Navoiy davlat pedagogika instituti


  Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli  o’yinlardan



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

 

1.4.  Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli  o’yinlardan  

foydalanish zaruriyatlari 

  

Xalqning  sog’lig’ini  mustahkamlash  O’zbekistondagi  jismoniy 

madaniyatning  asosiy  vazifasidan  biridir.  Istiklol  davrida,  ayniqsa,  sport  va 

jismoniy  tarbiyaga  e’tibor  kundan-kunga  kuchayib  bormoqda.  Jismoniy 

tarbiya oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq 

singdirish;  yoshlarni  mustaqillik  ruhida  tarbiyalashda  jimoniy  tarbiya  va 

sportning barcha turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng 

foydalani,  insonlarning  sog’ligini  yaxshilash  vaularni  Ona  Vatan 

mudofaasiga  tayyorlash  va  shu  singari  katta  vazifalar  turibdi.  Xalqimizning 

milliy  o’yinlari  esa  ana  shu  maqsadda  keng  qo’llanib  kelinayotgan  muhim 

jismoniy  va  sport  vositalaridan  biridir.  SHuning uchun  xalq  milliy  harakatli 

o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda. 

 

Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq xalqlari madaniyatining juda ko’p 



unsurlari  (elementlari)  ni  saqlab  qolishga  va  ulardn  amaliy  foliyatda 

foydalanishga  imkoniyat  yaratiladi.  qadimgi  mahalliy  xalqlarimiz  uchun 

an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellashuvlar qachonlardir ular hayotining 

ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-

odatlarda  mustaqil  bir  soha  sifatida  faoliyat  ko’rsatib  kelgan,  mustahkam 

o’rin  olgan  jismoniy  madaniyatning, rasm-rusumlarida  va mustaqil  bir  soha 

sifatida  faoliyat  ko’rsatib  kelgan,  mutahkam  o’rin  olgan.  Jismoniy 

madaniyatning  bunday  o’ziga  vositalar  yordamida  bobolarimizo’sib 




 

20 


kelayotgan  avlodda  chaqqonlik,  epchillik,  kuchlilik  va  sabr-toqat  kabi 

xususiyatlarni  shakllantirganlar.  Farzandlarini  hayot  qiyinchiliklariga 

vatabiatning 

qiyinchiliklariga 

nisbatan 

bardoshli, 

baquvvat 

qilib 


tarbiyalaganlar. 

 

YOsh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni 



himoya  qiluvchi  tarzida  o’sishidan  xalq  ham,  jamiyat  ham  manfaatdor. 

Buning uchun o’quvchilar jismoniy madaniyat bilan chuqur shug’ullanishlari, 

turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo’ladi. Bu 

esa  yosh  avlod  tarbiyasini  yanada  kuchaytirish,  ularni  o’z  xalqi,  mustaqil 

davlati  vajamiyati  oldidagi  burchini  his  etish  ruhida  tarbiyalashdek  g’oyat 

muhim vazifalar bilan bog’liqdir.  

Bolalarda  maktabda  o’qiy  boshlagan  birinchi  kundanoq  mehnatga 

muhabbat,  ishchanlik,  boshlagan  ishini  oxiriga  yetkazish,  sabotlilik 

xususiyatlarini 

shakllantirish 

imkoni 

yaratiladi. 

Bunda 

jismoniy 



madaniyatning  barcha  zamonaviy  vositalari  bilan  birga  o’zbek  xalq  milliy 

o’yinlari  juda  qo’l  keladi,  chunki  bu  o’yinlar  bolalarni  jismoniy,  ruhiy, 

ma’naviy  jihatdan  tarbiyalashning  barcha  jihatlarini  o’z  ichiga  ola  biladi. 

Zero,  millatning  kelajagi  bo’lgan  yoshlarni  sog’lom,  yetuk  va  komil  inson 

qilib  tayyorlash  mustaqil  O’zbekistonimiz  keljagining  zamini  mustahkam 

bo’lishiga xizmat etadi. 

 

Milliy xalq o’yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida 



jiddiy  o’zgargani,  har  bir  iqtisodiy  tuzum  ularning  mazmun  va  qoidalarida 

o’zining  muayyan  izini  qoldirgani  haqida  yuqorida  to’xtalgan  edik.ba’zi 

o’yinlarning  nomi  va  qoidalari  hozircha  saqlanib  qolgan.  Ana  shunday 

o’yinlardan  foydalanishda  ularningbolalarga  jismoniy  ta’sirdan  tashqari 

tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishini ham nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo’llashni 

maqsadga muvofiqlashtirish kerak. 




 

21 


 Masalan,  “  Uloq”  o’yini  deganda  odatda  ot  bilan  o’ynaladigan, 

chavandozlar  haqiqiy  uloq  uchun  kurashadigan  qadimiy  ko’pkari  o’yini 

tushuniladi.  Bolalarga  mo’ljallangan  “Uloq”  o’yini  otsiz  o’tkaziladi, 

o’yinchilar bir parcha echki terisi yopishtrilgan to’ldirma to’pni olish uchun 

kurashadilar. O’yin qoidalarining ba’zi jihatlari kattalarnikiga o’xshab ketadi. 

Tezkorlik,  chaqqonlik  va  kuchlilikni  tarbiyalovchi  bu  o’yin  katt  tarbiyaviy 

ahamiyatga  ham  ega,  bunda  bir-birini  hurmt  qilish,  samimiy  munosabat, 

qo’pollik qilmaslikka katta e’tibor briladi. 

 

Xalq  milliy  harakatli  o’yinlari  bolalarning  jismoniy  sifatlarini 



rivojlantirishda  muhim  rol  o’ynaydi.  CHunki  o’yinlar  o’quvchilarning 

qiziqishlarini  oshiradi,  ularga  zavq  bag’ishlaydi,  ish  qobiliyatlarining  tezroq 

tiklanishini  ta’minlaydi.  O’yinlar  tufayli  bolalar  charchashni  unutadilar, 

mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar. 

 

Xalq  milliy  o’yinlarining  barchasi  bolalarning  organizmlariga  yaxlit 



ta’sir  o’tkazadi.  SHuning  uchun  ham  o’yinlarga  umumiy  jismoniy  ta’sir 

ko’rsatuvchi  sifatida  qarash  lozim.  Bironta  o’yin  yo’qki,  u  ayrim  jismoniy 

sifatni  rivojlantiruvchi  vosita  bo’lib  hisoblanmasin.  Masalan,  “Do’ppi 

kiyishda kim g’olib?” milliy o’yinida faqat chaqqon bo’libgina qolmay, balki 

epchil, sezgir bo’lishga ham da’vat etiladi. 

 

Jismoniy  madaniyat  tizimidagi  barcha  soha  va  bosqichlarning  birdan-



bir va yagona maqsadi-insonni to’g’ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang’ich 

sinf  o’quvchilari  jismoniy  tarbiyasining  vazifalari  bolalarning  yoshiga  xos 

xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  aniqlanadi,  lekin  bunda  jismoniy 

madaniyatning umumiy maqsadi ko’zdan qochirilmaydi. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin