Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Bruno Gildebrand 
(1812–1878) «Hozirgi zamon va 
kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon 
qildi. Bu kitobda u F.Engelsning «Angliyada 
ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqdi. 
B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining 
ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga qarshi 
kurashdan ma’no yo‘q, deb hisoblaydi. 
B.Gildebrand iqtisodiy hodisalarni tadqiq 
qilishning o‘z tarixiy usulini ilgari surdi, bu usul 
jamiyat tizimining iqtisodiy qonunlarini tahlil 
etishga statistika va tarixiy ma’lumotlarni 
yuzaki 
tarzda 
to‘plashni 
qarama-qarshi 
qo‘ydi. 
U qiymatni foydalilikdan iborat deb bildi va xususiy mulkchilikning 
himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi. Xususiy mulkchilikni har qanday 
ta’na qilishni tarixiy qonuniyatlarni halokatli ravishda buzish deb 
ta’rifladi. 
Bruno Gildebrand (1812-1878) 


234 
B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimsi natura, 
pul va kredit xo‘jaligini o‘z ichiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga 
asoslanib ish tutadi va ishlab chiqarish vositalarining bu xarakterini tan 
olmaydi, holbuki uning xarakteri iqtisodiy formasiyaning ijtimoiy 
tabiatini va jamiyatning sinfiy tuzilishini xizmatini tashkil qildi. 1861-
yilda B.Gildebrand Germaniyaga qaytib, hayotining oxirigacha Yen 
universitetida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘z asarlarining maqsadi qilib millat 
xo‘jalik rivojlanishi qonunlarini o‘rganishga e’tiborni qaratdi, turli 
xalqlar iqtisodiy tarixini o‘rganishda taqqoslash usulini qo‘llash 
zarurligini ko‘rsatdi. 
9.7.
 
P.J. PRUDONNING IQTISODIY KONSEPSIYASI 
 
Pyer Jozef Prudon
153
(1809–1865) – fransuz publsisti, mayda 
ishlab chiqarish nazariyotchisi, kambag‘al kosib oilasida tug‘ilgan. 
Moddiy jihatdan nochorligi sababli kollejdagi o‘qishni tugatmagan, 
sherik hamkorining mablag‘i hisobiga kichik 
bir bosmaxonani ishlatib, zo‘r berib o‘z 
ma’lumotini oshirish bilan shug‘ullangan. 
Ilmu-fanni o‘rganishni avvalo muhtojlikdan 
qutulish usuli deb bilgan. 
1838-yilda P.Prudon Bezanson akademi- 
yasi tomonidan kam ta’minlangan yosh 
olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib 
Parijga ko‘chib o‘tdi. Parijda u J.B.Sey, 
S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-Simon, Sh.Fure 
va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan 
yaqindan tanishdi. 1840-yilda P.Prudonning 
«Mulkchilik nima?» nomli mashhur asari e’lon qilindi. Ushbu asarda 
kapitalizmni tanqid bosh bob bo‘lsada, hali olimning amaliy dasturi 
bayon qilinmagan edi. 1846-yilda P.Prudonning «Iqtisodiy ziddiyatlar 
tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi» nomli yana bir asari e’lon qilindi. 
Asarda olim kapitalizmni isloh qilishning amaliy dasturini ishlab 
chiqishga, siyosiy kurashning behudaligini asoslashga urindi. 1848- 
153
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2017. 150–155-б 
Pyer Jozef Prudon 
(1809-1865) 


235 
yilda nashrdan chiqqan «Ijtimoiy masalalarning xal etilishi» nomli yangi 
asarida olim har qanday inqilobiy chiqishlarni keskin qoralaydi. 
P.J. Prudon Xalq banklari konsepsiyasini e’lon qilib xalqni ijtimoiy 
islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni «aql- zakovatning 
abadiy qonunlari» to‘g‘risidagi fan deb biladi. P.Prudon va S.Sismondi 
nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o‘xshashlik hollarini 
uchratishimiz mumkin. Ayniqsa ularning uslubiyotlarida bu holat 
quyidagicha aks etadi: 
Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib, 
boshqarish mumkin bo‘lgan raqobatni topib tashkil etish. 
Ikkinchidan, xo‘jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy 
ko‘rsatkich va manbalarni asosiy deb hisoblamasdan, balki mehri- 
bonlik, axloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalarni, 
shuningdek, inson hayotining eng oliy ne’mati tenglik va tinchlikni 
asosiy deb hisoblash. 
Uchinchidan, ko‘p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda 
iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub 
qilib olinib, unga alohida e’tibor berildi. 
P.Prudon o‘zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib 
chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‘p 
masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovarning 
xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish 
kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‘zining eng muhim 
asarlaridan biri – «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....»da avvalgi mehnat 
taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning 
ko‘payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka, 
kambag‘allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, 
mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va 
zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‘rinda 
ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari 
yondashuv sezilib turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana 
shunday yondashuvlardan turib 
«tadqiq» qiladi. Uning fikricha, qiymatning abadiy g‘oyasi mavjud, bu 
g‘oya iste’mol qiymati talab va kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati 
esa taklif va mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanadi. Talab bilan taklif 
o‘rtasidagi kurashda tovarning qiymati yoki narxi belgilanadi. Nazariy 


236 
jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar konstruksiyadir: qiymat 
ayirboshlashda vujudga keladi, u obyektiv asosdan mahrum. 
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g‘ayriilmiy 
yondashuvdan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini 
oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx- navoning 
yoppasiga ko‘tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib boradi 
deb hisoblaydi. 
P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini 
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa deb talqin 
etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan qismi 
harakatidan iborat deb talqin etadi. Ssuda kapitalning harakatini Prudon 
qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim deb hisobladi. U 
mahsulotning bir qismini kapitalist o‘zlashtirib olishini ishlab chiqarish 
chiqimlari eniga kapitaldan foydalanganlik uchun prosent qo‘shish 
zarurligi bilan izohlaydi. Prudonning nazariy tizimsida prosent mehnatni 
ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli tarzida namoyon bo‘ladi. Shu 
bilan birga u prosent bilan yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish 
mexanizmi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunmaydi. 
P.Prudon «belgilangan qiymat» nazariyasini o‘zining butun 
iqtisodiy negizi deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‘zib ketish 
pinhona istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o‘zgartirishlarning 
yo‘llarini belgilash istagi ham namoyon bo‘ldi. Tovar ishlab chiqarishini 
Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligining 
cho‘qqisi deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi bo‘lgan Prudon bozor 
mexanizmining ba’zi bir salbiy jihatlarini: mollarning qalashib ketishini, 
nomunosiblikni, xonavayron bo‘lish va shu kabilarni tan oladi. Prudon 
asosiy iqtisodiy ziddiyatlarni 
«qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste’mol va ayirboshlash qiymati 
g‘oyalaridan iborat deb biladi. «Belgilangan yoki sun’iy» qiymat 
murosaga keltiruvchi timsol bo‘lib ko‘rinadi. Bunday qiymat 
ayirboshlashda vujudga keladi. U tovarning ijtimoiy boylik tarkibiga 
bemalol kirib borishini bildiradi. 
Binobarin tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini 
bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo‘yib 
qo‘yish, yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul 


237 
o‘rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni 
«belgilangan» qiymatga ega bo‘lgan dastlabki tovarlar deb ataydi. 
P.Prudon daromad to‘g‘risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda 
daromadning asosiy manbai deb qabul qilingan mehnat, kapital va 
yerning mazmunini ko‘rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha, ishlab 
chiqarish jarayonining o‘zi har uchchaloa elementning ishga tushurilishi 
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‘zi hech narsa ishlab 
chiqarmasdan o‘z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‘z mehnati 
natijasida hosil bo‘lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi 
sifatida olishni adolatsizlik deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab 
chiqarish nazariyasi uning daromadlar to‘g‘risidagi fikrlari asosida 
rivojlantiriladi. 
Takror ishlab chiqarish jarayoni olimning fikricha, hamjamiyatdagi 
ishlab chiqarish va iste’molning muvozanati asosida bo‘ladi. Lekin 
amaliyotda mulkchilarning ishlamay qo‘yganligi bu tamoyilning 
buzilishiga va natijada J.B.Sey ko‘rsatib o‘tgan «iqtisodiy qonunni» ham 
buzilishi olib kelmoqda. 
P. Prudon ijtimoiy masalalarni hal qilishi zarur bo‘lgan 
kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o‘zining ko‘pgina asarlarida e’lon 
qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan 
birga inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikrni inkor etadi. 
Olimning islohotchilik g‘oyalarning ayrimlari S.Sismondi qarashlariga 
o‘xshash bo‘lib ular quyidagilarda o‘z aksini topdi: 

«uchinchi shaxslar» ya’ni dehqonlar, hunarmandlar va mayda 
ishlab chiqaruvchilarning jamiyatdagi o‘rniga rahmdillik bilan 
hayrihohlik bildirish; 

«mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni» iqtisodiyotdagi 
etakchilik o‘rnini e‘tirof etish bilan ularning shart-sharoitlari, 
ta’limotlarida to‘liq tenglikka erishish; 

ijtimoiy 
adolat 
tamoyillariga 
mos 
ravishda 
jamiyat 
manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng 
daromad berish; 

kapital va daromadlar bir kishi qo‘li ostida konsentratsiya 
qilinishiga va ayniqsa mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik. 
Bundan tashqari faqat P.Prudon islohotchiligiga xos quyidagi 
g‘oyalarni alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: 


238 

pulni muomalada haraktini bekor qilib, 
uning 
o‘rniga ishchi pullari 
banklarni 
muomalaga kiritish; 

foizni yo‘q qilish hisobiga foizsiz 
kreditlarni tashkil qilish; 

xalq banklarini tashkil etish; 

islohotlar amalga oshirish jarayonining 
xotimasi sifatida hukumatni bekor qilish. 
Islohotchilik 
konsepsiyalarida 
P.Prudon 
Xalq bankiga katta umid bog‘laydi. Uning banki 
sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 
xil o‘ziga xoslik bilan farq qilar edi: 
Birinchidan, undagi metall pullar dastlabki 
bonlar chiqarilishi 
sababli, pulga va tijorat voqealariga almashtirish yo‘li bilan sekin-asta 
muomaladan chiqarilar edi. 
Ikkinchidan, foizni birdaniga yo‘q qilmasdan, balki yuqori qayd 
qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja-0,25% 
tushirish hamda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi. 
Uchinchidan Xalq banki kapitalni o‘ziga jalb qilmay yuzaga 
kelmasdan, balki aksincha kapital bilan yuzaga keladi. 
P.Prudonning hukumatni bekor qilish g‘oyasi islohotlarni amalga 
oshirish davrida sinflarning umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o‘z 
mehnatini haqiqiy haqini oladigan sinfini yuzaga kelishi o‘z navbatida 
hukumat faoliyatini keraksiz qilib qo‘yadi (anarxizm g‘oyasi). 
Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida mayda tovar ishlab 
chiqaruvchining o‘z moli sotilishiga kafolat olish, mayda do‘kondorning 
foizsiz kreditning olish to‘g‘risidagi asriy orzusini, burjua ziyolisining 
kapitalizm sharoitida mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida 
tenglik imkoniyati to‘g‘risidagi xomxayollarini ifodalagan edi. 
Prudonning «sosializm»i tovar bilan pul o‘rtasidagi aloqani 
soxtalashtirishga asoslangan. Shu loyihaning muallifi xususiy ishlab 
chiqarishni tovarni saqlab qolishga, ammo pulni, ayirboshlashni, 
ayirboshlash qiymatini yo‘q qilib tashlashga intilgan edi. 
Prudon va prudonizm o‘z davrida ishchilar harakatiga jiddiy hatar 
solganligi sababli proletar ta’limotining asoschilari Prudonning mayda 
ishlab chiqarish reformizmiga (islohotchiligiga) qarshi murosasiz 
Karl Iogann Rodbertus 
(1805-1875) 


239 
kurashdi. Uni proletariatga dushman va revolyutsion harakatga halaqit 
beruvchi bir oqim deb fosh qildilar.Bu kurashni K.Marks XIX asrning 
40-yillari o‘rtalaridayoq «Falsafa qashshoqligi» asarini tayyorlashdan 
boshladi va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash 
davom etdi. 
Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan 
D.Rikardodan yuqori ko‘tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida 
mafkuraviy yo‘nalishni fosh qilishda alohida vazifalar kelib chiqdi. 
Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga 
tayanib, uzluksiz ravishda o‘zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin