Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

 

 


 

15 


1.3. Boshlang’ich sinf o’kuvchilari jismoniy tarbiya darslarida milliy 

harakatli o’yinlardan foydalanishning muhim omillari 

 

 

Prezidentimiz  I.Karimov  yosh  avlod  tarbiyasiga  katta  ahamiyat  berib, 

shunday  degan  edi;  “  yosh  avlodni  tarbiyalash  biz  uchun  eng  asosiy 

vazifadir”  (1).  SHundan  kelib  chiqib, hozirgi  vaqtda  O’zbekiston  pedagogik 

jamiyati tarbiyaning odatiy  bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib 

borayotgan  avlodda  mustahkam  umuminsoniy  ishonch  va  qarashlarini 

shakillantirish;  shaxsda  milliy  madaniyat  va  milliy  qadriyatlarni  hurmat 

qilish,avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim. 

 

YUqoridagi  fikirlarga  asoslanib,  o’sib  borayotgan  avlodning  tarbiya 



tizimida  halq  pedagogikasi  tajribalari,  jumladan,  milliy  halq  o’yinlari 

yoshlarning  xarakteri  va  ongini  boshqaruvchi  vosita,  asosiy  kuch  deb 

hisoblash mumkin. 

 

Sog’lom  turmush  tarzi  inson  madaniy,  jismoniy,  rivojlanishi,  mehnat 



unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o’z ichiga olib, o’quvchilarni xar 

tomonlama  garmonik  yetuk,  faol  shaxs  qilib  tarbiyalashda  muhim  omil 

hisoblanadi. 

 

Bolani o’yinga undagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq 



to’g’risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni shaxsiy 

faoliyatida  sinab  ko’rish  istagidadir,  shuningdek,  jamoa  bo’lib  o’ynayotgan 

tengqurlari  bilan  bevosita  muloqotga  kirishish  ishtiyoqidir. Bundan  shunday 

xulosa chiqarish mumkin; 

 

1.  O’yin  faoliyatida  bola  turli  harakatlarni  to’laligicha  namoyish  etishga, 



ularni bajarish usullarini ko’rsatishga ishtiyoqmand bo’ladi; 

2. 


Keyinchalik esa barcha hatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga 

urinadi. 




 

16 


            Bolaning  o’yin  faoliyatini  vujudga  keltiruvchi  eng  zarur  omillardan 

biri-bolada  o’z  hatti-harakatini  kattalar  faoliyati,  hatti-harakati  bilan 

solishtirish,  undan  nusxa  olish,  aynan  unga  o’xshatish  tuyg’usining 

mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar, ularning hatti-harakatlari bolaning 

ham  tashqi, ham ichki  iborat namunasi  bo’ladi  va  kattalar uning  xulq-atvor, 

yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi. 

 

Go’daklik  davridan  maktabgacha  yoshga  o’tgan  bolalarning  faoliyati 



kattalar  rahbarligidagi  faoliyatidan  mustaqil  o’z-o’zini  nazorat  qilish 

darajasiga  o’sib  o’tadi.  Biroq,  yuqorida  ta’kidlangan  barcha  shart-sharoitlar 

o’zaro uzviy bo’lmasligi sababli har qanday o’yinning negizi vazifasini o’tay 

olmaydi  va  shunga  ko’ra  ma’lum  davrgacha  o’yin  faoliyati  predmetlarga 

bog’liq tarzda amalga oshadi. 

 

Ruhshunoslarning ta’kidlashicha,  o’yin  o’z-o’zidan  vujudga  kelmaydi, 



buning uchun kmida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: 

a) bolaning ongidan uni qurshab turgan voqe’lik to’g’risidagi xilma-xil 

taasurotlarning tarkib topishi; 

 

v) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining 



muhayyoligi; 

 

b)  bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. 



 

Bunda  kattalarning  bolaga  bevosita  ta’sir  ko’rsatish  uslubi  qiluchi  rol 

o’ynaydi. Bu ob’ektiv shart-sharoitlarning o’zi milliy xalq o’yinlarini tashkil 

etish,  yaratish  uchun  hali  yetarli  emas,  buning  uchun  bola  bilan  kattalar 

o’rtasidagi  munosabatni  tubdan  o’zgartirish  lozim.  Aks  holda  mustaqillik 

vujudga  kelmaydi.  qadimdan  ota-bobolarimiz  ham  bolalarda  avvlo 

qattiqqo’llik  bilan  irodani,  mustaqillikni  tarbiyalab,  juda  ko’p  maqsadlarni 

ko’zda  tutishgani  ma’lum.  Bunda  kattalar  bolalarga  nisbatan  talabchanlikni 

oshirishlari,  bolani  mustaqil ravishda harakat  qilishga majbur  qilish  etishlari 



 

17 


ma’qul.  SHunga  o’xshash  tadbirlarbolada mustaqillik  va mustaqil  faoliyatni 

tashkil qilish o’quvini shakllantiradi.    

            Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalarning hayoti va faoliyati 

dunyosiga  kirib  boradi,  oldin  hamkorlikdagi  faoliyatda  namoyon  bo’lgan 

ijobiy  his-tuyg’ular,  shijoat  va  dadillik  sari  yetaklovchi  ruhiy  kechinmalar 

iborat  namuna  darajasiga  ko’tarilgan  kattalarning  ruhiy  olamiga  ko’tariladi. 

Maktab  yoshida  bolaning  o’zi  mustaqil  ravishda  kattalarning  hayoti  va 

faoltyatiga kirishish yo’llarini topa boshlaydi.  

             U  keyinchalik  katta  kishilarning  hayotiva  faoliyatining  barcha 

sohalarida  va  shaxslararo  munosabatlarida  qatnashish  istagini  ko’rsatadigan 

bo’ladi.  SHuning  uchun  xalq  milliy  o’yinlari  kattalar  bilan  bola  o’rtasida 

yangicha  munosabatlar  asosida  vujudga  keladi  va  bu  munosabatlarda  milliy 

xususiyatlar:  o’z  yurtini  qadrlash, hurmat  qilish,  kattalarga hurmatda  bo’lish 

kabi fazilatlar shakllanib, tarkib topib boradi. 

 

Xalq milliy  o’yinlari  paydo  bo’lishi,  vujudga  kelishi  jihatidan  ijtimoiy 



xususiyatga  ega  bo’lib,  kattalarning  hayoti  va  faoliyatini  qayta  tiklash  va 

takrorlashdan  boshqa  narsa  emas,  shuningdek,  bu  o’yin  faoliyati  o’zining 

mazmuni  va  mohiyati  bilan  ijtimoiydir.  O’zbek  xalq  milliy  o’yinlari  bola 

mustaqil  faoliyatining  yorqin  namunasi  bo’la  oladi,  bu  jihatdan  bu 

o’yinlarning mazmuni orqali kattalarning hayoti bilan yaqindan tanishadi. 

 

O’yinlarda  bola  faoliyatida  ana  shu  o’yin  sharoiti  va  predmetli 



harakatlarning o’zaro munosabatida asosiy e’tibor predmetlar bilan ko’pincha 

harakat  qilishga  qaratilishini,  bunda  predmetli  o’yinlar,  masalan,  tosh  bilan, 

chopon,  do’ppi  bilan  va  hakazo,  harakatining  xususiyati  uchun  yetakchi 

faoliyat  vazifasini  o’tashini  ham  aytib  o’tish  kerak  bo’ladi.  Ammo,  bola 

o’yinlarda  qandaydir  vazifani  bajara  oladi,  buni  ham  e’tibordan  soqit 

qilmaslik  kerak.  Masalan,  biror  predmetni  bir  ob’ektdan  ikkinchisiga 

yetkazishga belgilangan o’yinlarda shunday holat ro’y berishi mumkin. 



 

18 


 

Milliy  harakatli  o’yinlardan  foydalanish  jarayonida  boshlang’ich 

maktab  o’quvchilarining  quyidagi  o’ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olish 

kerak: 


1. 

Bola  odamlarning  foliyati,  ularning  predmetlarga munosabati  va 

o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.   

2. 


Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali 

jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar. 

3. 

Milliy  o’yinlarda  bola  kattalar  bilan  bir  xil  sharoitda,  yagona 



zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi. 

4. 


Kattalarning  hayoti  va  faoliyatiga  kirish  bolaning  tasavvuri 

timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy 

hayotida o’chmas iz qoldiradi. 

 

SHu  bobni  xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  milliy  xalq  o’yinlaridan 



foydalanishda,  ularni  qo’llashda  shuni  hisobga  olish  kerakki,  bu  yoshdagi 

bolalar  aniqlikni  talab  etadigan  mayda  harakatlarga  qaraganda  keng,  kuchli 

harakatlarga  ancha  moyil  bo’ladilar.  Buni  bolalar  yosh  davrlarini  ishlab 

chiqqan buyuk pedagog  YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi. 

 

Umuman  bu  yoshda  bolalar  juda  ham  harakatchanligi  bilan  ajralib 



turadi.  Harakatchanlik  esa  maxsus,  oqilona  tashkil  etilishni,  harakatga 

soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi. 

 

Bolalarning  bu  yoshida  tormozlanish  va  qo’zg’alish  jarayonlarini 



muvozanatligini  yuzaga  keltirishda  kattalar  talabining  tizimliligi  va  o’zini 

tuta bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi. 

 

Milliy  o’zbek  o’yinlarini  yoshlar,  ayniqsa  maktab  o’quvchilari  sevib, 



maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina 

emas,  balki  hovlilar  va  bog’,  parklarda  dam  olish  soatlarida  o’ynaladi. 

Muhim  sifatlarni  rivojlantirishga  mo’ljallangan  umumiy  rivojlantiruvchi  va 

maxsus  mashqlarga  doir  bayon  qilingan  material  ko’proq  o’yin  tarzida 




 

19 


beriladi,  lekin  mashqlarni  tushuntirish  va  faol  dam  olish  uchun  qisqacha 

pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin 

bo’shashtiradigan,  ohista  yuriladigan  mashqlarni  yoki  diqqat-e’tiborini 

o’stiradigan mashqlarni berish lozim. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin