim,  chunki 

bunday  layoqatga  bolalar  o’zlaridagi  ishchanlik,  mustaqillik,  ziyraklik, 




 

25 


topqirlik,  hozirjavoblik  kabi  ezgu  fazilatlari  tufayli  erishadilar.  Bolalarda 

ijobiy  hissiyotlarni,  odamlar  bilan  samimiy  va  quvnoq  munosabatda  bo’lish 

tuyg’ularini  tarbiyalash,  shuningdek,  yuz  bergan  salbiy  ruhiy  holatlarni  tez 

bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega.  

Buning  zarurligi  ijobiy  hissiyotlar  organizmdagi  barcha  a’zolarga 

foydali  ta’sir  ko’rsatishida,  harakat  malakalarining  jadal  va  mustahkam 

shakllanishini ta’minlashida ko’rinadi. 

Milliy  xalq  o’yinlariga  asoslangan  jismoniy  madaniyat  estetik 

tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish 

jarayonida  estetik  zavqni  idrok  qilish  va  o’ziga  singdirishni,  go’zallik, 

nafosat,  ma’nodorlik,  qad-qomat,  liboslar  bejirimligi,  o’z  atrofidagi  barcha 

narsalarni  tushunish,  to’g’ri  qadrlashni rivojlantirish,  estetikaga  va  o’z  xulq-

atvoriga  gard  yuqtirmaslikka  bo’lgan  moillikni,  qilayotgan  ishi,  aytayotgan 

gapi va barcha hatti-harakatida qo’rslik, dag’allikka aslo  yo’l qo’yilmaslikni 

rivojlantirish lozim bo’ladi.  

Milliy o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga 

oshiriladi.  Bolalarning  salomatligi  yaxshilanadi,  ularda  harakat  malakalari 

shakllanadi,  mehnat  faoliyati  uchun  zarur  bo’lgan  jismoniy  fazilatlar 

rivojlanadi.  Bolalarni  mehnatga  tayyorlashda  jismoniy  madaniyatning, 

jumladan,  xalq  milliy  o’yinlarining  tutgan  o’rnini  ularga  tushuntirish  va  bu 

tushunchani ularning ongida shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega. 

Xulosa  qilib  aytganda,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  jismoniy 

tarbiyasining  quyidagi  asosiy  vazifalarini  bajarishda  ham  xalq  milliy 

o’yinlarining roli va o’rni nihoyatda katta ekanligi ko’rinadi:  




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin