Navoiy innovatsiyalar instituti fanidan


Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar ilmiy asoslanishi kerak



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə9/11
tarix13.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#143175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (2)

Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar ilmiy asoslanishi kerak

Davlat tilini rivojlantirish departamenti lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosi bo‘yicha taklif etilgan o‘zgarishlar o‘quvchilar savodiga ijobiy ta’sir qilishini va amaldagi alifbo o‘zbek tilining internet tiliga aylanishiga to‘siq bo‘layotganligini aytmoqda. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov departament argumentlarining asosida ilmiy dalillarni ko‘rmaganligini ta’kidladi.


Кириллчада27 mart 2021, 15:02 Kolumnistlar Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga taklif qilinayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha munosabatini bildirdi. Departamentning ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar o‘quvchilarning savodiga ijobiy ta’sir qiladi, shuningdek, katta avlod vakillarining ham alifboni o‘rganishini tezlashtiradi.
«Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov «Bahs va yarashish alifbosi» nomli maqolasida alifbo va imlodagi o‘zgarishlar masalasini puxta o‘ylab, aniq ilmiy asoslarga tayanib amalga oshirish lozim, degan fikrni ilgari surgan edi. Departament o‘z munosabatida alifboni isloh qilish zarurati bo‘yicha bir qancha fikrlarni keltirgan, lekin kolumnist bu fikrlarning asosida ilmiy dalillarni ko‘rmaganligini ta’kidladi.

«Bir tovushga — bir harf» tamoyili amaldami?


Alifbodagi bahsli to‘rt harfni o‘zgartirish zaruratiga to‘xtalar ekan, departament «xalqimiz tarixda foydalangan arab, lotin, kirill yozuvlari ham „bir tovushga — bir harf“ tamoyiliga asoslangan», degan fikrni keltirgan. Yuqorida tilga olingan maqolamda «alifbo — fonetik transkripsiya emas va bir fonema bir necha harflar bilan ifodalanishi yoki aksincha, bitta harf bir necha fonemani ifodalashi normal holat», degan fikrni keltirgan edim va bir qancha tillardan bunga misollar keltirgan edim.
Реклама
"Gazeta.uz"da reklama
O‘zbek tili uchun ishlatilgan arab yoki kirill yozuvlarida ham «bir tovushga — bir harf» tamoyiliga rioya qilinmagan. Masalan, arab yozuvidagi «se», «sin», «sod» harflari «s» tovushini ifodalaydi. To‘g‘ri, arablar bu uch xil harf ifodalagan tovushlarni har xil talaffuz qiladilar, lekin o‘zbek tili uchun bu farq mavjud emas. Rahimboy Jumaniyozov o‘zining «Eski o‘zbek yozuvi» nomli qo‘llanmasida shunday yozadi: «Arab yozuviga diqqat qilgan bo‘lsangiz, bizning tilimizdagi bir tovushni ifodalash uchun ikki, uch va hatto to‘rt harf mavjudligini ko‘rasiz. O‘zbek tilida bu harflar ifoda etgan tovushlar o‘rtasida hech qanday farq ko‘zga tashlanmaydi. Lekin tilimizning lug‘at sostaviga kirgan arabcha so‘zlarda arablar qaysi harfni qo‘llagan bo‘lsalar, biz ham shu so‘zni yozishda o‘sha harfni ishlatamiz» (110−111 betlar).
Demak, arablar talaffuzda farqlay oladigan, lekin o‘zbeklar farqlamaydigan tovushlarni ifodalaydigan harflar sababli arab yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalda bir tovushni ifodalaydigan bir necha harf mavjud bo‘lgan va qaysi so‘zda qaysi harf yozilishini eslab qolish kerak bo‘lgan.
Bundan tashqari, arab yozuvi konsonant yozuvlar sirasiga kiradi — bunday yozuvlarda so‘z ichidagi unlilar yozuvda ifodalanmaydi. Misol uchun, «Eski o‘zbek yozuvi» qo‘llanmasida keltirilgan «zolim», «g‘azab» so‘zlarining arab imlosida yozilishiga e’tibor bersak, «zolm» (5 tovush — 4 harf), «g‘zb» (5 tovush — 3 harf) shaklida yozilganini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, o‘zbek tilida unlilar soni ko‘proq bo‘lgani holda, arab yozuvida unlilarni ifodalaydigan faqat uchta harf mavjudligini ham qayd etish lozim.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin