Oldingi tahrirga qarang. 2. Yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tilib, bu ish 2010-yilning 1-sentabriga qadar to‘liq tugallansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda) Oldingi tahrirga qarang. 3. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha Respublika davlat komissiyasi tarkibi lavozimlariga ko‘ra quyidagilardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Komissiya raisi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri — Komissiya raisining o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri — Komissiya raisining o‘rinbosari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Komissiya raisining o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va fan bo‘limining mudiri — Komissiya kotibi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining raisi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Matbuot va axborot qo‘mitasining raisi;
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim va fan masalalari bo‘yicha shug‘ullanuvchi o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidenti;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining raisi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasi raisi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasining raisi;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi;
O‘zbekiston “Yodgorlik” jamiyatining raisi;
Respublika “O‘zbek tili” jamiyatining raisi;
“Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining bosh muharriri;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tilshunoslik institutining direktori;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Adabiyot institutining direktori”.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda) Respublika davlat komissiyasi:
uch oylik muddat ichida maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida, maktablarda, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jamoat birlashmalarida Yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tishning davlat dasturi va tartibini ishlab chiqsin va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga taqdim etsin;
Oldingi tahrirga qarang. 1995-yil davomida o‘zbek orfografiyasining yangi qoidalarini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etsin;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda) “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Oliy Kengashining ushbu Qarorini ro‘yobga chiqarishda davlat hokimiyati va boshqaruvning respublika hamda mahalliy organlariga uslubiyat va axborot bobida muntazam ravishda yordam ko‘rsatib borsin;
respublikada va mahalliy boshqaruv organlarining yangi alifboni joriy etish yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlarini muntazam tinglab borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tishning davlat dasturi va tartibi asosida:
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini amalga joriy etishga doir aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlansin;
Oldingi tahrirga qarang. 1996-yil 1-sentabrdan e’tiboran maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida yangi alifbo bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni, qolgan sinflarida esa fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etishni ta’minlasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda) Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi 1996-yil 1-avgustiga qadar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganish uchun kerakli darsliklar va boshqa qo‘llanmalar nashr etilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda) 6. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlari Respublika davlat komissiyasi bilan kelishgan holda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini bosqichma-bosqich joriy etishga doir dasturni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tuzsinlar.
7. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, jamoat birlashmalarining respublika organlari, shu jumladan tasarruflaridagi korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda ham xodimlarga yangi alifboni o‘rgatishni tashkil etish hamda buning uchun kerakli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va texnika vositalari bilan ta’minlash yuzasidan maxsus ishchi guruhlari tuzsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, yangi alifboni joriy etishga doir barcha xarajatlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan (budjet tashkilotlari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1994-yilgi hamda undan keyingi yillarga mo‘ljallangan Davlat budjetini shakllantirish chog‘ida yangi alifboni joriy etish maqsadida zarur bo‘ladigan mablag‘larni budjetdagi tashkilotlar uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilishini nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang. 1995—1996-yillar davomida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning hamda korxonalar, tashkilotlar, xo‘jaliklar va o‘quv yurtlarida yangi alifboni fakultativ tarzda o‘rganishni tashkil etishning galdagi masalalarini hal etsin;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda) ushbu Qaror bajarilishining borishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashini muntazam xabardor qilib tursin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlarini “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang. 10. Yangi alifboga to‘liq o‘tilgan paytdan, ya’ni 2010-yilning 1-sentabridan e’tiboran 1940-yil 8-mayda qabul qilingan “O‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbesiga ko‘chirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining Vedomostlari, 1940-yil, № 4) O‘zbekiston Respublikasining Qonuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)