223
boshqaradilar), yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy
materiallarni beradilar) va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o‘zaro
ta’sirda bo‘ladilar va bir-birlarini to‘ldirib boradilar. Ishlab chiqarish
jarayoni qatnashchilari bir
birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-
birlarini to‘ldirib turadilar.
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot
qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan,
tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha, bu uning qobiliyati,
iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to‘lanadigan haq. Uning
fikricha, kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflarning»
ahvoli
yaxshilanib boradi va ularning ko‘pchiligi «yuqori sinf» safini to‘ldirib
boradi. J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi.
Mashinalar dastlab ishchilarni ishlab chiqarishdan
siqib
chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi
va mahsulot ishlab chiqarishni arzonlashtirish hisobiga ularga katta
foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik
yangiliklardan boshqalarga nisbatan ishchilar sinfi ko‘proq manfaatdor».
Umuman, iqtisodiy ta’limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor
iqtisodiyoti sharoitida sinflar manfaati uyg‘unligiga
cheksiz ishongan
olim sifatida tilga olinadi.
J.B.Seyning o‘tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan
iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fiziokratlar
qishloq xo‘jaligini) ajratib ko‘rsatib berishga harakat qilgan. Hatto
A.Smit xizmat ko‘rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat
va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo‘jaligidagi
mehnatni yuqori
unumli mehnat hisoblangan, negaki unga tabiat
«yordam« beradi.
J.B. Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat, qishloq xo‘jaligi,
savdo va xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi «tenglikni» ko‘rsatib berdi. Uning
fikriga ko‘ra, to‘rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki
sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham, savdoda ham, xizmat
ko‘rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g‘arb iqtisodchilari o‘tmishdoshlaridan,
birinchi
navbatda J.B. Seydan, ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari
milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday
yondashuvning ma’nosi shundan iboratki, har bir daromad
224
oluvchi kasbi va faoliyat sohasidan qat’i nazar bir vaqtning o‘zida uni
yaratuvchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: