Navoiy innovatsiyalar instituti fanidan


UNDOSHLARNING TALAFFUZI VA YOZILISHI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə7/11
tarix13.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#143175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (2)

UNDOSHLARNING TALAFFUZI VA YOZILISHI
ASSIMILATSlYA, DISSIMILATSIYA, JARANGSIZLASHISH, METATEZA VA BOSHQA FONETIK HODISALAR
Nutq jarayonida tovushlarni ketma-ket keltirish yoii bilan turli xil ma'noli birliklarni hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l.
Yuqoridagi so'zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi, so'zlar uzluksiz talaf­fuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali toiiq talaf­fuz qilinmay turib, nutq a'zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vujudga keladi. Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayo­nida tovushlar zanjirida turli fonetik o'zgarishlar ro'y be­radi.
Masalan, oq so'zi asosiga -gach qo'shimchasini qo'shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan so'ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o'tishi qiyinlashadi. Talaffuz noqulayli-gi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish, qulay-likka erishish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqa tovushiga aylantiriladi.
Solishtiring: oqqach, soqqani, ekkani kabi.
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o'zaro ta'siri natijasida o'zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluq-lidir.
SO'Z BOSHI, SO'Z O'RTASI VA OXIRIDA UNDOSHLARNING ISHLATILISHI, ULARNING IMLOSI
O'zbekcha so'zlarning fonetik tuzilishidagi o'ziga xoslik shundaki, so'zning boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda kelmaydi. Shuningdek, so'zning oxirida ham st (ost, ust), It (yilt, milt), rt (to'rt, turt, qurt) kabi qo'sh undoshlardan tashqari, boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi.
Traktor, stakan, stol kabi so'z boshida qo'sh undosh kelgan so'zlar ovro'pa tillaridan kirib kelgan so'zlardir. So'zlarning bunday tovush tuzilishi tilimizga xos boi-maganligi uchun ham, qo'sh undoshlar orasida, ba'zan oldida bir unli qo'shilib ikki bo'g'inga ajratilgan holda talaffuz qilinadi (tiraktir, istakan, istol kabi), lekin ular asl holatida yoziladi {traktor, stakan, stol kabi).
So'z oxirida qo'sh undosh kelgan go'sht, musht (sht), daraxt, baxt fxt), barg (rg) kabi so'zlar esa, asosan, fors-tojik tilidan o'tgan. Bunday so'zlarda yonma-yon kelgan undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldiriladi. Yozuvda yonma-yon kelgan undoshlar saqlanadi.
Talaffuzda: Yozuvda:
go'sh go'sht
mush musht
farzan farzand

Yangi o'zbek lotin alfaviti ( 1993 )


1989-yilda O'zbekistonda o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi umumxalq harakati muvaffaqiyatli yakunlanib, o’sha yili 21-oktabrda "Davlat tili to'g'risida qonun" qabul etilgach va ayniqsa, 1991-yil xalqimiz mustaqillikka erishgach, o'zbek jamoatchiligi orasida 1929-1940-yillardagi lotinlashtirish tajribasidan unumli foydalangan holda yozuvni almashtirish (lotinlashtirish) xususidagi harakatlar paydo bo'ldi va matbuotda kiril yozuvining prinsipial jihatdan o'zbek hamda boshqa turkiy tillar tabiatiga to'g'ri kelmasligi va amaldagi alfavitdan lotin yozuviga o’tish g’oyasi qizg’in muhokama qilina boshlandi. Matbuotda 1992-yilda va 1993-yilning birinchi yarmida olib borilgan muhokama respublikadagi ijodiy, ilmiy ziyolilar va mehnatkash xalq vakillari o’zbek yozuvini lotin grafikasiga o’tkazish g’oyasini yoqlayotganini namoyish etdi.


O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qoshida tuzilgan maxsus komissiya yangi o’zbek lotin alfaviti loyihasini tayyorladi hamda bu loyiha O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida va respublika ilmiy jamoatchiligi vakillari yig’inida atroflicha muhokama etilib, yakuniy loyiha tayyorlandi.
O’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrdagi o’n uchincni sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin