Navoiy davlat pedagogika


“Qobusnoma” asarida ijtimoiy pedagokinaning aks ettirilishi



Yüklə 218 Kb.
səhifə11/12
tarix27.04.2023
ölçüsü218 Kb.
#103563
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
BUYUK MUTAFAKKIRLARIMIZ ASARLARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING NAMOYON BO`LISHI

2.2 “Qobusnoma” asarida ijtimoiy pedagokinaning aks ettirilishi
“Qobusnoma” ota-onalarnng qator vazifalari sanab o’tiladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) Bolaga yaxshi ot qo’ymoq; 2) Oqil va mehribon yenagaga topshirish; 3) To’y-tamosha qilib, sunnat to’y o’tkazish; 4) O’qish-yozishni o’rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish; 5) Harbiylar ahtdan bo’lsa, sipohiylikni o’rgatish.
E’tiborli joyi ana shundaki, Kaykovus bolaga hunar o’rgatganda, uning uchun boshqalar qilishi mumkin bo’lmaydigan hunarlar o’rgatishi lozim deydi. Ana shunday hunarlar yordamida u mushkul vaziyatlardan chiqa olsin. Shunda bola ham otadan rozi bo’ladi.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni olib borish lozimligini ta’kidlaydi; “Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan o’rganur, o’z ixtiyori bilan o’rganmas. Ammo farzand beadab bo’lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o’z qo’ling bilan urmagil, muallimlarning tayog’i bilan qo’rqitg’il. Bolalarga muallimlar adob bersinlar, toki sendan o’g’lingni ko’nglida gina qolmasin”12.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari Sharq pedagogikasining durdonalaridan hisoblanadi. Uni qanchadan qancha avlodlarimiz qunt bilan o’qib o’rganganlar. Bu asar bugungi kunda ham ma’naviy-axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g’oya ekanligini o’rtaga surdi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir, shunga ko’ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi.
Olim bo’lish oson, Odam bo’lish qiyin.
Alisher Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug’laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo’lishi bola tarbiyasida muhim rol o’ynashini ko’rsatib o’tadi. Masalan, uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yaxshi xotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va baxti. Uning oroyishi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. G’husnli bo’lsa – ko’ngil ozig’i, xushmuomala bo’lsa jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib intizom bo’ladi ... U beandisha, shallaqi bo’lsa, ko’ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo’r bo’lsa, uy obodligi yo’qoladi, aqlsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi” 13.
Alisher Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzulishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Shuningdek, yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, u bora-bora illatga aylanadi. Bu o’rinda uning mashhur baytini keltirmoq kifoyadir.
Kuchuk bilan xo’tikni qancha qilsang tarbiya,
It bo’lur, yeshak bo’lur, bo’lmasalar aslo odami.
Alisher Navoiy ta’kidlashicha, ota-onani hurmat qilish farzandlar “... uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmaing qancha ortiq bo’lsa ham, kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, uning boshi uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi. Ikki dunyong obod bo’lishini istachang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kunga nur berib turgan birisini oy, birinsini quyosh bil, ular chizgan chiziqdan tashqariga birqadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, “adab” so’zidagi “dol” kabi qomatingni ham qil”14.
Ma’naviy-axloqiy sifatlar mohiyatini yorqin ifodalab bera olgan mashhur “Turkiy guliston yohud axloq” asarining muallifi adib Adulla Avloniy 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida dunyoga keldi.
Abdulla Avloniy odamlarni xulq xatti-harakat nuqtai nazaridan ikki guruhga bo’ladi: biri yaxshi xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir.
U bunday deydi: Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lmishlar: agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsiya bo’lib, “yaxshi xulq” agar tarbiyasiz o’sib, yomon ishlaydurgan bo’lib kesa, yomonligiga tavsiya bo’lib, “yomon xulq atalur”.
Abdulla Avloniyning insonning fayonat, nazofat, sa’i va g’ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, ilm, sabr xilm, intizom, miqyosi nafs, fijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zano hizilizon, iqtisod, viqor, xavf va rato, itoat, haqshunoslik, hayrihohlik, munislik, sadoqat, adolat, muhabbat, oliyhimmat, avf kabi ijobiy xususiyatlarning hammasini “yaxshi xulqlar” sarlavhasi ostida beradi. G’azab, shahvat, jaholat, razolat, saxovat, hamoqat, adolat, xasosat, raxvat, anoniyat, adovat, namimat, g’iybat, haqorat, tibonat, hasad, nizb, nifoq, ta’ma-zulm bularning hammasini muallif “yomon xulqlar” sarlavhasi ostida beradi. Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasiga alohida e’tibor beradi va tarbiyaning rolini to’g’ri aniqlaydi. “Agar bir kishi yoshligidan nafsi buzilib, tarbiyasiz bo’lib o’sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib yulduzlarga qo’l uzutaman abidur”15, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi kishilar katta ahamiyatga ega. Haqiqiy insoniy axloqni o’zida barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir ko’rsatadi va ularning mehr-shafqqatli, sofdil va maqbul bo’lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asari barcha pedagog va ruhshunoslar uchun qo’llanma sifatida foydalanuvchi asar bo’lib qoldi. Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm” - axloq haqida fikr yuritiladi. Axloq bu xulqlar majmuidir. Xulq esa yezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo’lish shakli. Binobarin, har bir xulq yezgulik va oliyjanoblikning yoki razillik va badbinlikning timsoli. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo’linadilar. Lekin bular har bir insonda o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, shakllanmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak deb ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy shaxsning ma’naviy axloqiy rivojlanganlik darajasini aniqlash borasidagi fikr mulohazalari ham diqqatga sazovordir. U “… so’z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o’lchab ko’rsatadurg’on tarozisidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so’zlagan so’zidan bilurlar…”16.
Abdulla Avloniy ko’plab ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’z asarlarida ta’riflaydi. Jumladan, “haqqoniyat deb ishda to’g’rilik, so’zda rostlikni aytilur. Inson bo’stoni salomatga, gulzori saodatga haqqoniyat yo’li ila chiqar. Insoniyatning ildizi o’lan rahmdillik, haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning akasi haqqoniyatdur…”.
“Hayo deb ishda, so’zda odobni rioya qilmakka aytilur. Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir. Shariat buyurmagan, odamlar suymagan ishlarni ishlamoq g’iybat, hajv, masxara, safsata, so’puv kabi odamlarning nafsiga, iffatiga tegadurgan odobsiz so’zlarni so’zlamak zo’r odobsizlikdir. Iffatning pardasi, vijdonning niqobili, hayodir”.
“Hayrihohlik deb nima ila bo’lsa bo’lsin bir-birimizga foyda yetkurmakni aytilur. Hayrihohlik bir-birimizga qarshi intiladurgan bir vazifayi insoniyatdurki, kishi o’z nafsiga loyiq ko’rmagan bir ishni boshqa bir musulmon qarindoshiga munosib ko’rmasdan yegri yo’llardan, yomon ishlardan kuch etganicha qaytarmoq va yordam qilmoq lozimdur. Janobi haq insonlarni birini digarining yordamiga muhtoj qilub yaratmishdir…”17.
XX asr o’zbek milliy tafakkuri taraqqiyotida alohida mavqyeiga ega bo’lgan mutafakkir, ma’rifatchi olim va jurnalist Abdurauf Abdurahm o’g’li Fitrat 1886 yilda Buxoro shahrida tug’ilgan.
Abdurauf Fitrat “Sayha” she’lar to’plami, “Munozara”, “Hind sayyohi qissasi” kabi asarlar muallifidir. Abdurauf Fitrat “oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari pedagogika sohasida katta nufuzga ega bo’lgan asarlardan biri hisoblanadi. U mazkur asarida oila qurish zaruratidan tortib, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, ota-ona, farzandlarning huquq va burchlari, hatto go’daklarni tarbiyalash va unda yosh onalarning o’zini qanday tutish kerakligi haqidagi masalalargacha chuqur yoritib bergan. Ijtimoiy omil sifatida oilaning jamiyatdagi o’rni bolalarning ijtimoiy, axloqiy va mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga sog’lom ma’rifatli oila va u voyaga tekazadigan har tomonlama yetuk avlodning shu millat va mamlakat iqtisodiy-siyosiy rivojining, shu yurt shonu-shuhrati, qudratining poydevori, abadul-abad mavjudligining muhim shartlaridan ekanligini ta’kidlagan.
Abdurauf Fitratning fikricha, farzandini to’laqonli kamol toptirib, o’stirish uchun unga jismoniy, aqliy va ma’naviy tarbiyadan iborat ko’p tartibli tarbiya berish muhimdir. Fitrat bolaning ruhiyati, ota-ona va farzand ruhiyatlarining nisbatan va o’zaro bog’lanish masalasiga katta e’tibor berar ekan, u bizning hozirgi tushunchamizdan iste’dodli ruhshunos-pedagog sifatida ham ko’rinadi. “odamning fe’l va harakatini bir yaxshi shakl va mazmunga keltirish uchun ruhni tarbiyalash lozim”, - deb yozadi u. “Bolalarni o’ziga ishongan, kuchli, topqir, chaqqon va aqlli qilib tarbiyalash uchun o’z qadr qimmati, sha’nini hurmat qilish rayin tarbiya qilmolikni, sizning bilan birga yon atrofdagi odamlar bilan hisoblashishni o’rgatmoq kerak… Bolalarni shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo’lgan intilishlari hech qachon xazon bo’lmasin… Ota-ona bolaga mamnunlik va xursandchilik qilishni man yetmasliklari, balki axloqqa zid bo’lmagan ishlar bilan mamnun va xursand bo’lishini qo’llab-quvvatlashi kerak”,18 - deydi.
Abdurauf Fitrat axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi hamda axloqiy tarbiyaga quyidagicha ta’rif beradi.
Axloqiy tarbiya – odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe’li va amali o’ziga ham, boshqalarga ham foydasi va manfaat keltiradigan bo’lsin.
Boshqacha aytganda, odamning fe’lu huyi va harakati yaxshi fazilatlarni tarbiyalash demakdir.
Abdurauf Fitrat insonlar tomonidan sodir bo’ladigan amal va harakatlarni ikkiga bo’lib ixtiyoriy va g’ayri ixtiyoriy deb ajratgan. Hamda, ixtiyoriy amal va hatti harakatlarning shuningdek g’ayri ixtiyoriy amal va hatti harakatlar ruhimizning besh holati tasavvur, muhokama, solishtirish va ijro natijasi ekanligi tahlil qilib beradi. Shuningdek u g’ayri ixtiyoriy xatti-harakatlar (buzg’unchilik sifatlar)da ham ixtiyoriylik mavjud ekanligini isbotlab, bunday holatlar mayllarning (hissiyotning aqldan ustun turishi) oqibati ta’siri deb izohlaydi. Shuning uchun u axloqiy tarbiya orqali shaxs mayl va istaklari tarbiyalanadi, deb ta’kidlaydi.
Abdurauf Fitrat odam ruhining mayllarini uch qismga bo’ladi: shaxsiy mayl, ijtimoiy mayl va oliy mayl. Shaxsiy mayllarning ham uch qismga: baxt mayli, faoliyat mayli va izzat mayllariga bo’ladi va ularni izohlab beradi.
1. Baxt mayli deb – kishilarning o’zlari bilan bog’liqliklarda, u bajargan ishlaridan, mamnunlik, xursandchilik, baxtiyorlik hissiyotlarini boshdan kechirishidan iborat istakka aytiladi. O’ziga taalluqli bo’lgan ishlar natijasidagi g’amginlik esa alam deyiladi. Fitrat aytadiki “… Bolalarni shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo’lgan intilishlari hech qachon xazon bo’lmasin, so’nmasin, balki ko’karsin. Ota-ona bolaga mamnunlik va xursandlik qilishni man yetmasliklari, balki axloqqa zid bo’lmagan ishlarni qo’llab quvvatlashlari kerak, bolalardan biror yaxshi ish sodir bo’lsa, uni maqtashlari, maktab mukofot berishlari yaxshi. Farzand ham ishning natijasini ko’rib shunday baxtli va mamnunlik ishlarini orzu qiladi. Agarda farzand yomon ish qilsa, shu qilmishning qabohati va alamini unga tushuntirish lozim, toki u, bu ishdan nafratlanib o’zini keyingi safar tiysin”19.
2. Faoliyat mayli deb – shaxsning harakat qilish (motorika istagi), faoliyat bilan shug’ullanish istagiga aytiladi. Fitrat “bu istak bolalarda tavallud topganlaridan paydo bo’ladi. Go’dak shu chog’dan harakat va faoliyat orzusida bo’ladi. Qo’l oyoq silkitadi, “meni ko’targin” deb otasining yelkasiga o’zini tashlaydi. Yurib ketganidan so’ng xursand bo’lib to’rt tomonga yuguradi, umuman tinchimaydi. Agarda shu istakka qarshi chiqib, uni “qimirlamay o’tirishga” o’rgasangiz katta bo’lib xafsalasiz, ish bilmas bo’lib” voyaga etadi.
3. Izzat-nafs mayli deb – shaxsning aftoriteti va o’z manfaatini himoya qilishdan iborat istakka aytiladi. Fitrat “Izzat nafsni so’ndirmay uni rivojlantirish kerak. Kimda shu nafs bo’lmasa, ya’ni o’z manfaatini o’ylamasa, o’ziga ishonmaydi, izzat-nafsining talabida bo’lmaydi. Bolalarga “axmoq”, “eshak”, “juvonmarg”, “o’ldiraman seni”, “senga gapirishni kim qo’yibdi?” deb qarg’ish, izzat nafsiga tegib, uni yo’q qiladi. Go’dak shunday tahqir ko’rib, yaxshi-yomon odamlar oldida haqorat yeshitib, o’ziga mehr va ishonchini yo’qotadi. Nafsoniyati xor bo’lib, beizzat va e’tiborsiz bo’lib qoladi. Bunday odamlarni axloq ulamolari “eshak halimligi egalari” deb atab, ulardan g’ayrat, or-nomus, hamiyat kutmaydilar”, deydi.
Ijtimoiy mayllarni ham Fitrat uch xil: aloqa mayli, o’zgalarga nisbatan mehr-muhabbat mayli va ibrat olib e’tiborda bo’lish mayllariga bo’ladi.
4. Aloqa mayli deb – shaxsning atrofidagi shaxslar bilan bo’ladigan sheriklik va hamdardlik singari munosabatlaridan ta’sirlanish istagi holatiga aytiladi. “Shafqat, marhamat, ko’ngil ovlash, tasalli berish. Birovning dodiga etish shu mayl natijasidir”. Buning ustiga kimning shu mayli kuchayib borsa, uning atvori va fe’li boshqalarga og’ir botmasa, unga ta’na qilmasalar, u doimo yaxshi ishlarga qo’l uradi. Bolalarga ma’lumlar, hech kim yo’q bechora va bevalar ahvolini, ularga yordam berish fikrini bolalar ongiga singdirish foydalidir. Bola atrofdagilar ahvolidan achinib, g’amgin bo’lsa-yu, unga esa “senga nima?” “o’zingni o’yla” deyish undagi aloqaga bo’lgan mayl, intilishlarga zarba berish demakdir.
5. Boshqalarga mehr muhabbat mayli – deb shaxslar munosabatlarda ijobiy ta’sirlanish oqibati tarkib topadigan istakka aytiladi. U boshqa bo’lgan mehr-muhabbat hisida o’z ifodasini topadi. Abdurauf Fitratning qarashlariga ko’ra oiladagi sog’lom muhitning bo’lishi bu maylning rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi.
6. Ibrat olib e’tiborda bo’lish mayli – deb shaxsning ideali hisoblangan insonlardan namuna ibrat olib ulardek sa’yi-harakatlar qilish o’zini ularga tenglashtirish istagiga aytiladi.
Fitrat bu borada hali o’zining original fikrlarini bildirib o’tadi. Uning fikriga ko’ra biz milliy axloqiy sifatlarning mukammal sohibi sanalgan ajdodlarimiz hayti va faoliyatini illyustrasiyalar orqali bola ongiga singdirishimiz lozim. Shuning bilan birga o’z xatti-harakat va qiladigan ishlarimizga e’tiborli bo’lishimiz kerak.
Abdurauf Fitrat oliy mayllarni ham uch xilga bo’ladi: bilish mayli, go’zallikka intilish mayli, fazilatga muhabbat mayli.
7. Bilish mayli deb – shaxsning olam sir-sinoatini bilish ulardan xabardor bo’lish, haqiqatni bilish istagiga aytiladi. Odam doimo noma’lum narsalarni bilib olish uchun sa’y-harakat qiladi, ya’ni noaniqlikni aniqlashga qiziqadi va urinadi.
Fitrat bilish maylini izohlar ekan, bu mayl rivojlanish lozim. Lekin bu mayl ba’zilarda gap terish va sir asrorni bilishda ko’rinadi va bunday odamlar xalq ichida gap poylab yuradilar. Xabardor bo’lishning bu yo’li juda zararlidir. Ammo ba’zi odamlarda bu mayl haqiqat norasmlik va va ilm istagi shaklida paydo bo’ladi va ularni har bir narsaning haqiqatini bilishga undaydi. Xabardor bo’lishning bu qismini “haqiqat sevarlik” va “ilm sevarlik” deydilar. Ota-ona bolaning shu maylidan xabardor bo’lishlari shart. Agarda bola gap tashisa, uning zararini tushintirib, man etishlari zarur. Bu mayl haqiqatni bilmoq, ilm olmoq shaklida paydo bo’lsa, tahsin va maqtovlar bilan shu istakni rivojlantirsinlar. (9.89-90)
8. Go’zallik mayli deb – shaxsning voqeylikka nisbatan intizom, tozalik, nafosat talablari asosida (intilishiga) istagiga aytiladi. Har bir shaxs tarbiya, intizom va tozalikka intiladi. Bu maylga kuch berish bolanng paroishonxotirligini yo’q qiladi, iflos yurishdan va intizomsizlikdan qutqaradi. Shu mayl rivojlangan bola ulg’aygandan so’ng zimmasiga tushingan ishni yaxshi bajarib tartibsiz va chala qoldirmaydi.
9. Fazilatga mayli deb – salbiylardan nafratlanish istagiga aytiladi. Fazilatga muhabbat mayli shaxsning kishilar faoliyat ishlarini to’g’ri baholab munosib faoliyat qilish istagidir.
XULOSA
Xulosa qilib ifodalaydigan bo’lsak, kishining kishilar ishini muhokama qilib yaxshilarga taqlid qilishi, xayrihohlik bilan yondashuvi, yomonlardan nafratlanishidan iborat istakka fazilatga muhabbat deyiladi. Fitrat “Odam boshqalarning ishini yaxshi-yomonga” ajratib yaxshisiga taqlid, yomonidan nafrat qiladi. Shu holatni “Fazilatga muhabbat” deydilar. Bolalar oldida odamlarning ishlarini yaxshi yoki yomonga ajratish, yaxshi ishlarning foydalarini tushuntirishning yomon ishlarning zararlarini fazilat muhabbatiga kuch quvvat beradi.
Abdurauf Fitratning asarlarini o’rganib chiqib, u shaxsni ma’naviy axloqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash uchun shaxsning irodaviy mayllarini maqsadga muvofiq tarbiyalash lozim degan xulosaga kelamiz.
Shunday qilib, mazkur paragrafda buyuk allomalarning hayoti, ijodi va ular qoldirgan bebaho madaniy, ma’rifiy merosi yosh avlod uchun ibrat va namuna ekanligi, ularning ta’lim-tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari yoshlarni Ona-Vatanga, millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon, ye’tiqodli, mehr-oqibatli, insof va diyonatli, odob-axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda, o’zligini anglashda benazir ma’naviy qadriyatlar (darajasiga ko’tarish asosiy) ekanligini asoslashga harakat qildik.

Yüklə 218 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin