Navoiy davlat pedagogika instituti


Ishning  maqsadi  va  vazifalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

Ishning  maqsadi  va  vazifalari.  Hozirgi  zamon  pedagogika  fanining 

asosiy  vazifalaridan  biri  xalq  xazinalarini  insonparvar  pedagogik  tarbiya 

tizimida  qo’llash  va  ulardan  mohirona  foydalanish,  bu  bebaho,  xalqchil, 

ma’naviy  boyliklarni  o’qituvchilarning  har  kungi  ta’lim-tarbiyaviy  ishlariga 

aylantirishdan iborat.  

SHunga  ko’ra  o’sib  borayotgan  avlodning  tarbiya  tizimida  xalq 

pedagogikasi tajribalari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, 

asosiy kuch deb hisoblanadi. 

 

SHundan  kelib  chiqib,  tadqiqotning  maqsadini  maktabda  jismoniy 



tarbiya  darslarida  xalq  milliy  harakatli  o’yinlaridan  foydalanish  orqali  7-8 


 

yoshli  o’quvchilarning  jismoniy  sifatlarini  oshirish  yo’llarini  aniqlash, 



rivojlantirish,  milliy  o’yinlarning  rolini  oshirishning  samaradorligini 

aniqlashdan iborat. 

 

Tadqiqotda  mana  shunday  maqsadlarni  ko’zda  tutgan  holda,  biz  o’z 



oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik. 

1)  jismoniy  madaniyatning  xalq  an’analari  bilan  bog’liqligini 

ko’rsatib berish, o’zbek xalq o’yinlarining va respublika ijtimoiy hayotining 

turli tomonlari bilan bog’liqligini oydinlashtirish; 

2)  xalq  milliy  haraktli  o’yinlaridan  foydalanish  orqali  umumta’lim 

maktablarining 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini  aniqlab, 

rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma’lum xulosalar  chiqarish; 

3)  jismoniy  tarbiya  darslarida  o’zbek  xalq  o’yinlaridan  foydalanish 

orqali  bolalarda  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalashning  samarador  usullari, 

shakllari, yo’llarini aniqlash;  

Tadqiqotning  ob’ektini  o’zbek  xalq  milliy  o’yinlari,  maktab 

o’quvchilarining  jismoniy  rivojlanish  jarayoni  umumta’lim  maktablaridagi  

7-8 yoshli bolalarning milliy harakatli o’yinlarga asoslangan jismoniy tarbiya 

darslari tashkil etadi. 




 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin