9.6.
GERMANIYA TARIXIY MAKTABI
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir – shu va shunga
o‘xshash tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya
jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari
tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo‘lishi mumkin, degan fikrlarga
asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o‘rnini ko‘rsatishga harakat
qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy
xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‘liq holda rivojlanadigan milliy
xo‘jalikni o‘rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.
Fridrix List
152
(1789–1846) Janubiy
Germaniyaning Reydlingen shahrida boy
hunarmand oilasida tug‘ildi. U o‘qishni 15
yoshda
tugatib,
hunarmandchilik
ustaxonasida otasiga shogird bo‘lib ikki yil
ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida
turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o‘zida
Tyubingen
universitetini
huquq
mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. 1817-yildan
shu
universitetning
Davlat
boshqaruvi
amaliyoti kafedrasi professori bo‘lib ishladi.
List 28 yoshida liberal yo‘nalishdagi taniqli
publisist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat’iy tarafdori
sifatida tanildi. U 1847-yil Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodchilar
kongressida o‘zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy etukligi va kuchli
notiklik qobiliyati bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. List
1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida
«Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi.
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo‘lib, o‘zining
keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi.
Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab
bo‘ldi. Natijada u 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy
yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug‘ullandi, keyinchalik
nemis gazetalarining muharriri bo‘ldi hamda sanoat sohasida
tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan
152
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2017. 147–150-б.
Fridrix List (1789-1846 yy.)
229
raqobat qiluvchi Germaniya va AQSHda sanoat rivojlanishi
xususiyatlarini chuqur o‘rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy
dasturni tayyorladi.
1832-yildan F.List Yevropaga qaytib AQSHning Leypsigdagi
elchisi bo‘lib ishladi. Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo‘lini
qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo‘lib hissadorlik uyushmasini
tashkil etdi. F.List o‘zining uchinchi va oxirgi emigrasiyasidan so‘ng
Parijda uch yil yashadi. U o‘zining bor kuchini, idroki va iqtidorini
iqtisodiy muammolarni keng o‘rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi
manfaatlarining ifodachisi bo‘lgan F.List iqtisodiy birlik uchun
birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning
milliy tizimi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni
yaratish vazifasini o‘rtaga qo‘ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi
kuchlari to‘g‘risidagi ta’limot unga asos bo‘lishi kerak edi. F.List
davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyatni va shu kabilarni
ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo‘shdi.
F.Listning ta’limotiga ko‘ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar,
«millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo‘lib qolishi, huquq, sud, armiya,
polisiya va shu kabilar) yaratadi. F.List
ta’limotida xo‘jalik
taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘risidagi g‘oyalar katta o‘rin
egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: badaviylik,
cho‘ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manufaktura, dehqonchilik –
manufaktura – savdo bosqichlariga bo‘ladi. Bunday bo‘lishdan
kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o‘sishini har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan – qishloq xo‘jaligining
ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan iborat edi.
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy
rivojlanishi va savdo siyosati atrofidagi qizg‘in tortishuvlarda alohida
o‘rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta’sir ko‘rsatdi. F.List
o‘zining g‘oyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab- yashnashi
sanoat taraqqiyoti orqali bo‘lishi mumkinligini va shuning uchun uni
chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu asar
o‘z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‘in qabul qilinib, katta
qiziqish bilan o‘qildi.
Germaniyaga qaytgandan so‘ng olim Augsburg shahrida yashab,
ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik,
shovinistik kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining
230
dastlabki himoyachilariga yo‘l ochib berdi. List urushlar va
bosqinchilikning tarafdori bo‘lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-
sanoat holatiga o‘tishga ko‘maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U
Janubiy-Sharqiy Yevropadagi bo‘sh yerlarni Germaniya bosib olishi
zarur, deb hisoblaydi. List hayotining so‘nggi yillarida Angliyaga
bo‘lgan o‘z munosabatini o‘zgartiradi, chunki u doim Angliyani
Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga qarshi deb hisoblardi.
Endi uning fikricha, Angliya Germaniyaning qit’a qo‘shnisi hisoblangan
Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo‘llashi mumkin edi.
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik
namoyandasi bo‘lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo‘lib
faoliyat ko‘rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo‘lgan qiymat va
daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu
kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning
asosiy masalalariga va ayniqsa tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List
Smit iqtisodiy tizimsini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar
xo‘jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‘rmasdan, barchasiga
umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur
kiritilmoqda, deydi. «Turli millatlar, – deb yozadi List, turli bosqichda
bo‘ladilar. Bunday sharoitda ular o‘rtasidagi to‘liq erkin savdo
ayirboshlash qiymati nuqtai nazaridan jahon xo‘jaligi uchun ma’lum
mavhum foydani keltirishi mumkin bo‘ladi». Lekin bu holat qolgan
mamlakatlar ishlab chiqarish kuchlari rivojiga to‘sqinlik qiladi. U o‘z
konsepsiyasini ishlab chiqarish kuchlari nazariyasi deb yuritib, Smitning
ayirboshlash qiymati nazariyasiga qarshi qo‘yadi. Lekin shuni aytish
zarurki, ishlab chiqarish kuchlari deganda List ijtimoiy sharoitlar
majmuasini tushunadi va ularsiz millat boyligi bo‘lmaydi, deb yozadi.
Shuningdek, u faqatgina qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan millat
bir qo‘l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. List ishlab chiqarish
unumdorligini oshirishni proteksionizm tarbiyasi yordamida amalga
oshirishni o‘rtaga tashlaydi. Davlat tizimsidagi tadbirlar milliy ishlab
chiqarishni chet el raqobatidan to o‘zini tiklab olguncha va teng
raqobatdosh bo‘lguncha himoya qilishi kerak deyiladi. Erkin savdoni
amalga oshirishni esa u keyinroq, ya’ni hamma millatlar bir xil
rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi. Hozirgi
davrga kelib Listning bunday qarashlarining
231
ayrimlari dolzarb bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnini topmoqda. Masalan,
millatning boy, qudratli bo‘lib borishi uning qanchalik ko‘p sanoat
mahsulotini eksport qilishi bilan va kam mahsulotni import qilishi bilan
belgilanadi. Bu o‘rinda Yaponiya tajribasini ko‘rsatishimiz kifoyadir.
Bu davlat so‘nggi yillarda tez iqtisodiy rivojlanish hisobiga, ya’ni tashqi
savdoni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganligi uchun rivojlangan mamlakatlar
qatorida oldingi o‘ringa chiqib oldi.
Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy masalalardan hisoblangan
kapitalizm taraqqiyoti doirasida o‘z tarixi va xo‘jaligining xususiyatiga
ko‘ra jahon hamjamiyatining so‘nggi qatorlaridan o‘rin olgan
mamlakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo‘lidagi dastlabki
urinish edi. Hozirgi davrda milliy sanoatni rivojlantirish uchun harakat
qilayotgan yosh, rivojlanayotgan mamlakatlarning List ta’limotiga katta
e’tibor berayotganliklari tabiiy holdir. Chunki ularning oldida jahon
bozorida hukmronlik qilayotgan rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi
sharoitida o‘z sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi.
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyutsiyasini
ilmiy-iqtisodiy adabiyotda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr
XIX asrning 40–60-yillarini o‘z ichiga olib «Eski tarixiy maktab» yoki
oddiygina «Tarixiy maktab» davri deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va
B.Gildebrand bu davrning asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX
asrning 70–90-yillariga to‘g‘ri kelib «yangi tarixiy maktab» davri deb
nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir.
Uchinchi davr XX asrning 30-yillarigacha davom etib
«Eng yangi tarixiy maktab» davri yoki qisqacha «ijtimoiy yo‘nalish»
nomini oldi. V.Zombart va M.Veberlar uning asosiy mualliflari edilar.
Biz ushbu maktablar namoyandalarining qarashlarini o‘rganishdan
boshlaymiz. «yangi tarixiy maktab» va «ijtimoiy yo‘nalish»ni esa
ularning ko‘pgina qarash va fikrlarining yaqinligi sababli birgalikda
ko‘rib chiqamiz.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida tarixiy maktabni uch taniqli
olimlar: Rosher, Knis va Gildebrandlarnng ijodi bilan bog‘lab
o‘rganilsa-da, bu yo‘nalishda yana boshqa ko‘pgina olimlar ham ish olib
borganliklarini aytishimiz zarurdir. Shunday bo‘lsa ham, bu professorlar
tarixiy maktabning asosiy namoyandalari bo‘lib, iqtisodiy nazariyaga
katta hissa qo‘shdilar.
232
Gettingem va Leypsig dorilfununlarining
professori
Dostları ilə paylaş: |