O’zbekiston Respublikasining Qonuni Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida Ushbu Qonun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o’zbek yozuvining lotin alfavitiga o’tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
1- m o d d a. O’zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o’zbek alifbosi joriy etilsin:
Lotincha
Kirillcha
Lotincha
Kirillcha
harflar
harflar
harflar
harflar
bosma
talaffuz
bosma
talaffuz
A a
B b
C c
D d
E e
F f
G g
H h
I i
J j
K k
L l
M m
N n
O o
P p
Q q
a
be
ce
de
e
ef
ge
he
i
je
(jōra)
ka
el
em
(ota)
en
o
pe
qa
А а
Б б
Ц ц
Д д
Э э
Ф ф
Г г
Ќ ќ
И и
Ж ж
К к
Л л
М м
Н н
О о
П п
Љ љ
R r
S s
T t
U u
V v
X x
Y y
Z z
Ç ç
Ğğ
Ĵĵ
Ňň
Ōō
Şş
(‚)
re
es
te
u
ve
xa
ye
ze
çe
ğa
ĵe
(aĵdod)
ňe
ō
(ōrdak)
şe
tutuq belgisi
Р р
С с
Т т
У у
В в
Х х
Й й
З з
Ч ч
Ђ ђ
Ж ж
(аждод)
Нг нг
Ў њ
(њрдак)
Ш ш
2- м о д д а. Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosini joriy etish bilan birga O’zbekiston xalqining milliy iftixori bo’lmish bebaho ma’naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o’rganish ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Toshkent shahri,
1993-yil 2-sentabr
“Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni”ni amalga kiritish haqida mamlakat parlamenti qabul qilgan qarorda bu qonunni bosqichma-bosqich hayotga joriy qilish hamda bu ishni 2000-yil 1-sentabrga qadar to’liq tugallash ko’zda tutilgan edi. Ammo hayot bu qarorga o’z tuzatishini kiritdi, 1999-yilda qonunni to’la kuchga kiritish muhlati 2005-yil, 2004-yilda esa so’nggi muhlat sifatida 2010-yil etib belgilandi.
Mazkur qonun qabul qilinganidan keyin 1995-yilda lotin grafikasi asosidagi yangi o’zbek alifbosiga juz’iy o’zgartirishlar kiritildi. Alfavitdagi harflar miqdorini ixchamlashtirish, bu yozuvdagi nashr-matbaa ishlarini osonlashtirish hamda harflarning shakliy taraflarini axborot texnologiyalarida qulay qo’llanishiga erishish uchun sanoqli so’zlar tarkibidagina qo’llanuvchi C c (ц), Ĵĵ (ĵ-aĵdod) harflari alifbo tarkibidan butunlay chiqarib tashlandi. Ç ç, Ş ş , Ň ň harflarining shakli Ch ch, Sh sh, Ng ng tarzida o’zgartirildi.
Xalqimiz yangi o’zbek alifbosini “Istiqlol alifbosi” deb ataydi. Bu alifboda mustaqillik yillarida tug’ilgan yangi avlod xat-savod chiqardi. Hozirgi paytda respublikamizda qator vazirliklar va idoralar yangi yozuvda ish yuritmoqdalar. Bu yozuvda millionlab tirajda darsliklar, badiiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar chop etilmoqda, Internet saytlari faoliyat ko’rsatmoqda, gazeta va jurnallar nashr qilinmoqda.
Mehnat jamoalarida, mahallalarda yangi o’zbek alifbosini o’rgatish kurslari ishlamoqda va davlat byujeti mablag’lari hisobiga faoliyat ko’rsatuvchi bunday kurslarni hozirga qadar yuz minglab odamlar bitirdilar. Yangi o’zbek yozuvi mustaqil O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.