to‘rtinchidan, alifbodagi murakkab harflar tufayli o‘zbek tilini “raqamlashtirish”, internet tiliga aylantirish imkoni bo‘lmayapti va h.k.
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish vazifasi belgilangani, milliy alifbomizni qulaylashtirib, maksimal darajada soddalashtirish ehtiyojini yaratdi.
Buni Davlatimiz rahbari ham bir necha bor o‘z nutqida qayd etgan:
“... yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lug‘atlar, ish yuritish va so‘zlashuv qo‘llanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish, bu tizimga to‘liq o‘tish bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak.”
(Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan (21.10.2019-y.)
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni (21.10.2019-y.)ning 3-bandi 5-xatboshi (“O‘zbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;”)
hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni (20.10.2020-y.) 2-ilovasi 4-bandi (“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to‘liq o‘tishni taʼminlash”)da bu vazifa aniq belgilab berilgan.
Alifbodagi 4 ta harf o‘zgarishi o‘quvchi yoshlarning savodi darajasiga salbiy taʼsir qilmaydi. Chunki:
birinchidan, ayni paytda Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish harakatlari boshlangan. Juda ko‘p darslik va qo‘llanmalar (shundoq ham) yangidan tayyorlanadi va chop etiladi;
ikkinchidan, darsliklar foydalanish muddati tugab, yangilari chop etilguncha amalda bo‘ladi (darsliklarining foydalanish muddati o‘rtacha 3 yil. Demak, 2023-yildan o‘quvchilar to‘liq yangilangan alifboda savod chiqaradi. Bu esa mamlakatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish muddatiga mos keladi.)
Aksincha, alifbodagi shakliy o‘zgarishlar o‘quvchilarning savodiga ijobiy taʼsir qiladi. Chunki: