Navoiy innovatsiyalar instituti fanidan



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə4/11
tarix13.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#143175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (2)

birinchidan, zamonaviy gadjetlar klaviaturalarida o‘zbek tilining barcha harflari bo‘ladi;
ikkinchidan, davlat tilining raqamlashuvi tezlashib, internet tarmog‘ida taʼlim portallari soni ortadi;
uchinchidan, transliteratsiya dasturlari tufayli kirill alifbosidagi adabiyotlarni milliy alifboga tezkor va xatosiz o‘girish va o‘qish imkoni paydo bo‘ladi;
to‘rtinchidan, katta avlodga mansub fuqarolarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi imlosini o‘zlashtirishi tezlashadi, bu esa xalqimizning yagona yozuv atrofida jipslashuviga olib keladi;
beshinchidan, ona tilimiz tabiatiga mos, yurtimizdagi va xorijdagi millatdoshlarimizni yagona yozuv atrofida birlashtiradigan alifboga ega bo‘lamiz va h.k.
OAV, fuqarolik hujjatlari, yo‘l ko‘rsatkichlar, peshlavhalar, ish yurituv hujjatlari kabilar Hukumatning 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, sohaviy reja va dasturlar asosida bosqichma-bosqich 2023-yil 1-yanvargacha to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.
Eng muhim jihati, Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori 4-bandida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq masalalar vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.
Yaʼni, alifboga shakliy o‘zgarishlar kirgan taqdirda darslik va qo‘llanmalar ijrochilar tomonidan har yili shakllantiriladigan reja asosida navbati bilan nashr etiladi.
Axborot kutubxona markazlarida amaldagi adabiyotlar alifbodagi shakliy o‘zgarish tufayli foydalanishdan chiqarilmaydi (shu kunga qadar kutubxonalarda turgan kirill yozuvidagi adabiyotlar singari). Aksincha, yangi chop etilayotgan adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich boyitib boriladi.
O‘zgarishlar beradigan qulaylik tufayli bir yozuvdan boshqa yozuvga o‘giradigan transliteratsiya dasturlari kirill alifbosida chop etilgan adabiyotlarni bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi elektron ko‘rinishlarini yaratish imkonini beradi, kutubxonalarning elektron fondi kengayishini taʼminlaydi.
Fuqarolikni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ham xuddi o‘quv adabiyotlari singari o‘z navbati bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, alifbodagi o‘zgarishlar ayrim harflarning shakliy ifodasini qulaylashtirishni ko‘zda tutib, avvalo, tilimizni axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashuvini taʼminlaydi, shu bilan birga, navbatma-navbat bajariladigan tadbirlar orqali ijroga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi 2021-yil 31-martga qadar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)da turadi.
Loyiha yuzasidan tilimiz rivojiga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro o‘z fikr va mulohazalarini bildirishi mumkin.
Loyiha yuzasidan to‘plangan jamoatchilik takliflari mamlakatdagi yetuk tilshunos olimlar ishtirokida joriy yilning aprel oyi boshida o‘tkaziladigan ilmiy anjuman kun tartibiga qo‘yiladi, asosli taklif va tavsiyalar inobatga olinadi va yakuniy to‘xtamga kelinadi


O‘ZBEK YOZUVI: ALIFBO-IMLO ISLOHOTLARI VA O‘ZGARIShLARI TARIXI 1.1. XX asr 20-boshlarida o‘zbek yozuvi islohoti Ma'lumki, tatar ma'rifatchilari chor Rossiyasiga qaram bo‘lgan boshqa xalqlarga qaraganda yevropacha fikrning ilg‘or yutuqlari va umumjahon demokratik g‘oyalarini ertaroq egalladilar. Shu sababli ular Rossiya tarkibidagi qardosh turkiyzabon xalqlar madaniyatini rivojlantirishga katta ta'sir qilganlar. Bu ta'sir Ismoil Gaspirinskiy nomi bilan bog‘liq. Zotan, u «sharq xalqlari ma'naviy hayotida, xususan, maktab-maorifida chinakam inqilob yasab, «usuli jadid» nomi bilan» tarixga kirgan «usuli savtiyani» boshlab berdi. Boshqacha aytganda, XX asr Sharqining mashhur, eng taraqqiyparvar harakatchiligi - jadidchilikka asos soldi»1 . Chor Rossiyasi yuz berayotgan demokratik o‘zgarishlar uning sarhadlaridagi boshqa xalqlar tillarida, alifbo va imlosida ham chuqur o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Yozuvni isloh qilish Qozon va Ufa tatarlari orasida qizg‘in bahslarni keltirib chiqardi. Bu harakat Turkiston xalqlariga ham ta'sir qildi2 . Ma'lumki, arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvi uzoq tarixiy davrni bosib o‘tdi. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi ham qariyb 1300 yil shu yozuvdan foydalanib keldi. O‘tgan vaqt mobaynida ma'rifatparvarlar arab harflarini o‘zbek tili qonuniyatlariga ma'lum darajada moslashtirishga harakat qildilar. Ammo 20-asrning boshlariga qadar arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuvining imlo qoidalari yo‘q edi, unga aloqador bo‘lgan masalalar o‘rganilmadi. Bu yozuvning imlo qoidalari yaratilmadi3 . Aytish kerakki, tatar madaniyati tarixida alifbo-imloni tuzatish yo‘lida kechgan harakatlar, turli yo‘nalishlar, anjumanlarda qabul qilingan qarorlar o‘zbek ma'rifatparvarlari faoliyatida chuqur iz qoldirdi. O‘tgan asr boshlarida jadidlar sa’y-harakati tufayli milliy o‘lkalarda, jumladan, Turkistonda alifbo va imloni isloh qilish harakati boshlandi. Chunki Fitrat, Munavvar qori, Ashurali Zohiriy, Elbek, Qayum Ramazon, Shokirjon Rahimiy singari jadid ziyolilari millat tarbiyasini, taraqqiyotini yosh avlodni tarbiyalashdan boshlash kerak, deb hisobladi. Shuning uchun maktab-maorif ta'lim-tarbiyasini bolalar o‘z ona tilida olishlari uchun qayg‘urdilar. O‘sha paytdagi joriy arab alifbosi va imlosi savod chiqarishda qiyinchilik tug‘dirayotgani uchun uni isloh qilishga kirishdilar. Ishning boshida Fitrat turdi. U Toshkentga kelgach, 1919 yilda siyosatga aralashmaslik sharti bilan “Chig‘atoy gurungi” nomli adabiybadiiy, madaniy-ma'rifiy sohada faoliyat yuritishni maqsad qilgan tashkilot tuzdi. Fitrat ta'biri bilan aytganda, XIX asrning so‘nglarida bizda ham «yangilashmak (tajaddud) fikri o‘yg‘ondi. Yangi maktablar ochmoq, yangi kitoblar yozmoq, gazitlar chiqarmoq istadik: ochdiq, yozdiq, biroq hanuz til, imlo masalalariga ochiq belgili bir yo‘l bera olmag‘on edik. Butun turk dunyosi uchun "bir yalpi til" qabul etmak xayolllari bilan ovora bo‘ldiq. Tilimizni shunga to‘g‘ri yurg‘uzmoq uchun unumsiz tirishdik. Bu xayollarning ishg‘a oshmag‘onin bilgandan keyin o‘z tilimizni, o‘z imlomizni tushuna boshladiq. Bu yo‘lda birinchi odimni qo‘qonliq Ashurali Zohiriy otdi. "Imlo" bitikchasini yozib chiqardi. Undan so‘ngra Toshkantda "Chig‘atoy gurungi" ochildi. "Gurung" til, imlo masalalari bilan teranrak mashg‘ul bo‘ldi»1 . Darhaqiqat, sho‘rolar hokimiyati sharoitida faoliyat ko‘rsatgan Fitrat boshliq «Chig‘atoy gurungi» uyushmasi til-imlo masalalari bilan teran shug‘ullandi va ulkan ishlarni amalga oshirdi. Aniqlanishicha, «Chig‘atoy gurungi» 1918 yilning oxirlarida tashkil qilingan. Bu madaniy-ma'rifiy, adabiy-badiiy tashkilot 1919 yilning boshida Milliy ishlar komissarligi tomonidan rasman tasdiq qilingan. «Chig‘atoy gurungi» madaniy merosimizni to‘plash, o‘rganish va ulardan xalqni bahramand etish, o‘zbek adabiy tili, milliy yozuv va adabiyotimizni yaratish va yuksaltirish masalalari bilan shug‘ullangan2 . Jamiyat a'zolaridan Qayum Ramazon, Elbek, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnun, Oltoy va Botu imlo masalalari bilan maxsus shug‘ullanuvchi «Chig‘atoy gurungi»ning «Imlo to‘dasi»da ish olib borganlar.
“Chig‘atoy gurungi” a'zolari ilk bor o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganishga kirishdilar. Ular til qoidalarini rus yoki arab tili grammatikalari asosida emas, balki shu tilning ichki xususiyatlari asosida yoritish kerakligini tushunib yettanligi sababli tarixiy asarlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, shevalar asosida material to‘plab, ularni ilmiy jihatdan o‘rgana boshladilar. 20-yillarga kelib matbuot sahifalarida Elbek, Qayyum Ramazon, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnunlarning o‘zbek tili tovushlari, singarmonizm masalalaridan bahs yurituvchi maqolalari ko‘rina boshladi1 . Bular o‘zbek tilshunosligidagi dastlabki jajji ilmiy tadqiqotlar edi. 1919-yili Fitrat, Q.Ramazon va Sh.Rahimiy o‘zbek tili nazariy masalalariga bag‘ishlangan "Bitim yo‘llari" qo‘llanmasini tuzdilar2 . Bu asar keyingi til saboqliklarining yuzaga kelishiga ijobiy ta'sir qildi. Shu tariqa Abdurauf Fitrat o‘z davrining ilg‘or ziyolilari, xususan, o‘zi rahbarlik qilgan uyushma a'zolari milliy yozuvimizni yaratish borasida faol ishtirok etdilar. “Ularning bu sohadagi nazariy va amaliy faoliyatini ikki davriy bosqichga ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Arab yozuvining islohi – milliylashtirish yo‘lidagi faoliyati (1919-1923-y.). 2. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini yaratish yo‘lidagi faoliyati (1924-1929-y)”3 . Fitratning arab alifbosini isloh qilish xususidagi nazariy qarashlari prof. M.Qurbonovaning "Fitrat - tilshunos" nomli risolasida o‘rganilgan. O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini mukammal bilgan Fitrat arab yozuvini isloh qilish muhimligini birinchilardan bo‘lib tushunib yetdi. Negaki, amaldagi arab yozuvi o‘zbek tilining fonetik xususiyatlarini o‘zida to‘la ifodalay olmas edi va bu imloda, savod chiqarishda ko‘p qiyinchilik hamda murakkabliklar keltirib chiqarar edi. Bu xususda Fitrat shunday deydi: "Boshqalarning alifbolari, yozuvlari tartibli, intizomli, qulay. Bizniki tartibsiz, buzuq ham qiyin!"1 . Savod chiqarishni yengillashtirish uchun esa arab grafikasiga ayrim fonetik o‘zgartirishlar kiritish lozim edi. Shunday qilib, keng omma uchun o‘zlashtirish va foydalanish oson, qulay bo‘lgan yozuvni yaratish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Sho‘rolar hukumati o‘zining dastlabki davridan boshlab savodsizlikni tugatish ishlariga katta e'tibor bilan qaradi. 1919-yil 26-dekabrda savodsizlikni tugatish to‘g‘risida Dekret chiqardi. Shuningdek, TASSRda alifbo va imlo masalalarini tezroq hal qilish vazifalari belgilandi. Shundan so‘ng, “rasmiy ravishda arab alifbosini isloh qilish boshlandi: bu masala yuzasidan maxsus anjumanlar 1918- 1923-yillarda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida o‘tkazilgan..."2 . Mazkur davrda o‘zbek ziyolilari orasida arab yozuvning islohi masalasiga qarashlar turlicha edi. M.Abdurashidxonov boshchiligidagi bir guruh ziyolilar arab yozuvi islohiga mutlaqo qarshi chiqdilar, alifboni hech bir o‘zgartirmay qo‘llashni davom ettirishni talab qilib chiqdilar. Ular "eski imlochilar" nomi bilan yuritildi. A.Zohiriy yetakchiligida "o‘rta imlochilar" nomini olgan bir guruh ziyolilar esa arab alifbosiga jiddiy o‘zgartirish kiritish shart emas, faqat o‘zbek tili fonemalariga harflar olish bilan cheklanish kifoya qiladi, degan fikrni ilgari surdilar. Fitrat boshchiligidagi "Chig‘atoy gurungi" a'zolari "Yangi imlochilar" guruhini tashkil etib, o‘zbek tilining fonetik xususiyatlaridan kelib chiqib, arab alifbosiga bir qator o‘zgartirishlar kiritishni va imlo qoidalarini shunga muvofiq o‘zgartirishni talab qilib chiqdilar. Ular masalaning mohiyatidan kelib chiqib, "Chig‘atoy gurungi" qoshida maxsus "Imlo to‘dasi"ni ham tashkil etdilar. Unda Elbek, Qayum Ramazon, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnun, Cho‘lpon, Botu va boshqa ziyolilar ish olib bordilar.

1929-yilning 15–23-mayida Samarqandda Respublika til-imlo konferensiyasi


bo‘lib o‘tadi. Unda asosan 3 ta masala – adabiy til, istiloh (termin) va imlo
masalalari ko‘riladi. Bu konferensiyada adabiy til me'yorlarini belgilashda
singarmonizmli qishloq shevalarining xususiyatlarini hisobga olish lozimligi
haqida takliflar bo‘ladi, shu asosda alifboda ham unlilarni ifodalovchi 9 harfning
bo‘lishi ma'qullanadi; alifboga bosh harflar qo‘shiladi va harflar tartibi
belgilanadi.1

1929-yilning 15-23-may kunlari Samarandda bo‘lib o‘tgan Respublika tilimlo konferensiyasida lotin yozuviga asoslangan 33 harfdan iborat yangi o‘zbek


alifbosi qabul qilinadi.
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1993-yil 12-oktabrdagi 198 (693)-sonida e’lon qilingan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin