Navoiy davlat pedagogika instituti


 7-8 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruxiy asoslari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

1.2. 7-8 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruxiy asoslari 

  

 

Tarbiya doimo jamiyat uchun muhim vazifani bajargan va kishilarning 



turli avlodlari o’rtasidagi aloqa va vorislikni amalga oshirgan tarbiyaning o’z 

maqsadi  va  vazifalari,  mazmuni,  shakli  va  usullari  bo’yicha  davrlarosha 

o’zgarib  borgan.  Bu  o’zgarishlar  kishilar  o’rtasidagi  munosabatlar  bilan 

chambarchas  bog’liq.  SHundan  kelib  chiqib,  tarbiyada  Vatan  himoyasiga 

tayyor,  mehnatga  ijtimoiy  faoliyatga,  hayotga  har  tomonlama  rivojlangan 

komil insonni tarkib toptirishga e’tibor berish kerak.  

Jismoniy  ma’daniyat  tarbiya  jarayonida  bu  vazifalarni  muvaffaqiyatli 

hal  etish  uchun  tarbiyaning  bir-biri  bilan  o’zaro  bog’langan  har  birining 

mazmuni, vositalari, shakl vausullarining o’ziga xos xususiyatlarini tushunish 

kerak  bo’ladi.  Bizning  ilmiy  tadqiqot  ob’ektimiz  bo’lgan  o’zbek  xalq  milliy 

o’yinlarida  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  jismoniy  sifatlarini 



 

11 


tarbiyalashda  ham  ana  shu  o’ziga  xosliklarni  hisobga  olish  zarurligi  kelib 

chiqadi.  

Pedagogikada  qabul  qilingan  yosh  davrlaridan  biz  uchun  eng  muhimi 

kichik  maktab  yoshidir.  Har  bir  yosh  guruhiga  jismoniy  va  ruhiy 

rivojlanishining muayyan darajasi mos keladi. 

 

Kichik  maktab  yoshining  xususiyatlari.  Kichik  maktab  yoshida  o’qish 



bolaning  butun  hayot  tarzini  o’zgartiradi  va  unga  yangi  talablar  qo’yadi. 

CHunki  bog’cha  yoshida  bolalarda,  asosan  nutqining  rivojlanishiga,  ahloq 

me’yorlarining  shakllanishiga  asosiy  e’tibor  beriladi.  Ularni  tarbiyalashda 

maxsus  tashkil  etiladigan  o’yin  faoliyati  katta  o’rin  tutadi.  Bolaning 

rivojlanishi  uchun  didaktik  ta’lim  beruvchi  va  jamoa  bo’lib  birgalikda 

harakat qilishga o’rgatuvchi o’yinlardan foydalaniladi. 

 

Kichik  maktab  yoshida  organizmning  umumiy  yetilishi  fonida 



bolalarning  harakat  sohasi  jadal  rivojlanadi.  Bu  davr    sport    bilan,  jismoniy 

madaniyat bilan faol shug’ullanish uchun juda qulaydir. 

 

Mana  shu  jihatdan  bolaning  aynan  shu  xususiyatlarni  rivojlantiruvchi 



milliy  xalq  o’yinlaridan  foydalanish  tarbiyada  ko’zlangan  maqsadga  yetish 

imkonini tezlashtiradi. 

 

Jismoniy  rivojlanishning  jadalligi  skletning  tez  o’sishi,  umurtqa 



pog’onasini  bukikligining  shakllanishi,  yurak,  tomir  tizimining  rivojlanish 

xususiyatlari  va  boshqalar  bolaning  oqilona  tashkil  etilgan  va  butun  hayot 

rejimini talab etadi. 

 

Turli  yoshdagi  har  xil  jinsdagi  bolalar  ruhiyatining  rivojlanishi, 



o’zgarishlari,  ularning  ahloqiy  va  jismoniy  kamol  topishiga  ijobiy  ta’sir 

qiladigan  omillar,  shart-sharoitlarni  bilish,  ulardan  unumli  foydalanish 

xozirgi  kunlarda  o’qituvchilar,  jismoniy  madaniyat  mutaxassislari  uchun 

nihoyatda zarur bo’lib qoldi.  




 

12 


 

Har  bir  o’quvchi  yosh  davrining  ruhiy  xususiyatlarini  hisobga  olgan 

holda  jismoniy  madaniyat  darslarini  olib  borish  orqali  o’quvchilar  ongiga, 

ruhiga  ta’sir  o’tkazish  o’z  vaqtida  o’z-o’zini  anglashni  vujudga  keltiradi. 

Bolada  o’zini  anglash  tuyg’usi  qancha  erta  uyg’onsa,  shaxsiy  nuqtai  nazar, 

o’z  huquqini  his  etish,  o’zining  aqliy  va  jismoniy  imkoniyatlarini  baholash 

shunchalik tez paydo bo’ladi.  

 

Boladagi  e’tiqod,  muomala,  muloqot,  mustaqil  xulq  -atvorni 



shakllantirish, ulardagi tashabbuskorlik hamda to’siqlarni yengishga intilishni 

jismoniy  madaniyatda  milliy  xalq  o’yinlari  orqali  xam  tarbiyalash  mumkin, 

bunda  ularga  yosh  psixalogiyasi  xussiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  ruhiy 

turtki berish maqsadga muvofiqdir.  

 

O’zbek  milliy  xalq  harakatli  o’yinlarining  bolalarning  ruhiy  jihatdan 



kamol toptirishda ahamiyati  ulkan.  Umuman,  o’yinlarning ahamiyati haqida 

ko’pchilik  ruhshunoslar  va  pedagoklar  qimmatli  fikrlarni  aytib  ta’kidlab 

o’tishgani ma’lum  (15,16,17,21,46,67,68,69,70).  Eng  sodda ruhiy  jarayonda 

eng  murakkab  ruhiy  jarayongacha  hammasining  eng  muhim  jihatlarini 

shakllantirishda  o’yinlar  katta  rol  o’ynashini  jahon  psixologlari  ham  turli 

davrlarda 

turlicha 

yo’llar 


bilan 

isbotlab 

berishgan 

(15,16,17,21,46,67,68,69,70).  

 

O’yinlar  bolalar  uchun  voqe’likni  aks  ettirish  vositasidir. Bu  voqe’lik 



bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha qiziqarlidir. O’yinning qiziqarliligi, 

uni  anglab  yetishning  osonligidadir.  Kattalar  xayotida  faoliyat,  xizmat, 

yumush  qanday  ahamiyatga  ega  bo’lsa,  bolalar  hayotida  ham  o’yin  xuddi 

shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin.  

 

O’yin  mazmunining  rivojlanishi  bolaning  kattalar  hayoti  va 



faoliyatining  mohiyatiga  chuqurroq  kirib  borishida,  atrofdagi  voqea-

xodisalarga  mknosabatining  o’zgarishida,  shuningdek,  o’yin  mazmuni  ham 

syujeti  shart-sharoit  va  jamiyat  a’zolari  turmushining  tobora  to’g’ri  aks 



 

13 


ettirishida  ko’rinadi.  SHuning  uchun  bolalarda  o’yin  qobiliyatining  o’sishi 

o’z-o’zicha  yuzaga  kelmaydi,  balki  kattalarning,  tarbiyachilarning  ta’siri 

natijasi  atrof  muhit  bilan  tanishish,  sayrlar  uyushtirish,  shaxslar  aro 

munosabatlarning  mohiyatini  tushuntirish  va  hokazolar  natijasida  amalga 

oshadi. 

 

Katta  kishilar  xayoti  va  faoliyatining  o’rnini  bosuvchi  narsalar  ularni 



harakatini  umulashgan  xolda  ifodalashning  moddiy  tayanchi  hisoblanadi. 

SHunday  ekan,  o’yin  faoliyatida  bola  harakatini  rivojlanishi  o’yin 

mazmuniga  ko’proq  bog’liqdir.  CHunki  bolaning  hatti-harakati  qanchalik 

ixcham  va  umulashgan  bo’lsa,  ular  kattalarning  faoliyati  mazmunini  aks 

ettirishda  shunchalik  yiroqlashadi.  Binobarin,  u  odamlarning  narsalarga  va 

bir-birlariga  munosabatini  amalda  bajarishaga  o’tadi  va  shuning  uchun 

narsalar  bilan  harakat  qilishda  kattalarning  munosabatlarini  to’g’ri 

ifodalashga intiladi. 

 

Har  qanday  o’yinning  va  o’yin  faoliyatining  diqqat  markazida  bola 



kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda 

aks  ettirishi,  takrorlashi  imkoniyati  turadi.  SHunga  ko’ra  o’yin  ijtimoiy 

axamiyat  kasb  etib,  bolada insoniyat  tomonidan asrlar  davomida  yaratilagan 

qimmatli  bilimlar,  amaliy  ko’nikmalar,  malakalar  va  odatlarni,  xalqning 

ijodiy boyliklarini o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro 

muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi. 

 

Bolalar  jismoniy  tarbiya  darsining  boshqa  shakllariga  nisbatan 



o’yinlarda  ko’proq  so’zlashni  eslab  qolish  va  esda  tutish  imkoniyatiga  ega 

bo’ladilar,  bu  esa  ixtiyoriy  xotira  xususiyatini  chuqurroq  ochishga  yordam 

beradi. Bundan esa shunday xulosa kelib chiqadi. 

1. O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo’lib, 

birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi. 



 

14 


2. SHu  boisdan  personajning  nutq  boyligini  egallash,  hatti-harakatini  

takrorlashdan  iborat  ongli maqsad  bolada  oldinroq  paydo  bo’ladi  va  oson 

amalga oshadi. 

O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq-

atvoriga ham  ijobiy  ta’sir ko’rsatadi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda ham, 

boshlang’ich  sinf  o’quvchilarda  ham,  yuqori  sinf  o’quvchilarida  ham  o’z 

xulqini  boshqarish  ko’nikmalarini  o’yinlar  orqali  ham  tarkib  toptirish 

munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan milliy 

xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin.  

Ayniqsa,  bu  omil  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  yosh  davrining 

xususiyati  sifatida  o’zining  yorqin  ifodasini  topadi.  Katta  maktabgacha 

yoshdagi  bolalarda  o’z  xulqini  o’zi  boshqarish  ko’nikmasi  o’yin  faoliyatida 

ham  boshqa  sharoitlarda  ham  qariyb  baravarlashadi.  Ba’zan  ular  ayrim 

vaziyatlarda,  masalan;  musobaqa  paytida  o’yindagiga  qaraganda  yuqoriroq 

ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin. 

   


O’yin  va  o’yin  faoliyati  bolada  o’z hulqini  boshqarish  ko’nikmalarini 

shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Halq  o’yinlari  faoliyatida  mazkur  jismlar  qandaydir  alomatlarni  aks 

ettiruvi  sifatida  emas,  balki  ana  shu  tayanch  narsalar  to’g’risida  fikrlash 

uchun  xizmat  qiladi,  shuningdek,  tayanch  nuqtasi  harakatining  yaqqol 

narsalar  bilan  bog’liq  jihatini  aks  ettiradi.  Narsa  bilan  o’yin harakatlarining 

takomillashuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va 

umumlashtirish  xisobiga  amalga  oshiriladi.  O’yin  harakatlarining  qisqarishi 

va  umumlashuvi  ularning  aqliy  ko’rinishidagi  mantiqan  izchil,  shaklga 

o’tishning asosini tashkil qiladi.  




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin